Afzalliklari
|
Kamchiliklari
|
Muayyan hududda tarqatilgan taqdirda raqiblar kamligi bois ularning eng ma’qulini tanlash oson bo‘ladi
|
Iste’molchilar ko‘pchilik hollarda gazeta reklamasini mensimaydilar yoki sifatsiz tovarlar reklamasi sifatida qabul qiladilar.
|
Mahalliy gazetalar ko‘p sonda nashr etiladi va maqsadli auditoriyani kengroq qamrab olishga imkon beradi. SHahar yoki ma’muriy markazlardagi mahalliy gazetalar monopolist xisoblanib, aholining 65 foizini qamrab oladi
|
Gazeta o‘quvchilarning aksariyati yoshi katta shaxslar bo‘lganligi bois, tovarlarga bo‘lgan intilishlari boshqa OAV nisbatan kamroq bo‘ladi
|
Gazeta o‘quvchilar tovar va xizmatlar to‘g‘risidagi ma’lumotni bamaylixotir o‘qib bilib oladilar. Tele- radioreklama esa qisqa vaqt davomida eshittirilganligi bois, ularni anglash qiyinroq bo‘ladi.
|
Gazeta matnining sifati pastligi bois ayrim suratlar va rasmlarning sifati pasayib ketishi va ayrim matnlarni ko‘zga ilg‘ash qiyinlashadi
|
Gazetlar e’lon berilgandan keyin 2-3 kun ichida chop etiladi. SHu bois qo‘shimcha va o‘zgartirishlarni kiritish imkoni mavjud.
|
Zamonaviy gazeta o‘quvchilarning gazeta o‘qishga kam vaqt ajratadilar va asosan qisqa matnli, tez tushunadigan reklamalarga ko‘proq e’tiborni qaratadilar
|
Gazeta reklamasi boshqa OAV ga nisbatan arzon va oddiy. Bundan tashqari bitta original-maket tayyorlash orqali istalgan vaqtda chop etish mumkin bo‘ladi.
|
Gazetada chop qilingan reklama odatda boshqa reklamalar yoki qiziqarli hikoya, sarlavhalarning mavjudligi bois e’tibordan chetda qoladi
|