A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Vitrinada galantereya tovarlarini namoyish etish


Download 0.81 Mb.
bet108/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Vitrinada galantereya tovarlarini namoyish etish. Galantereya – tovarlari assortimenti bo‘yicha eng katta va rang barang tovarlar guruhi ekanligi sababli ularni vitrinada joylashtirishda eng katta qiyinchiliklar tug‘irladi. Galantereya tovarlarini joylashtirar ekan, dekorator vitrinaning markazini tashkil qiladigan blikfang sifatida katta dekorativ vositalar – plakatlar, juda katta fotosuratlar yoki oddiy rangli planshetlardan foydalanishi mumkin. Bu vitrinalarda tovar namunalarini eng ko‘p miqdorda ko‘rsatishga intilmaslik kerak, chunki bu xaridor tanlovini qiyinlashtiradi, xolos. Xuddi shunga o‘xshash yoki bajaradigan vazifasi bo‘yicha bir-biriga o‘xshash bo‘lgan tovarlarni namoyish etish bilan chegaralanib, ularni rang bo‘yicha umumiy bir yaxlit narsa sifatida qabil qilinadigan tarzda joylashtirish kerak. Galantereya guruhiga mansub ko‘pchilik tovarlar uchun, garchi ular o‘ziga xosligi bilan farq qilsada, boshqa guruhlardagi tovarlarni joylashtirish kabi joylashtirish usullari xarakterli. Masalan, sharflar, ro‘mollar, kashta tikilgan mahsulotlar vitrinada ko‘pincha xuddi matolar bilan bir xil usulda ko‘rsatiladi. SHarf va boshga o‘raladigan ro‘molni vitrinada quyidagi usullar yordamida namoyish etish mumkin. Mahsulot tekis, silliq yuzada to‘g‘rilanadi va bir xil buramalar yig‘iladi, to‘g‘nag‘ich bilan qadaladi yoki o‘rtasidan qarmoq ipi bilan tortiladi. Xuddi shu ko‘rinishda ularni vitrinada osilgan holda yoki tayanch taglikka mahkamlangan tarzda namoyish etish ham mumkin.
Ikki burchagidan o‘rtaga qarab burama yig‘iladi, so‘ngra yig‘ilgan buramalar qarmoq ipi bilan tortiladi va ilib qo‘yiladi. Bironta burchagidan boshlab burama yig‘iladi, devorga to‘g‘nag‘ich bilan qadaladi. Ehtiyotkorlik bilan, ikki qo‘llab bir xil buramalar yig‘iladi, qadaladi va vitrinaga ilib qo‘yiladi. Qisqa uchni qarmoq ipi bilan biroz yonga tortib qo‘yish mumkin. Ro‘mol yoki sharfning o‘rtasi tayanch ustiga qo‘yiladi, olingan burma va bo‘rchaklar yuza bo‘ylab to‘g‘rilanadi. Tayanch usti bekitiladigan predmet uzunligining yarmidan kichik bo‘lgan hollarda tovarni yaxshi joylashtirishga erishish mumkin. Ro‘mol, sharf yoki to‘rtburchak shakldagi boshqa bir predmet to‘g‘ri burma qilib yig‘iladi, shundan keyin o‘rtasidan bukiladi va to‘g‘nag‘ich bilan qadaladi. Hosil bo‘lgan elpig‘ich burmalari to‘g‘rilanadi. Bu holatda elpig‘ichning qattiqroq bo‘lishi uchun ro‘mol ikkiga bukiladi va uning o‘rtasiga qalin qog‘oz qo‘yilib, chetlaridan to‘g‘nag‘ich qadaladi. Ayollar sumkasi, portfellar, chemodan va boshqa charm mahsulotlar deyarli hech qachon alohida namoyish etilmaydi. Odatda ularni joylashtirish boshqa tovarlar: qo‘lqop, ro‘mol, zargarlik buyumlari, nafis oqshomgi oyoq kiyimi, soyabon va h.k. bilan to‘ldiriladi.
Ayollar sumkachalari va portfellar vitrinada yopiq holatda namoyish etiladi, chemodanlar esa ularning ichki ko‘rinishi ham tushunarli bo‘lishi uchun ochib qo‘yiladi. Tubi xaridor tomon biroz ko‘tarib qo‘yilgan chemodanda boshqa, yo‘lda zarur bo‘ladigan predmetlar: erkaklar ko‘ylaklari, tufli, sharf, qo‘lqop va h.k. joylashtirish ham tovarni namoyish etishda o‘zini oqlaydi va foyda keltiradi.
Soyabonlarni namoyish etishda ko‘proq muvaffaqiyatga erishish uchun ular ochib qo‘yiladi va vitrinada yuqoriga yoki pastga qaratilgan holda osib qo‘yiladi. Soyabon matosining rasmi chiroyli va ritm to‘g‘ri tanlangan hollarda bunday ko‘rsatish juda chiroyli va samarali bo‘ladi. Qo‘lqoplarni soyabon, sumka yoki keys tutqichi yonida namoyish etish mumkin. Bu holatda qo‘lqop ichiga yumshoq qog‘oz yoki karton tiqiladi va tutqichga to‘g‘nag‘ich bilan qadab qo‘yiladi. Turli mayda galantereya tovarlari bir xil nomdagi guruhlarda polda yoki tagliklar yuzasida joylashtirilib, ma’lum bir naqsh yoki ritmik rasm hosil qiladi. Agar zarurat tug‘iladigan bo‘lsa, yumshoq yoki egiluvchan predmetlar osig‘liq turgan tagliklar yoki dekorga to‘g‘nag‘ich bilan mahkamlab qo‘yiladi. To‘g‘nag‘ichlar predmetga shikast etkazmaslik va unda iz qoldirmaslik uchun xaridor ko‘ziga ko‘rinmaydigan tarzda qadab qo‘yilishi lozim.
G‘altak iplar va o‘ram iplarni simdan yasalgan turli konstruksiyalarga kiydirish va vitrinada ilib qo‘yish mumkin. Ayollar va erkaklar tualetining turli predmetlari – soqol olish anjomlarini vitrinada namoyish etishda ochib qo‘yish kerak. Dekoratorga yana bir amaliy maslahat. Vitrinada imkon qadar ko‘proq namunalar namoyish etishga hech qachon intilmaslik kerak. Bitta namunaning o‘zini uch-besh nusxada namoyish etish ma’qulroq – bu vitrinani yaxshiroq tashkil qilish va xaridor e’tiborini reklama qilinayotgan tovarda to‘xtatishga imkon beradi.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling