A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Vitrinada yozuv va kanselyariya tovarlarini namoyish etida


Download 0.81 Mb.
bet111/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Vitrinada yozuv va kanselyariya tovarlarini namoyish etida daftarlar, albomlar, bloknotlar va boshqa qog‘oz mahsulotlar vertikal tagliklarga to‘g‘nag‘ichlar bilan qadab qo‘yiladi yoki gorizontal yuzalarga shunday joylashtiriladiki, ularning nafaqat tashqi ko‘rinishi, balki ular tayyorlangan qog‘oz ham ko‘rinarli bo‘lishi kerak. Buning uchun mahsulotning bironta qismi yoki birinchi sahifasi bukiladi va boshqa tomonga o‘giriladi. Tovarning yaxshi ko‘rinarli bo‘lishi uchun, uni, xuddi boshqa mayda tovarlar kabi, bir necha nusxada: daftarlar, albomlar – dastalab; chizg‘ich, qalam, ruchka, va boshqa mahsulotlar – guruhlab, ritmik figura yoki rasm ko‘rinishini berishga intilgan holda joylashtirish lozim. Jalb etuvchan, yorqin bo‘yoqlarda bo‘yalgan qutilarga solingan rangli qalamlar vitrinada alohida rangli bo‘laklar sifatida joylashtiriladi. Bunda qutilarni qirralab yoki vertikal tarzda joylashtirish, rasm va matn ko‘cha tomonidan qulay o‘qilishini kuzatib borish lozim. Qutilardan birini xaridor uning ichini ko‘ra olishi uchun biroz ochiq holda qo‘yish maqsadga muvofiq. Bir nechta rangli yoki oddiy qalamni o‘rtasidan rezinka yoki qarmoq ipi bilan bog‘lash, turli tomonlarga to‘g‘lash va yuzaga o‘rnatish mumkin. Qalamlarni joylashtirishning sinchkovlik talab qiladigan bo‘lsada, lekin samarali bo‘lgan yana bir usuli bor: ular uzun tasmaga qarmoq ipi bilan bittadan bog‘lanadi va unga kerakli yo‘nalish va rasm berilgan holda vitrinada osib qo‘yiladi. Quti va bankalardagi bo‘yoqlar alohida guruhlarda, ranglar bo‘yicha tanlagan holda namoyish etiladi. Vitrinada portfellarni va ranetslar joylashtirishda kerakli hajm va shakl berish uchun ularni oldindan biron-bir tovar yoki qog‘oz bilan to‘ldirish lozim. Universal do‘konda yozuv va maktab tovarlari vitrinalarini bezatishda maktab kiyimlari va o‘quvchiga kerakli bo‘lgan boshqa tovarlarni ham joylashtirish mumkin. Bu dekoratorga vitrina syujetini yaxshiroq tashkil qilishga, o‘z ishida erkinroq his qilishga, bita tovarlar guruhi bilan chegaralanib qolmaslikka imkon beradi. Vitrinada tovarlarni butun yuza bo‘ylab, rangi va vazifalari bo‘yicha birlashtirilan katta guruhlar bilan joylashtirish tavsiya etiladi.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling