A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Nazorat va muxokama uchun savollar


Download 0.81 Mb.
bet119/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Nazorat va muxokama uchun savollar
1.Chakana savdoda reklama qanday tashkil etiladi?
2.Do‘kon ichki reklamasining asosiy vositalari nimalardan iborat?
3.Tovar namunalarini vitrinalarga joylashtirish tartibi to‘g‘risida gapirib bering.
4.Magazin tashqi reklamasi deganda nimani tushunasiz?
5.Magazin intereri reklama vositasi sifatida.
6.Magazinda reklama tidbirlari qanday amalga oshiriladi?
7.Vitrinalar reklama vositasi sifatida.
8.Vitrinalar tovar namunalri bilan qanday bezatiladi?
9. Magazin ichki reklamasida qanday reklama vositalaridan foydalaniladi?
10. Chakana sovdoda reklama samaradorligi qanday anqilanadi?
9- BOB. ULGURJI SAVDO KORXONALARIDA REKLAMA FAOLIYATINI TASHKIL ETISH


9.1. Ulgurji savdoda reklamani tashkil etish jarayoni


Ulgurji korxonalarning reklama faoliyati birinchi navbatda, ulgurji bo‘g‘inning o‘z xaridorlari – ulgurji va chakana savdo korxonalari bilan – ularga tovarlar xaridini oshrish maqsadida ta’sir etish uchun muntazam axborot aloqalari o‘rnatishga yo‘naltiriladi.
Tovar sifati va xususiyatlari, ularning chakana narxi haqida asosiy ma’lumotlardan tashqari ulgurji korxonalarning reklama axborotlari alohida tovar partiyalarini sotish, ularning hajmi, xaridorlarga etkazib berish usullar haqida hamda ulgurji va chakana korxona va tashkilotlar xodimlari uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlardan iborat bo‘ladi. Ulgurji xaridorlarni tovarlar assortimenti bilan, reklama qilinayotgan mahsulotlarning tashqi ko‘rinishi, ularning konstruksiya xususiyatlari bilan tanishtirish uchun namoyishga oid reklama vositalari keng foydalaniladi. Tovarlarni reklama qilish bo‘yicha asosiy ishlar ulgurji korxonaning sotuvda bo‘lgan tovar namunalari bilan stendlar va vitrinalar jihozlangan namoyishlar zalida olib boriladi. Bu erda xaridorlar namoyish etilgan tovarlarni tomosha qilish, yangiliklar bilan tanishishdan tashqari u yoki bu tovar guruhi bo‘yicha mutaxassisdan malakali maslahat olishi ham mumkin. Buning uchun maxsus jihozlangan chemodanlarga joylashtiriladigan tovar namunalari kolleksiyasi ulgurji savdoda qo‘llanadigan o‘ziga xos reklama vositasi hisoblanadi. Ulardan ulgurji xaridorlar oldiga oldindan ishlab chiqilgan jadval bo‘yicha tashrif buyuradigan, ko‘p safar qiladigan tovarshunoslar (savdo agentlari, kommivoyajerlar) foydalanadi. Tovarlarni vitrina va stendlarda namoyish qilish bilan bir qatorda oziq-ovqat mahsulotlari totib ko‘riladigan, tovarlar harakatda namoyish etiladigan ulgurji yarmarkalar o‘tkazish vaqtida tovarlarni reklama qilish katta samara beradi.
Axborot xatlari, byulletenlar, kataloglar, prospektlar, matbuotdagi e’lonlar ulgurji va chakana savdo xodimlariga qaratilgan reklama vositalari bo‘lib xizmat qiladi. Bosma reklama yordamida ulgurji korxonalar savdo vakillarini ular sotadigan tovarlar bilan tanishtiradi. Ulgurji savdoda reklama faoliyatining yana boshqa bir yo‘nalishi aholiga yo‘naltirilgan reklama axborotlarini tarqatish hisoblanadi. Bu reklama xaridorlarning alohida tovarlarga talabini kuchaytirish va shu tariqa chakana savdo korxonalarini ularni xarid qilishga undashi ko‘zda tutilgan. Aholi talabiga beovsita ta’sir ko‘rsatish maqsadida ulgurji korxona va tashkilotlar turli reklama vositalaridan foydalanishi mumkin, xususan: kino-, videofilmlar, radio va televidenie orqali ko‘rsatuvlar, davriy matbuotda joylashtiriladigan alohida (ayniqsa, yangilik) tovarlar haqida maqola va axborotlar. Bundan tashqari, ulgurji korxonalar chakana savdoda o‘tkaziladigan reklama tadbirlarida – ko‘rgazmalar, modalar namoyishi oziq-ovqat mahsulotlarini totib ko‘rish va xaridorlar anjumanlarida ishtirok etadi.
Ulgurji korxonalar o‘zi, ayrim hollarda esa sanoat korxonalari bilan birgalikda magazinlarda ko‘rgazmalar tashkil qilib, bu erda xaridorlar yangi tovarlarning xususiyatlari bilan tanishishi, ularni ishda ko‘rishi, mutaxassislar maslahatlarini olishi mumkin bo‘ladi. Ulgurji korxonalar reklama ishlari rejasini tuzishi, alohida reklama tadbirlari o‘tkazishi, ixtisoslashgan reklama xizmatlari orqali turli reklama vositalari chiqarishni amalga oshirishi lozim.




    1. Download 0.81 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling