A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Ulgurji savdo korxonalarining reklama rejasi


Download 0.81 Mb.
bet120/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Ulgurji savdo korxonalarining reklama rejasi

Ulgurji korxonaning reklama axborotida tovarning sifati va xususiyatlari, chakana narxi xaqidagi asosiy ma’lumotlardan tashqari, tovarlar aloxida turkumning sotilishi shartlari, ularning miqdori, xaridorlarga etkazish usullari xamda ulgurji va chakana tashkilotlar xodimlari uchun zarur bo‘lgan boshqa malumotlar bo‘ladi.
Ulgurji xaridorlarning reklama qilinayotgan tovarlar turlari, tashqi ko‘rinishi, tuzilishining xususiyatlari bilan tanishtirish uchun namoyish reklamasi vositalaridan keng qo‘llaniladi. Bunday reklamani tashkil etish va o‘tkazishda ulgurji korxona xodimlari bosh rol o‘ynaydilar.
Tovarlar reklamasi, asosan ulgurji korxona xodimlari bosh rol o‘ynaydilar.
Tovarlar reklamasi, asosan ulgurji korxonaning savdoda bo‘lgan tovarlarning namunalari joylashtirilgan vitrinalar va lavxataxta bilan jixozlangan namoyish zalida olib boriladi.
Xaridorlar bu erda qo‘yilgan tovarlarni ko‘zdan kechirish, yangi tovarlar bilan tanishibgina qolmasdan, mutaxasisdan u yoki bu tovarlar guruxi yuzasidan malakali maslaxatlarni olishlari mumkin.
Ulgurji savdo tomonidan qo‘llanadigan reklamaning o‘ziga xos vositasi - maxsus jixozlangan jamodonlarga joylashtirilgan tovar namunalari to‘plamidir. Bundan oldindan ishlab chiqilgan jadval asosida ulgurji xaridorlar xuzurida bo‘ladigan tayyor tovarshunoslar ( savdo agentlari, kommivoyajerlar) foydalanishadi.
Ulgurji yarmarkalar o‘tkazilayotgan paytda tovarlarni reklama qilish, ayniqsa katta samara beradi. Bu yerda tovarlar vitrina lavxataxtalarida namoyish qilinishi bilan bir qatorda, oziq ovqat maxsulotlarini tartib ko‘rish mumkin. Tovarlarni esa ishlatib ham ko‘riladi.
Ulgurji va chakana savdo xodimlariga mo‘ljallangan reklama vositalariga axborot xatlari, byuletenlar, kataloglar, prospektlar, matbuotdagi elonlar kiradi.
Ulgurji korxonalar bosma reklama yordamida savdo vakillarini ishlab chiqarayotgan tovarlar bilan tanishtiradilar.
Ulgurji savdo reklama faoliyatining yana bir yo‘nalishi axoliga mo‘ljallangan reklama axborotini tarqatishidir. Bu reklama xaridorlarning muayyan tovarlarga talabini kuchaytirish va shu bilan chakana savdo tashkilotlari tomonidan mazkur tovarlarni xarid qilishlarini ko‘paytirishga qaratilgan.



Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling