A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Nazorat va muxokama uchun savollar


Download 0.81 Mb.
bet122/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Nazorat va muxokama uchun savollar



  1. Ulgurji savdo korxonalarida reklama qanday tashkil etiladi?

  2. Ulgurji savdo korxonalarining reklama rejasi qanday ishlab chiqiladi?

  3. Ulgurji savdo korxonalarida namoyish reklamasining moxiyati nimadan iborat?

  4. Ulgurji savdo korxonalrida tovar namunalari to‘plami reklamasining moxiyati nimadan iborat?

  5. Ulgurji yarmarkalar reklama vositasi sifatida.

  6. Ulgurji savdo xodimlariga mo‘ljallangan reklama vositalariga nimalar kiradi?

  7. Ulgurji savdoda reklama byudjeti qanday rejalashtiriladi?

  8. Ulgurji savdoda reklama samaradorligi qanday aniqlanadi?


10- BOB. SANOAT KORXONALARIDA REKLAMA FAOLIYATINI TASHKIL ETISH


10.1. Sanoat reklamasining asosiy maqsadlari

Mamlakatimizda savdo reklamasini oqilona tashkil qilishning zarur shartlari sanoatning tovarlarni reklama qilishda faol ishtirok etishidan tashqari, reklama funksiyalarini ulgurji savdo, chakana savdo va sanoat o‘rtasida aniq taqsimlash, sanoat korxonalari va tashkilotlari va savdoning reklama faoliyatidagi rolini aniqlash, reklama axboroti optimal oqimlarini begilash, sanoat va savdoning, shuningdek, o‘z vazifalariga ko‘ra reklamaga yaqin bo‘lgan madaniy-ma’rifiy ishlar olib boruvchi jamoat tashkilotlari, muassasa va idoralarning reklama faoliyatini muvofiqlashtirish hisoblanadi. Sanoat korxonalari tomonidan amalga oshiriladigan reklamaning asosiy maqsadlari quyidalardan iborat:



  • ulgurji va chakana xaridorlarning yangi tovarlarga talabini shakllantirish;

  • ularni ishlab chiqarish barqaror bo‘lgan tovarlarga talabni qo‘llab-quvvatlash;

  • xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqaruvchi ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalarni ommalashtirish.

Bundan kelib chiqib, sanoat reklamasini amalga oshiradigan ob’ektlar sifatida tovarlar (yangi va ilgari ishlab chiqarilgan) va korxonalarning o‘zi namoyon bo‘ladi. Reklama maqsadlari va ob’ektlari reklama manzili va reklama axborotlari oqimlari yo‘nalishlarini belgilab beradi. Sanoat korxonalarining reklama adresatlari ulgurji va chakana korxonalar, shuningdek, bevosita tovar iste’molchilari (aholi) hisoblanadi. Sanoat korxonalari va tashkilotlarining yangi tovarlarni reklama qilishi ularni bozorga chiqarishni tezlatish maqsadida amalga oshiriladi. Bunda quyidagi vazifalar qo‘yiladi: savdoni va iste’molchilarni rejalashtirilgan tovar chiqarish haqida xabardor qilish, unga nisbatan qiziqish uyg‘otish, tovar bozorda paydo bo‘lgunga qadar u haqida jamoatchilik fikrini tayyorlash. Tovarning hayotiylik davri to‘rtta asosiy bosqichdan iborat:
1.Tovarni bozorga chiqarish bosqichi – tovarning bozorga chiqishi bilban sotuvning sekin o‘sish davri.
2.O‘sish bosqichi – tovarni bozorda qabul qilishning va uni sotishning tez o‘sish davri.
3.Etuklik bosqichi – tovar potensial xaridorlarning ko‘pchiligi tomonidan qabul qilingani sababli sotuv sur’atining pasayish davri.
4.Pasayish bosqichi – sotuvning pasayishi bilan tavsiflanadigan davr.
Tovarni bozorga kiritishdan oldin kirish reklamasi (dastlabki reklama) amalga oshirilishi lozim bo‘lib, u tovarning bozorda paydo bo‘lishidan oldin keladi va shu tariqa uni iste’molchilarga tezroq etkazishga xizmat qiladi. Masalan, xorijiy avtomobil ishlab chiqaruvchilar yangi avtomashina modeli chiqarila boshlanishidan ancha oldin potensial xaridorlarni uning afzalliklari, yangi ekspluatatsion xislatlari haqida xabardor qiladigan kirish reklamasini ishga tushiradi. YAngi model bozorda paydo bo‘ladigan vaqtga kelib, potensial xaridorlarning bir qismi zarur pul mablag‘lari to‘plab, bu avtomobilni xarid qilish haqida qarorga keladi. Kirish reklamasi ulgurji va chakana savdo xodimlariga yangi tovarni sotuvga tayyorlash, uni reklama qilish va sotish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqishga imkon beradi. Bu shuning uchun ham muhimki, amaliyotning ko‘rsatishicha, tovar haqida iste’molchilar fikri shakllanganidan so‘ng uni o‘zgartirishdan ko‘ra reklama vositasida tovar haqida mos keluvchi fikrni shakllantirish ancha osonroq bo‘ladi. Yangi tovar reklamasi kechikkan hollarda xaridorlarda tovar sifati pastligi tufayli unga talab past, shu sababli u reklama qilina boshladi degan shubha uyg‘onishi mumkin. Savdo korxonasi, qoidaga ko‘ra, turli ishlab chiqaruvchilarning tovarlarini sotadi, uning ustiga, juda cheklangan miqdorda reklamaga ajratilgan mablag‘larga ega bo‘ladi. SHu sababli u amalda har bir yangi tovarning keng reklamasini tashkil qila olmaydi. Buning ustiga, tovar hali magazinga kelib tushmasidan va xodimlarga hali tanish bo‘lmasidan turib uni reklama qilish qiyin. SHunday qilib, tovarni bozorga kiritish davrida uni reklama qilish bilan birinchi navbatda sanoat korxonasi shug‘ullanishi lozim. Bunda u ulgurji va chakana savdo tashkilotlariga ham, bevosita potensial xaridorlarga ham yo‘naltirilgan holda yangi tovarni mustaqil ravishda reklama qilishdan tashqari bu tovarni reklama qilishda savdo tashkilotlariga har tomonlama yordam ko‘rsatishi ham zarur. Bu davrda sanoat korxonalarining eng muhim vazifasi ulgurji xaridorlarni yangi tovar bilan tanishtirish hisoblanadi.
Sanoat korxonalari savdoga yo‘naltirgan reklama vositalarida yangilik tovarning konstruktiv va ekspluatatsion xislatlari haqida, uning texnik xususiyatlari, mahsulotni ekspluatatsiya qilish usullari va h.k. haqida ma’lumotlar keltirilgan bo‘lishi lozim. Ushbu tovarni unga o‘xshash bo‘lgan yoki ilgari chiqarilgan boshqa tovarlardan ajratib turadigan xislatlarga alohida e’tibor qaratilishi lozim. Bu ma’lumotlar savdoning o‘z tasarrufidagi vositalar bilan yangi tovarni reklama qilishining negizini tashkil qiladi. Shu bilan bir paytda yangi mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi bilan yaxshi tanish bo‘lgan, yuqori malakali mutaxassislarga ega bo‘lgan sanoat korxonalari reklamani tashkil qilishda savdo korxonalaridan ko‘ra ko‘proq muvaffaqiyatga erishishi mumkin. SHu sababli sanoat korxonalari savdo korxonalarini tayyor reklama vositalari bilan ta’minlashi maqsadga muvofiq.
Sanoat korxonalari reklama materiallarini tovarlar birinchi partiyasi savdo kelib tushganiga qadar yoki u bilan birga yuboradigan hollarda reklama tezkorligi va amaliy natija berishi sezilarli ortadi, chunki chakana savdo korxonasi bu tovarlarni ularning savdoga kelib tushishidan oldin yoki hech bo‘lmaganda shu bilan bir paytda boshlashi mumkin. Reklama e’lonlari chop etish bilan bir qatorda sanoat va savdo xaridorlargi yangi tovarlarning bepul namunalar taqdim etish kabi reklama shaklidan foydalanishi ham mumkin. Albatta, tovar ham, uning o‘rovi ham magazinlar vitrinalari va intererlarini bezashda reklama elementi sifatida foydalaniladi. Keyingi bosqich bu – tovarni sotish bilan bir paytda amalga oshiriladigan tasdiqlovchi reklama. Tasdiqlovchi reklama o‘tkazishda sanoat ham savdo bilan birganlikda faol ishtirok etadi. Chakana savdo bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa tufayli sanoat korxonalari tovarlar etkazib berish shartnomasida savdo korxonalarini magazinlarda albatta foydalanilishi shart bo‘lgan reklama materiallari bilan ta’minlashni ko‘zda tutish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ulgurji va chakana savdo korxonalari va tashkilotlariga ta’sir ko‘rsatishdan tashqari, sanoat korxonalari tomonidan amalga oshiriladigan reklama xalq iste’moli mollari ishlab chiqaruvchi korxonalarning iste’molchilar bilan aloqa o‘rnatishiga xizmat qiladi.
Turli ko‘riklar, namoyishlar, ko‘rgazmalar va h.k.da qatnashish sanoat tomonidan amalga oshiriladigan reklamaning o‘ziga xos shakli hisoblanadi. Sanoat korxonalari odatda o‘z reklamasini potensial xaridorlar keng doirasiga yo‘naltirad, shu sababli reklama vositalarini joylashtirish hududlari mamlakat mintaqalari yoki butun mamlakat hududi bo‘lishi mumkin. Sanoat korxonalari va birlashmalar asosan adresatlarga yo‘naltirish ommaviyligi bilan farq qiladigan reklama vositalaridan foydalanadi. Ular o‘z reklama xabarlarini respublika, viloyat, shahar, tuman nashrlarida chop etadilar, reklama maqsadlarida radio va televideniedan foydalanadilar. O‘z mahsulotlarini reklama qilish uchun katta mablag‘larga ega bo‘lgan holda yirik sanoat korxonalari reklama roliklarini ham keng qo‘llashi mumkin. Bu korxonalarga tovarning qaysi tarmoq orqali sotilishining farqi yo‘q. Ular uchun asosiysi – maksimal miqdorda tovarlar sotilishidir. Shu sababli ular mahsulotni reklama qilish uchun mablag‘larni ayamasligi va bu xarajatlarni ulgurji va chakana savdo zimmasiga yuklamasligi lozim. Ulgurji va chakana savdo korxonalari esa tovarlarni aynan ularda xarid qilishlari uchun reklama qiladi. Sanoat korxonalari o‘z mahsulotlarini ulgurji xaridorlarga reklama qilish uchun katta adad bilan bosib chiqariladigan albomlar, kataloglar, plakatlar, prospektlar kabi bosma reklama vositalaridan foydalanishi mumkin.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling