A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Sanoat, ulgurji va chakana savdo korxonalarining reklama sohasidagi hamkorligi


Download 0.81 Mb.
bet124/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

10.3. Sanoat, ulgurji va chakana savdo korxonalarining reklama sohasidagi hamkorligi

Sanoat, ulgurji va chakana savdo korxonalarining reklamani tashkil qilishdagi roli turlicha. Biroq qator holatlarda reklama faoliyatining mazmuni sanoatda ham, savdoda ham ko‘p umumiylikka ega bo‘ladi. SHu boisdan sanoat va savdo korxonalarining reklama faoliyatini bir-biri bilan bog‘lash, ya’ni kooperatsiya asosida birgalikdagi reklama tadbirlari tashkil qilish zarurati yuzaga keladi. Savdo reklamasining asosiy vazifalarini hal qilish uchun sanoat va savdo korxonalarining sa’y-harakatlarini birlashtirish reklama tadbirlari samaradorligini oshirishga imkon beradi hamda mehnat, moddiy va pul xarajatlarini katta miqdorda tejab qolish uchun sharoitlar yaratadi. Bundan tashqari, reklama faoliyatida takrorlanishga emas, balki birinchi navbatda reklamaga muhtoj bo‘lgan ob’ektlarni reklama qilishga e’tibor qaratish, reklama vositalari sifatini yaxshilash imkoniyati paydo bo‘ladi. Bu esa, pirovardida, savdo reklamasining iqtisodiy samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Reklama ishini oqilona tashkil qilish unda sanoat, ulgurji va chakana savdo korxonalari ishtirokining eng maqsadga muvofiq shakllari qo‘llanishini talab qiladi. Hamkorlik reklama tadbirlarining umumiy rejasiga muvofiq, reklama vositalarini birgalikda tayyorlash va tarqatishda ifodalanishi mumkin.


Hamkorlik shakllaridan biri sanoat, ulgurji va chakana savdo korxonalarining markazlashtirilgan reklama tadbirlari o‘tkazishdagi kooperatsiyasi hisoblanadi. Reklama faoliyatini kooperatsiyalash uchun imkoniyatlar nafaqat bevosita tovar ishlab chiqarish va sotishda ishtirok etuvchi korxona va tashkilotlarda, balki bunday reklama ular uchun qiziqish uyg‘otadigan turli jamoat, xo‘jalik va madaniy-ma’rifiy tashkilotlar uchun ham yaratiladi. Masalan, ularni sotishdan sanoat, savdo, sport tashkilotlari, tibbiyot muassasalari manfaatdor bo‘lgan tovarlar yoki xizmatlar birgalikdagi reklama ob’ekti bo‘lishi mumkin.
Reklama sohasida birgalikdagi ishlarni tashkil qilishning eng oddiy shakli reklama tadbirlari o‘tkazish muddati, tovarlarni reklama qilish usullari, shuningdek, mos keluvchi reklama vositalari tanlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdagi hamkorlik hisoblanadi.
Bunda pul mablag‘lari maxsus fondi va markaziy rahbariyat organi tashkil qilish talab etilmaydi, chunki mavzu va uslubiy ko‘rsatmalarni markaziy va mahalliy savdo organlari beradi, reklama tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha barcha ishlarni esa reklamada ishtirok etuvchi korxona va tashkilotlar o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiradi. Markazlashtirilgan uslubiy rahbarlik mahalliy tashkilotlarni reklama vositalari va materiallari bilan markazlashtirilgan tarzda ta’minlash bilan uyg‘unlashadigan reklama kampaniyasi o‘tkazish reklama faoliyatini birgalikda tashkil qilishning mukammalroq va samaraliroq shakli hisoblanadi.
Sanoatning bozordagi vakillari sanoatda yetakchilik nufuzini yaratish uchun tarmoq jurnallarida firmalar oliy boshqaruv personali ism shariflari tilga olinadigan maqolalarni tez-tez chop etishadi.
Jamoatchilik bilan aloqalarning zamonaviy asoschisi Ed Berneys, o‘z vaqtida "Jeneral elektrik" firmasi reklamasida o‘ziga xos to‘ntarish yasagan.
U Edison tomonidan lampochka kashf etilganligining 50 yillik tantanasini shunday tashkil qilginki, NBC radio eshittirish korporatsiyasi suxandoni tomonidan berilgan signaldan so‘ng, AQSHning o‘sha vaqtdagi prezidenti Gerbert Guver va millionlab boshqa odamlar bir vaqtda elektr chiroqlarini yoqishgan.
Nufuzli kompaniyalar futbol, tennis, basketbol, mashina poygalari va boshqa nufuzli sport musoboqalariga xomiylik qiladilar, mashhur sportchilarga muayyan kompaniya belgisi tushirilgan kiyimda maydonga tushganliklari uchun katta miqdorda pul to‘laydi.
Sport musoboqalari va muxim voqealarga xomiylik qilish ko‘p milliardli biznesdir.Biroq bunda xomiylik qilinayotgan tadbir bilan xomiyning nufuzi bir biriga most tushishi nihoyatda muhim .
Mahsulotni televidenia va kinoda joylashtirish."Ray " Bap firmasi aktyor Tom Kruzga "Qurol" kinofilmida quyoshdan muxofaza qiluvchi ko‘zoynakni taqib chiqqani uchun mo‘maygina xaq to‘lagan.Bu o‘zini oqlagan, chunki film namoiy qilinaganidan so‘ng bu ko‘zoynaklarni xarid qilish 30-40% ga ko‘paygan.Avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalar esa Gollivudga, televideniyedagi shoularga avtomobillarni bepul taqdim etadilar. Maxalliy telestansiyalarning deyarli 75% o‘z videoyangiliklarga reklama ko‘rsatuvlarni kiritadilar.
Tanlovlar. Ko‘pgina firmalar o‘ziga e’tiborni jalb etish uchun qiziqarli, g‘ayriodatiy tanlovlarni uyushturadigan yoki ularga xomiylik qiladigan .Masalan, "Pilisbmy", firmasi xar yili novvoylar musoboqasini o‘tkazgabidan so‘ng, ularning xaridi shu darajada oshib ketadiku, "Pilisbmy" non maxsulotlarining sinonimiga aylanib qolgan. "Pepto - Bismol "firmasi qayla tayyorlash bo‘chida ananaviy musoboqalar xomiysi bo‘lsa,"Combat roach killer" firmasi "Dunyodagi eng katta suvarak " tanlovining xomiysidir.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling