A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish
Download 0.81 Mb.
|
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ
- Bu sahifa navigatsiya:
- To‘rtinchidan
Birinchidan, reklama agentliklari sistematik ravishda xilmaxil marketing vazifyatlariga duch keladi, bu esa iste’molchilar manfaatlarini chuqurroq tushunishga, o‘z bilim va mahorati, ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi. Bu sifatli reklama vositalari yaratishga va ularni qo‘llash samaradorligini ta’minlashga imkon beradi.
Ikkinchidan, reklama agentliklari mustaqil tashkilot sifatida reklamaning alohida rahbarlar didiga bog‘liqligi, iste’molchilarning kutilayotgan javoblari borasida noto‘g‘ri ko‘rsatmalar kabi ob’ektiv omillarning reklamaga salbiy ta’sirini istisno qiladi. Uchinchidan, reklama agentliklari OAV bilan barqaror aloqalarga ega bo‘lib, ulardan reklama joylashtirish uchun vaqt va joyni muntazam va o‘z vaqtida xarid qiladi. Reklama agentliklari bilan hamkorlik reklama beruvchiga o‘z muammolarini tezkorlik bilan hal qilishga imkon beradi, uning vaqt va mablag‘ tejashiga yordam beradi. To‘rtinchidan, reklama agentliklari xizmatlaridan foydalanish reklamaga tizimli yondashuvni ta’minlaydi, bu esa uning samaradorligi o‘sishiga xizmat qiladi. Reklama jarayoni qatnashchilari sifatida reklama agentliklari quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi: OAVda buyurtmalar joylashtirib, ularning bajarilishini nazorat qilgan holda OAV bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshiradi; reklama beruvchilardan olingan buyurtmalar asosida reklama mahsuloti yaratadi, ijodiy va texnik mutaxassislar salohiyatidan foydalanib kompleksli reklama kampaniyalari va boshqa reklama tadbirlari rejalarini ishlab chiqadi; reklama beruvchilar va OAV bilan hisob-kitoblarni amalga oshiradi; bosmaxona, studiya, reklama kombinatlari, shtatdan tashqari mutaxassislar bilan hamkorlik qiladi. Keng doiradagi reklama xizmatlarini bajaruvchi yirik reklama agentliklari turli mutaxassislarni ma’lum bir bo‘limlarga birlashtirishga ehtiyoj sezadi. Ular o‘zining ijodiyishlab chiqarish bazasiga ega bo‘lishi ham, shtatdan tashqari yuqori malakali ijodiy xodimlardan foydalanishi ham mumkin. Bularning ikkinchisi ko‘p sonli bo‘linmalar strukturasiga ega bo‘lgan kichikroq reklama agentliklari uchun maqsadga muvofiqdir. Odatda bo‘lim faoliyati belgilangan funksiyani bajarishga qaratiladi. To‘liq xizmatlar siklini bajaridgan yirik reklama agentligining namunaviy tashkiliy sxemasi quyidagi bo‘limlarga ega bo‘ladi: Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling