Intensiv o‘sish strategiyasi firma o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan bozorlardagi tovarlari bilan bog‘liq barcha imkoniyatlardan foydalanib bo‘lmaguncha dolzarb bo‘lib qolaveradi. Bunday holatda quyidagi muqobil variantlar bor.
Bozorga kirib borish strategiyalari. Kirib borish strategiyalari doirasida mavjud bozorlarda tovarlar savdosining hajmini oshirishga urinib ko‘rish lozim. Bunga bir necha xil yo‘l bilan erishish mumkin.
Birlamchi talabni rivojlantirish: global talabning tarkibiy qismlari ta’sir ko‘rsatib, quyidagi usullar bilan bozorning hajmini oshirish:
Bunday strategiya bozorning kengayishidan hammadan ko‘proq manfaatdor bo‘lgan peshqadam firmaga xosdir.
Bozordagi o‘z ulushini oshirish: tovarlarni o‘tkazish bo‘yicha faol hatti-harakatlar orqali raqobatchi firmalarning sobiq mijozlarini jalb qilish, masalan:
sotilayotgan tovar yoki ko‘rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash;
markani pozitsiyasini o‘zgartirish;
narxni sezilarli kamaytirishga jur’at etish;
sotish tarmog‘ini mustahkamlash;
sotishni rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Bunday hatti-harakatlar birlamchi talab kengaymadigan bo‘lib qolgan, ya’ni tovar hayot siklining etuklik bosqichida bo‘lgan bozorlarga xosdir. Bozorlarni quyidagi yo‘llar bilan sotib olish:
raqobatchi firmani uning bozordagi ulushini qo‘lga kiritish
maqsadida sotib olish;
bozordagi katta ulushni nazorat qilish maqsadida qo‘shma
korxona tashkil qilish.
Bozordagi o‘z mavqeini himoya qilish (mijozlar bilan aloqa, sotish tarmog‘i, imidj): shu maqsadda operatsion marketingni faollashtirish, masalan:
tovar yoki uning pozitsiyasini birmuncha yaxshilash;
narxni shakllantirishning mudofaa strategiyasi;
sotish tarmog‘ini mustahkamlash;
sotishni rag‘batlantirish chora-tadbirlarini kuchaytirish yoki qayta yo‘naltirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |