A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Reklama harakatining asosiy ko‘rsatkichlari


Download 0.81 Mb.
bet136/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

12.3. Reklama harakatining asosiy ko‘rsatkichlari

Reklama korxona tijorat faoliyatining tarkibiy qismi hisoblanadi, demak, u reja asosida umumiy siyosat asosida amalga oshirilishi lozim. Reklama faoliyatini rejalashtirish uning maqsadlarini, ularga erishish yo‘llarini aniqlashni ko‘da tutadi va korxona (firma) raqobat sharoitlarida o‘z xususiyatlarini amalga oshirishi uchun sharoitlar yaratadi. Maqsadlarni qo‘yish korxonada reklamani qo‘lash istiqbollarini belgilab beradi va uning samaradorligini baholash uchun sharoitlar yaratadi. Reklama maqsadlarini amalga oshirish korxonaning barcha tarkibiy bo‘linmalarini o‘zaro aloqada harakat qilishga majbur qiladi. Reklama bo‘yicha reja ishlab chiqishada asosiy va ikkinchi darajali maqsadlar farqlanadi. Asosiy maqsadni zarurat tug‘ilganda uni asta-sekinlik bilan aniqlashtirish, xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslik uchun yozma ko‘rinishda ifodalash kerak. Aniq qo‘yilgan maqsadsiz reklama faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirib va uning natijasini aniq baholab bo‘lmaydi.


Reklama tadbirlari maqsadi qisqa muddatli, o‘rta muddatli va uzoq muddatli bo‘lishi mumkin. Maqsadni aniqlash sermashaqqat, murakkab va deyarli doimo oxirigaa bajarib bo‘maydigan vazifa hisoblanadi. Qo‘yilgan maqsad real, belgilangan muddatda va belgilangan vositalar bilan erishiladigan bo‘lishi lozim. Maqsadni qo‘yish reklama vositalari yaratish va tarqatishdagi xatolarni bartaraf etadi. U har bir ijrochi uchun mo‘ljal bo‘lib, uning ijodiy tashabbuslari uchun zarur maydon ochib beradi. Talab va taklifga qarab, rejada muayyan tovar yoki xizmat bo‘yicha reklama tadbirlari o‘tkazish kuzatiladi. Reklama bo‘yicha rejalar korxonaga tovarlar (xizmatlar) bozorida o‘zgaruvchan sharoitlar natijasida harakatlar dasturini oldindan belgilash imkonini beradi.
Korxona rahbariyati maksimal samaraga ega bo‘lish uchun reklama faoliyati o‘zaro bog‘liq elementlari majmuini puxtalik bilan rejalashtirishni ta’minlashi lozim. To‘g‘ri rejalashtirilgan va yaxshi tashkil qilingan reklama korxona faoliyati samaradorligiga jiddiy ta’sir ko‘rsata oladi. Xilma-xil kommunikatsiya vositalaridan foydalanib, reklama ishlab chiqaruvchilarning iste’molchilar bilan aloqa o‘rnatishi va bu aloqalarni chuqurlashtirishga, aholining tovarlar va xizmatlar haqidagi bilimlarini kengaytirishga yordam beradi.
Rivojlangan mamlakatlarda firmalar reklama tadbirlarini rejalashtirishni yillik byudjet ishlab chiqilgandan so‘ng boshlaydi. Turli agentliklar va firmalarning keng doiradagi reklama xizmatlari bu sohada deyarli har qanday istaklarni amalga oshirish imkonini beradi. Afsuski, bunday shakl mahalliy tadbirkorlar uchun doim ham maqbul kelmaydi, chunki kichik korxonalarda yillik byudjetni rejalashtirishni soliqlar va qonunlarning tez-tez o‘zgarishi, iqtisodiy vaziyatning beqarorligi tufayli doim ham uddalab bo‘lmaydi. Bundan tashqari, reklamani tayyorlash va joylashtirishda ham qiyinchiliklar bor. SHu boisdan reklamani rejalashtirishni to‘rt bosqichda amalga oshirish maqsadga muvofiq sanaladi.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling