A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Ommaviy kommunikatsiyani amal qilishining umumiy shartlari


Download 0.81 Mb.
bet144/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

14.2. Ommaviy kommunikatsiyani amal qilishining umumiy shartlari


Avvaliga xorijdagi faoliyat kompaniya vatanidagi asosiy shtab-kvartira tomonidan nazorat qilinadi va muvofiqlashtiriladi. Joyidagi faoliyati kengaygani sari o‘z harakatini mahalliy reklama kompaniyalari bilan muvofiqlashtirish ehtiyoji tug‘iladi. Shu tariqa xalqaro reklama tizimi yuzaga keladi.
Ko‘p mamlakatlarda tegishli bo‘lgan reklama tizimlari firmalar taraqqiy etgan sari turli mamlakatlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritadigan va jahonning u yoki bu mamlakatida shakllangan sharoitlar negizida o‘z biznesini istiqbolli rivojlantirishga qobil mamlakatlararo haqiqiy korporatsiyalarga aylanishi mumkin. Ular faoliyatining mohiyati dunyoning barcha bozorlari ishida to‘liq va integratsiyalashgan holda qatnashish hisoblanadi.
Odatda mamlakatlararo milliy faoliyatning muhim qonuni bo‘lgan xorijdagi savdo-sotiq ishlari o‘z mamlakatidagi savdo-sotiqqa nisbatan tezroq o‘sadi. Masalan, AQSHdagi 25 ta yirik mamlakatlararo milliy korparotsiya 53 % daromadini chetdan oladi.
Mamlakatlararo milliy korporatsiyaning marketing faoliyati odatda kuchli markazlashgan nazorat va muvofiqlashtirish bilan xarakterlanadi. Masalan, «Koka-kola» kabi firma mamlakat milliy korporatsiyasi bo‘lish bilan bir qatorda u xalqaro korparatsiya ham hisoblanadi, chunki u o‘z mahsulotlarini dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida sotadi. Faoliyati shtab-kvartirada muvofiqlashtiriladi va mahsulotning standart gammasiga va yagona andozadagi marketing tizimiga ega. «Koka-kola» prezidenti bu strategiyani: «Yagona qarash, yagona ohang – yagona savdo-sotiq» deb ataydi.
Global marketing va reklama ayrim olimlarning hisoblashicha, ayrim tovarlar, chunonchi «Koka-kola» global tovarning ideal namunasidir. Boshqalar aksincha fikrda. Masalan, «Ted Beyts» firmasining raisi Bill Trages shunday deydi: «Men reklamani mamlakatning ko‘zgusi deb hisoblayman. Eng samarali reklama e’lonlari muayyan joyning imo-ishorasini, mimikasi, nozikliklari va boshqa o‘ziga xosliklarni aks ettiradi. SHu munosabat bilan reklamani andozalash – muhokama ob’ekti bo‘la olmaydi». Reklama global bo‘lishi mumkinmi, degan savol hanuzgacha ochiqligiga qolmoqda. «Ko‘pgina mutaxassislar singari men reklama muvaffaqqiyatli bo‘lishi uchun milliy madaniyatning ajralmas qismi bo‘lishi lozim, deb hisoblayman».
Agentlikni tanlash.
Reklama beruvchi quyidagi agentliklarni tanlashi mumkin:

  • xalqaro (yoki butunjahon) agentligi;

  • mahalliy xorijiy agentlik;

  • eksport agentligi;

  • o‘z mamlakatidagi oddiy agentlik yoki firma doirasidagi reklama xizmati.


Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling