A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Nazorat va muxokama uchun savollar


Download 0.81 Mb.
bet143/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Nazorat va muxokama uchun savollar



  1. Reklama strategiyalari deganda nimani tushunasiz?

  2. Reklama samaradorligini oshirishda reklama strategiyalari qanday rol o‘ynaydi?

  3. Reklama strategiyalarining qanday turlarini bilasiz?

  4. Reklama strategiyalari qanday tanlanadi?

  5. Reklama strategiyalarining asosiy elementlariga ta’rif bering.

  6. O‘sish strategiyasining qanday turlarini bilasiz?

  7. Raqobatchilik strategiyasining qanday turlarini bilasiz?

  8. Mudofaa strategiyasining moxiyati nimadan iborat?

  9. Xujum strategiyasi tug‘risida tushuncha bering.

  10. “Kurashga chaqiruvchi” strategiyaning maqsadi nimadan iborat?


14-BOB. XALQARO REKLAMA


14.1. Xalqaro reklama bozorlarida xalqaro va milliy kommunikatsiya vositalari.

Jahonda yiliga reklamaga o‘rtacha 500 mlrd. dollar sarflanadi. Reklama darajasi va sifati aholining daromadlari va korxonalarning kredit salohiyatiga bog‘liq.


Xalqaro reklama kommunikatsiya shakli sifatida davlatlarni bir-biriga yaqinlashtirish jarayoniga katta ulush qo‘shadi. Har qanday davlatning ichki bozoriga xorijiy tovarlar, g‘oyalar va qiymatlar kela boshlagani sari odamlar bir-birlarini yaxshi tushuna boshlaydilar. Globallashuv, texnologiya va internet rivojlangani sari xalqaro reklama gullab-yashnayveradi.
Xorijda o‘z reklamasini joylashtirmoqchi bo‘lgan firmalar bir qator muammolarga duch keladi. Misol uchun eng katta dunyoviy bozorlardan biri bo‘lgan Xitoyni olaylik. Bu mamlakatning qanday o‘ziga xos xususiyatlari bor?
Sanab o‘taylik:

  1. Aksariyat Xitoyliklarning daromadi yuqori emas;

  2. Yirik xaridlar kommuna qarori bilan amalga oshiriladi, ayrim hollarda xarid bir yilga cho‘ziladi;

  3. Bu erda reklama uchun efir va matbuot tansiqligi seziladi;

  4. Matbuot reklamasi ustun;

  5. Matbuotda va efirda reklama uchun maydon va vaqt chegaralangan;

  6. Sport dasturlaridagi reklama katta muvaffaqqiyatga ega, chunki xitoyliklar bunday dasturlarni sevib tomosha qiladilar, o‘qiydilar va eshitadilar. 




Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling