A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


-rasm. Porter bo‘yicha asosiy strategiyalar


Download 0.81 Mb.
bet139/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

13.1-rasm. Porter bo‘yicha asosiy strategiyalar
Manba: Porter M.E. (1980)
Xarajatlarni iqtisod qilish hisobiga liderlik strategiyasi markazida raqobatchiga nisbatan past xarajat bo‘ladi. U doimiy xarajatlarni nazorat qilishni, ishlab chiqarishga investitsiya. Yangi texnologiya konstruksiyalari ustida yaxshilab ishlashni, savdo xarajatlarini kamaytirishni nazarda tutadi. Asosiy strategiya uchinchi - maxsuslashtirish strategiyasi, ya’ni konsepsiya bir segment yoki xaridorlarning raqobatchi guruhlarini bozorni harakatsiz egallab olishdir. Maqsad bu erda tanlangan maqsadli segmentni raqobatchiga nisbatan ehtiyojini qondirishdir. Bu strategiya differensiatsiyada xam, xarajatni iqtisod qilishda ham bo‘ladi, bunda faqat maqsadli segment doirasida bo‘ladi. Xarajatlarni iqtisod qilish hisobiga liderlik strategiyasi. Bu strategiyani markaz e’tiborida - raqobatchiga nisbatan kam xarajatlar asosiy o‘rinda turadi. Xarajat munosabatiga afzalliklar 5 ta raqobatli kuchga qarshi samarali himoyani tashkil etadi:

  • firma o‘zini to‘g‘ri raqobatchisi bilan narx jangida ham
    qarama-qarshi turishga loyiq va narxda foyda olishga ega;

  • kuchli mijozlar kuchli raqobatchi uchun darajasidan narxni
    pasayishiga erisha olmaydi;

  • past xarajatlar kuchli ta’minotchilarga qarshi himoyani
    ta’minlaydi;

  • past xarajatlar yangi raqobatchilar uchun kirish to‘siqlarini
    tashkil qiladi va bir vaqtning o‘zida tovar-o‘rinbosarlarga qarshi yaxshi himoya tashkil qiladi.

Barcha strategiyalar markaz e’tiborida raqobatchilar bilan
solishtirganda past xarajatlar bo‘ladi.
13.2. O‘sish strategiyalari

Ko‘pchilik firmalarning strategiyalari o‘sish maqsadlarini: savdo hajmining, bozor ulushining, firma daromadining yoki o‘lchamining o‘sishini ko‘zda tutadi. O‘sish - bu firmaning faoliyatiga ta’sir qiluvchi, tashabbusini rag‘batlantiruvchi hamda firma jamoasi va rahbariyatining motivatsiyasini kuchaytiruvchi omildir.


O‘sish maqsadlari uchta turli xil darajada ifodalagan:

  • asosiy bozorga nisbatan o‘sish; biz buni intensiv o‘sish deb
    ataymiz;

  • ishlab chiqarish zanjiriga nisbatan o‘sish - asosiy faoliyatga nisbatan “olg‘a” yoki “orqaga” integratsiyalanish; bu integrativ o‘sishdir;

  • odatdagi faoliyat hududidan tashqaridagi imkoniyatlarga asoslangan o‘sish: diversifikatsiya orqali o‘sish.

Bu o‘sish maqsadlarining har biriga mumkin bo‘lgan strategiyalarning ma’lum bir soni to‘g‘ri keladi. Ularning turlari quyida keltirilgan.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling