A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Download 0.81 Mb.
bet135/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Birinchi variantda, agar reklama qo‘yilgan reklama maqsadlariga erishmasa, agentlik «o‘zgalar g‘oyasi»ning texnik ijrochisi sifatida ishtirok etganligini ko‘rsatib, muvaffaqiyatsiz reklama uchun javobgarlikni o‘zidan soqit qilishi mumkin.
Ikkkinchi variantda reklama beruvchi o‘z tovarini reklama qilishga ajratilgan mablag‘lar bilan tavakkal qiladi, chunki reklama qo‘yilgan maqsadga erishmasligi mumkin. Bu reklama agentligi reklama beruvchining ishtirokisiz va uning reklama qilinayotgan tovar borasidagi bilimlarisiz reklama dasturini doim ham to‘g‘ri amalga oshira olmasligi bilan izohlanadi.
Uchinchi variant eng maqbul hisoblanadi, chunki u muayyan tovarlarni reklama qilishga qaratilgan dastur ishlab chiqish va o‘tkazishda reklama beruvchi va reklama agentligi mutaxassislari tajribasidan birgalikda foydalanishga imkon beradi. Reklama agentligi bilan normal ishlash, yuzaga keladigan turli kelishmovchilik va tushunmovchiliklarni tartibga solish mumkin bo‘lishi uchun shartnoma (yoki unga o‘xshash hujjat) tuzish lozim. SHartnoma reklama ishlab chiqish, tayyorlash va tarqatish jarayonida tomonlarning huquq va majburiyatlarini tartibga soladi. Reklama beruvchi va reklama agentligi o‘rtasida shartnomada quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim:

  • reklama agentligi ko‘rsatadigan xizmatlar turlari, jumladan, reklama dasturi ishlab chiqish;

  • reklama predmetlari ro‘yxati va ularning tavsifnomasi;

  • shartnomaning amal qilish umumiy muddati;

  • shartnoma umumiy miqdori;

  • boshlang‘ich ma’lumotlar, reklama predmetlari namunasini taqim etish va qaytarish tartibi va muddati;

  • reklama dasturini muvofiqlashtirish uchun taqdim etish tartibi va muddati;

  • reklama tadbirlari rejasi, matnlar, badiiy originallar va ssenariylarni muvofiqlashtirish tartibi va muddati;

  • reklama tadbirlari o‘tkazish haqida hisobot taqdim etish tartibi va muddati;

  • shartnomani ijro etish muddati va tartibini buzganlik uchun tomonlarning mulkiy javobgarlik shartlari;

  • reklama beruvchi va reklama agentligi shartnomada ko‘rsatish zarur deb hisoblaydigan boshqa shartlari;

  • shartnoma qatnashchilarining to‘lov va pochta rekvizitlari.

Har bir reklama beruvchi shartnoma shartlarini bajarishda quyidagi qoidalarga amal qilishi shart:
1. Ishda reklama agentligiga hamkor sifatida munosabatda bo‘lish.
2. O‘z majburiyatlarini aniq va vaqtida bajarish.
3. O‘z qarorlarini to‘satdan o‘zgartirmaslik.
Reklama agentliklari bilan ishlash reklamani joylashtirishda ularning xodimlari bilan ishlash, shuningdek, reklama beruvchiga reklama e’lonlari berilgandan so‘ng o‘zining javob tariqasidagi takliflari bilan murojaat qiladigan agentlar bilan ishlash zaruratini yuzaga keltiradi. Bunday takliflardan to‘g‘ri foydalanish u yoki bu reklamani tez va qo‘shimcha xarajatlarsiz joylashtirishga imkon beradi. Reklama agentalri bilan ishlashga vaqtni qizg‘anmaslik kerak, chunki bu mos keluvchi xizmatlar izlab topish uchun ketadigan vaqtni tejashga imkon beradi. Reklama agentligi va reklamani tarqatish sub’ekti o‘rtasidagi shartnomada quyidagilar ko‘zda tutilishi lozim: reklamani tarqatish sub’ekti ko‘rsatadigan xizmatlar, jumladan, reklama vositalari ishlab chiqarish; reklama xabarlari joylashtirish uchun ajratiladigan gazeta (jurnal) maydoni yoki ko‘rsatuv(eshittirish) vaqti umumiy hajmi; reklama vositalari va predmetlari ro‘yxati; reklama vositalari tayyorlash va ko‘paytirish tartibi va muddati; tayyor reklama mahsulotini tasdiqlash tartibi va muddati; reklamani tarqatish tartibi va muddati hamda reklama xabarlarini chop etish kalendar rejasi; reklama tarqatish haqida hisobot taqim etish tartibi va muddati; reklama vositalarini qaytarish muddati; shartnomaning umumiy amal qilish muddati; shartnomaning umumiy miqdori; hisob-kitoblar tartibi va muddati; shartnomani ijro etish tartibi va muddatini buzganlik uchun tomonlarning mulkiy javobgarlik shartlari; tomonlar shartnomada ko‘rsatish zarur deb hisoblaydigan boshqa shartlari; tomonlarning to‘lov va pochta rekvizitlari.
Reklama agentligi bilan o‘zar munosabatlar o‘rnatishda reklama beruvchi uning ko‘ngildagi mijoziga aylanishga intilishi zarur. Bu maqsadga erishish uchun quyidagi qoidalarga amal qilish kerak. Unda sizning tovar va firma uchun joy topilishi uchun yangi g‘oya izlab toping. Reklama matni sizning tovar bozorda egallab turgan holatni aks ettirishi va aslo haqiqatdan uzoqlashmasligi lozim. Muzokaralar natijalari unumli bo‘lishi uchun uchrashuvni: uning strategiyasini, asosiy jihatlarni, barcha dalillarni oldindan rejalashtiring. To‘g‘ri bo‘ling – reklama beruvchiga faqat haqiqatni gapiring va shunda sizga ham shunday javob qaytarishadi. Agar reklama agentligi tomonidan taklif etilgan matn sizga yoqsa, g‘oyat xursand bo‘ling. Agentlik taklif etgan matn sizga nima uchun yoqishini ochiq ayting. Dalillar keltiring.Reklama matnidagi hazillarga, oqilona yurishlarga mos ravishda javob bering. Hatto matn sizga yoqmagan taqdirda ham yumorga munosib baho bering. O‘z fikringizda tura oling. Agar siz matn sizga to‘g‘ri kelishiga ishonchingiz komil bo‘lmasa, o‘ylab ko‘ring, javob berishga shoshilmang.
Tovaringiz bozordagi holati haqidagi fikrlar bilan bevosita reklama matni yaratish bilan shug‘ullanuvchi agentlik xodimlari bilan o‘rtoqlashing. Reklama agentligiga siz etakchi ekanligingizni va matnda nima to‘g‘ri va nima noto‘g‘ri ekanligini baholashga qodir ekanligingizni his qilishga imkon bering. Agentlikka kamchiliklar bilan ishlash va ularni to‘g‘rilash imkonini bering.Agentlikka siz unga to‘liq ishonishingizni, sizga oddiygina reklama matnidan ko‘ra ko‘proq narsa kerakligini ko‘rsating. O‘z maqsadlaringizni, reklama kampaniyasidan nimalar kutayotganingizni ayting. Omadsizlikka uchraganda butun agentlikni ayblamang, boshqa xodimlarning siz bilan shug‘ullanishini so‘rang. SHuni esdan chiqarmangki, agentlik siz bilan hamkorlikdan manfaatdor bo‘lsin. Mijoz foydasi – agentlik foydasidir. Reklama kampaniyasini boshlashdan oldin muammoga o‘z qarashingiz borasida agentlik xodimlarini bahs-munozaralarga jalb qiling. Shunda ko‘plab savollar o‘z vaqtida hal etiladi.



Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling