A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


- BOB. REKLAMA STRATEGIYALARI


Download 0.81 Mb.
bet138/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

13- BOB. REKLAMA STRATEGIYALARI


13.1. Reklama strategiyalari va reklama samaradorligini oshirishda ularning roli

Taraqqiyot strategiyasini ishlab chiqishning birinchi bosqichi egallab turilgan raqobatli ustunlikning tabiatini aniqlab olishdan iborat bo‘lib, bu ustunlik kelgusidagi strategik va taktik qadamlar uchun asos bo‘lib qoladi.


Yuqorida raqobatli ustunlikni ikki xil o‘lchash orqali: “unumdorlik” (xarajatlar bo‘yicha ustunlik) va “bozor kuchi” (maqbul maksimal sotish narxiga nisbatan ustunlik) bo‘yicha aniqlash mumkinligi ko‘rsatilgan edi. Firmaning xususiyatlari, uning kuchli va kuchsiz tomonlari hamda uning raqobatchilarini hisobga olgan holda qaysi ustunlikni tanlash kerak? Degan savol tug‘iladi. Boshqacha qilib aytganda, ma’lum bir tovar bozorida qaysi ustunlikni himoya qilish osonroq?
Bunday ustunlikni aniqlab olish uchun raqobatli vaziyatni tahlil qilib chiqib, quyidagi savollarga javob berish lozim:

  • ko‘rib chiqilayotgan tovar bozori yoki segmentda
    muvaffaqiyatning hal qiluvchi omillari qaysilar?

  • bu hal qiluvchi omillar nuqtai nazaridan firmaning qanday
    kuchli va kuchsiz tomonlari bor?

  • mana shu hal qiluvchi omillar nuqtai nazaridan eng xavfli
    raqobatchining qanday kuchli va kuchsiz tomonlari bor?

Firma bu ma’lumotlardan kelib chiqqan holda: (a) qaysi raqobatli ustunlikka nisbatan eng yaxshi pozitsiyada ekanligini aniqlab olishi; (b) muayyan sohada bunday ustunlikka erishishga qaror qilish; (v) o‘z raqiblarining raqobatli ustunligini bartaraf etishga urinishi mumkin.
Shunday qilib, tanlanadigan asosiy strategiyalar bir-biridan qaysi ustunlikka tayanishi bilan farq qiladi. Porterning fikricha, faqat uchta asosiy raqobatli strategiya mavjud bo‘lib, ular o‘zining maqsadli bozori bilan (butun bozor yoki uning ma’lum bir segmenti) va amalga oshirilayotgan raqobatli ustunlik turi bilan (xarajatlar yoki tovarning ustun sifatlari bo‘yicha) farq qiladi.

Tovarning xaridorlar


nuqtai nazardan noyobligi Kam xarajatlar

Differensiatsiya

Xarajatlar bo‘yicha ustunlik

Konsentratsiya


Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling