A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Download 0.81 Mb.
bet145/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Xalqaro agentliklar. Faqatgina ko‘pgina mamlakatlarda ofislari yoki shaxobchalari bo‘lgan yirik agentliklargina yaxshi yo‘lga qo‘yilgan xalqaro reklamani yaratishga qodir. Yirik mamlakat reklama kompaniyasini rejalashtiruvchi firmalar odatda xalqaro agentliklar bilan hamkorlik qilishadi. Xorijdagi ofislar odatda bir necha tillarni, ayniqsa mahalliy tillarni biladigan xodimlarga ega. Amerika reklamasini boshqa tillarga so‘zma-so‘z o‘girish kamdan-kam hollarda muvaffaqiyatli chiqadi. SHu boisdan reklama bo‘yicha ajnabiy mutaxassislar reklamaning negiziy konsepsiyasiga o‘zgartirishlar, mahalliy iste’molchilar e’tibor berishi mumkin bo‘lgan verbal va vizual elementlarni qo‘shishlari mumkin.
Mahalliy ajnabiy agentliklar. Mahalliy agentliklarni ishga jalb qilganda ularning professional darajasiga, OAV bilan aloqasiga iste’molchilarning mahalliy texnologiyasini bilishiga e’tibor berish lozim. Ko‘pgina tovarlar uchun mahalliy agentliklar zarur darajada samarali bo‘lishi mumkin. Basharti bir emas, bir nechta mahalliy agentliklardan foydalanilsa, bu holda ularning o‘zaro harakatini aniq muvofiqlashtirishdagi roli keskin o‘sib ketadi.
Eksport agenligi. Ayrim ichki reklama agenliklari tovarlarni xorijda reklama qilishga ixtisoslashgan bo‘ladi. Ular eksport agentliklari deb ataladi. Odatda ular boshqa mamlakatlarning agentliklari bilan hamkorlikda ishlaydi. Bu o‘rinda ixtisoslashuv muhim ahamiyat kasb etadi, chunki reklama mintaqa aholisi tushunadigan tilda beriladi.
O‘z mamlakatidagi reklama agentliklari va bo‘limlari. Xorijda qimmatli reklama, reklamalar berishga qurbi etmaydigan ko‘pgina yirik bo‘lmagan firmalar o‘z mamlakatidagi mavjud biror-bir ajnabiy reklama agentligida reklamasini muvaffaqiyatli joylashtiradilar. Agentliklar bunday vazifani yaxshi uddalaydilar. Bunday ijrochi firmalar internet orqali yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri reklama joylashtiriladigan mamlakatdagi mahalliy byurolar orqali ularni qiziqtirgan axborotni olib berishlari mumkin. Agar reklama o‘zining reklama xizmatida (umuman olganda, bunga bormagan yaxshi) joylashtiriladigan bo‘lsa, o‘zini-o‘zi yoki rahbariyatni ortiqcha maqtab yuborishga yo‘l qo‘ymaslik lozim.



Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling