A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Download 0.81 Mb.
bet152/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Kliklar chastotasi Kch

bu erda: Ks - kliklar soni, UKS - unikal kliklar soni.


Kliklarning o‘rtacha narxi - Kn:

bu erda; Jn - reklamani joylashtirish narxi; Ks - kliklar soni.


Unikal kliklarning o‘rtacha narxi - UKn:

bu erda: Jn - reklamani joylashtirish narxi; UKs - unikal kliklar soni.
Uchinchi bosqich. Veb-sahifaga tashrif bo‘yicha samarador-likni aniqlash. Internet-reklamaning samaradorligi ko‘p jihatdan iste’molchilarning mahsulotni sotib olish yoki reklama beruvchi uchun foydali bo‘lgan boshqa biror-bir amalni bajarishi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotni hech qanday qiyinchilikka uchramay topib olishiga bog‘lik.
Bu bosqichning asosiy ko‘rsatkichlari:
Tashriflar chastotasi TCh:

bu erda; Ts - tashriflar soni; UFS - unikal foydalanuvchilar soni.
Ko‘rilgan sahifalar soni - Sks har bir foydalanuvchi tomonidan bir tashrif mobaynida ko‘rilgan sahifalar sonini ko‘rsatadi. Quyidagi formula asosida hisoblab topiladi

bu erda: Ss sahifalar soni; Ts – tashriflar soni.

To‘rtinchi bosqich bajarilgan amallar bo‘yicha samaradorlikni aniqlash. Veb-sahifa bilan tanishgandan so‘ng foydalanuvchida reklama beruvchi foydasiga biror-bir amal bajarish fikri paydo bo‘lishi mumkin. Bular:



    • biror-bir ma’lumotni aniqlashtirish uchun Internetdan so‘rov

    • jo‘natish;

    • veb-sahifada ro‘yhatdan o‘tish;

    • ovoz berishda ishtirok etish;

    • buyurtma berish va h.k.

Bu amallarni ro‘yxatga olish Internet muhitida dasturiy va texnik tomondan hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi. Bu bosqichdagi samaradorlik ko‘rsatkichlari quyidagilar:

    • amallar soni.

    • buyurtmalar soni.

    • xaridlar soni.

O‘rtacha xaridlar summasi Hsum

bu erda: Sh - sotuv xajmi; Hs -xaridlar soni.

Har bir mijoz o‘rtacha xaridining summasi MHsum:



bu erda: V - amalga oshirilgan buyurtmalar; Ms- mijozlar soni.


Takroriy amallar bo‘yicha samaradorlikni aniqlash. Internet foydalanuvchilari veb-sahifaga kayta tashrif buyurishlari, buyurtma va xaridlarni kayta amalga oshirishlari mumkin. Takroriy amallarni xisobga olish reklama kompaniyasi xakida umumiy xulosa chikarishga imkon yaratadi. Shu bilan birga takroriy amallar iste’molchilar birinchi xariddan mamnun ekanligini ko‘rsatadi.
Takroriy amallarning samaradorlik ko‘rsatkichlari oldingi bosqichlardagidek hisoblab boriladi. Bu ma’lumotlar keyingi reklama kompaniyasini o‘tkazish muddatini belgilashda muxim axamiyatga ega.
Avtomatik hisoblagichlar yoki Google Analytics kabi professional analitik dasturlar yordamida real vaqt uchun olingan kattaliklar yuqorida keltirilgan barcha ko‘rsatkichlar (dikkat e’tiborni tortish bosqichi ko‘rsatkichlaridan tashqari)ni xisoblash imkonini yaratadi. Bu o‘rinda qo‘shimcha dasturiy va texnikaviy vositalarga alohida harajatlar talab qilinmaydi.

15.2. Reklama tadbirlarining iqtisodiy samaradorligi


Reklama beruvchi reklama qilish samaradorligini hisobga olishni yo‘lga qo‘yishi to‘g‘riroq bo‘ladi. Bu reklamaning maqsadga muvofiqligi va uning alohida vositalari unumdorligi haqida axborot olishga, potensial xaridorlarga reklama optimal ta’siri shartlarini aniqlashga imkon beradi.


Reklama kampaniyasining, alohida reklama vositalarining samaradorligini ko‘pchilik holatlarda mutlaq aniq belgilab bo‘lmaydi. Biroq taxminiy hisob-kitoblar ham o‘zini oqlaydi.
Reklamaning iqtisodiy samaradorligi va alohida reklama vositalarining inson ongiga psixologik ta’siri samaradorligi (reklamaga e’tibor jalb qilish, xotirada saqlab qolish va h.k.) farqlanadi. Bunda psixologik ta’sir potensial iste’molchilarni xaridni amalga oshirishga olib keladigan hollarda unumli bo‘ladi. SHunday qilib, reklamaning iqtisodiy samaradorligi uning insonga psixologik ta’sir darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Reklamaning iqtisodiy samaradorligi ko‘pincha uning tovaraylanma rivojlanishiga ta’sirini o‘lchash yo‘li bilan aniqlanadi. reklama qanday samara berganini tovar sotuvining o‘sishi reklama ta’siri ostida darhol o‘sgan hollarda eng aniq belgilash mumkin. Bu yangi kundalik talab tovarlari reklama qilingan holatlarda ro‘y berishi ehtimoli eng yuqoridir.
SHu bilan bir paytda, uzoq muddat foydalaniladigan qimmatbaho tovarni xarid qilishdan oldin albatta o‘ylab ko‘rish shart. Bu holatda reklama samarasi birdaniga ko‘zga ko‘rinmasligi mumkin. Birinchi navbatda, xaridor tovar chiqarilgani haqida bilib oladi, so‘ngra u tovar sifati va xususiyatlari haqida batafsil axborot bilan qiziqadi. SHundan so‘ng u reklama qilinayotgan tovarni afzal ko‘rishi va uni xarid qilish istagi paydo bo‘lishi, oqibatda bu tovarni sotib olishi mumkin.
Reklama tovaraylanmaning o‘sishiga qanchalik ta’sir ko‘rsatganini aniqlash uchun tezkor va buxgalteriya ma’lumotlari tahlil qilinadi. Bunda shuni e’tiborga olish kerakki, reklamadan tashqari tovarni sotishga tovarning sifati va iste’mol xususiyatlari, narxi, tashqi ko‘rinishi, shuningdek, savdo korxonasi joylashgan joy, xaridorlarga xizmat ko‘rsatish madaniyati, xuddi shunga o‘xshash mahsulot yoki xizmatlar sotuvda borligi ham ta’sir ko‘rsatadi.
Reklama ta’siri ostida qo‘shimcha tovaraylanma quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:

bu erda Td – reklama ta’siri ostida qo‘shimcha tovaraylanma, rub.;
Ts – reklama davrigacha o‘rtacha kundalik tovaraylanma, rub.;
P – reklama davrida va reklamadan keyingi davrda o‘rtacha kundalik tovaraylanmaning o‘sishi, %;
D – reklama davrida va reklamadan keyingi davrda tovaraylanmani hisobga olish kunlari soni.
Reklamaning iqtisodiy samaradorligi haqida reklama vositasini qo‘llash yoki reklama kampaniyasi o‘tkazishda erishilgan iqtisodiy natija bo‘yicha mulohaza yuritish mumkin. Iqtisodiy natija reklama ta’siri ostida olingan qo‘shimcha tovaraylanmadan foyda va uning xarajatlari o‘rtasidagi nisbat bilan belgilanadi.
Iqtisodiy samarani hisob-kitob qilish uchun quyidagi formuladan foydalanish mumkin:

bu erda E – reklama qilishdan iqtisodiy samara, rub.;
Td – reklama ta’siri ostida qo‘shimcha tovaraylanma, rub.;
Nttovar uchun savdo ustamasi, sotuv narxi %ida;
Up – reklama xarajatlari, rub.;
Ud – tovaraylanma o‘sishi bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlar, rub.
Ushbu holatda biz reklama tadbiri o‘tkazishdan olingan samarani uni amalga oshirish xarajatlari bilan taqqoslaymiz. Bunday taqqoslash natijalari uch xil variantda bo‘lishi mumkin:
1. Reklama tadbiri samarasi uni o‘tkazish xarajatlariga teng.
2.Reklama tadbiri samarasi uni o‘tkazish xarajatlaridan katta (foydali).
3. Reklama tadbiri samarasi uni o‘tkazish xarajatlaridan kam.
Biroq olingan ma’lumotlar turli reklama tadbirlari o‘tkazish xarajatlari maqsad samaradorligini taqqoslash uchun hali etarli emas. Reklama xarajatlari samaradorligini uning rentabelligi aniqroq tavsiflaydi.
Reklama rentabelligi bu – olingan foydaning xarajatlarga nisbatidir. U quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:

bu erda R – tovarni reklama qilish rentabelligi, %;
P – tovarni reklama qilishdan olingan foyda, rub.;
U – ushbu tovarni reklama qilish xarajatlari, rub.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling