A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Download 0.81 Mb.
bet150/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Sr = (Dq + Us) ÷ 100- (Up + Uq)

bunda, Sr– reklamaning iqtisodiy samaradorligi, so‘m.; Dq– reklama tadbirlari o‘tkazilishi natijasida olingan qo‘shimcha daromad, so‘m.; Us – tovarga qo‘yilgan savdo ustamasi, %; Urreklama xarajatlari, so‘m.; Uq – qo‘shimcha daromad bilan bog‘liq bevosita xarajatlar.


Olingan samaradorlik ko‘rsatkichini tahlil qilish natijasida reklama tadbirlarining samaradorligi uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarga tenglashtiriladi. Agarda samara xarajatlarni qoplasa tadbirlar foydali, aksincha tadbirlar samarasiz xisoblanadi degan xulosaga kelishimiz mumkin.
Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, turistik reklama turmahsulot sotishni jadallashtirishi mumkin bo‘lgan yagona vosita emas, shuningdek sotishning jadallashuvi va foyda darajasining ortishida reklamaning hissasini ham alohida xisoblab chiqarish murakkab jarayon. SHu sababli reklama samaradorligi bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar nisbiy va mavhum tushunchalar xisoblanadi.
Internet reklamaning samaradorligini aniqlash uslubiyati. Hozirgi kunda ko‘pchilik Internet-reklama agentliklari tomonidan keng foydalanilayotgan va iqtisodiy adabiyotlaridan yaxshi ma’lum bo‘lgan AIDA modeli an’anaviy reklamaning iste’molchiga ta’sirini:

  • diqqat-e’tibor (attention);

  • qiziqish (interest);

  • istak (desire);

  • amal (action).

asosida aniqlaydi.
Bu modelga ko‘ra, reklama avval iste’molchining e’tiborini tortishi, keyin qiziqtirishi, unga egalik kilish istagini uyg‘otishi va sotib olishga undashi lozim. Reklamada bu to‘rt elementlarning barchasi mukammal holatda tayyorlangan bo‘lishi lozim, aks holda kutilgan natijaga erishib bo‘lmaydi. Bu modelning asosiy kamchiligi shundaki, Internet muhiti uchun xos bo‘lgan bir qator parametrlarni xisoblash va takroriy amallarning natijalarini aks ettirish imkonini bermaydi.
AIDA modelini Internet muhiti uchun moslashtirilib, reklamaning foydalanuvchilarga ko‘rsatadigan ta’siri va foydalanuvchilarning natijaviy amallarini xisobga olish asosida Internet-reklamaning iqtisodiy samaradorligini aniqlashning quyidagi usulini taklif qilish mumkin. Bu usul Internet-reklama jarayonini bir nechta bosqichlarga bo‘lib tahlil qilish imkonini yaratadi:

  1. Reklama namoyishi.

  2. Qiziqtirish.

  3. Veb-sahifaga tashrif.

  4. Amal (harakat).

  5. Takrorlanish.

Internet-reklamaning iqtisodiy samaradorligi har bir bosqich uchun alohida, ularning o‘zigagiga xos bo‘lgan samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida hisoblanadi.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling