A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Nazorat va muxokama uchun savollar


Download 0.81 Mb.
bet125/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Nazorat va muxokama uchun savollar

  1. Sanoat reklamasining asosiy maqsadi nimadan iborat?

  2. Sanoat korxonalarida yangi tovarlar reklamasi qanday tashkil etiladi?

  3. Tovarning odatiy umr kurish davri nechta bosqichdan iborat buladi?

  4. Sanoat korxonalari tomonidan savdoga yo‘naltirilgan reklama vositalariga nimalar kiradi?

  5. Sanoat brendlari qanday yaratiladi?

  6. Sanoat korxonasining nufuzi deganda nimani tushinasiz?

  7. Sanoat korxonasida reklama byudjeti qanday rejalash- tiriladi?

  8. Sanoat korxonasida reklama samaradorligi qanday aniqlanadi?

11- BOB. REKLAMA KAMPANIYASINI TASHKIL QILISH


11.1. Reklama kampaniyalari, ularning mohiyati va mazmuni

Korxonada marketing kommunikatsiyalarining eng muhim elementi sifatida reklama korxonaning tovari haqidagi axborotlarni potensial iste’molchilarga etkazuvchi aosiy vosita hisoblanadi. Korxonada reklama kompaniyasi quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:



  • reklama maqsadini aniqlash;

  • reklama murojati to‘g‘risida qaror qabul qilish;

  • reklamani joylashtirish vositalarini tanlash;

  • reklama byudjetini ishlab chiqish;

  • reklama faoliyati samaradorligini baholash.

Korxonalar tomonidan qabul qilingan umumiy marketing strategiyalari va uning kommunikatsion siyosati negizida reklama maqsadi aniqlanadi. Reklama maqsadini aniqlash ikki katta guruhdagi yo‘nalishda amalga oshiriladi:

  1. sotuv sohasidagi maqsad, bu sotuv hajmini oshirish yoki xizmatlarga talabni shakllantirish maqsadida amalga oshiriladi.

  2. Kommunikatsiya sohasidagi maqsad, aloqa g‘oyasini shakllantirish, potensial iste’molchilar bilan aloqalarni o‘rnatish yo‘llarini ishlab chiqish.

Reklama murojaati – aniq shakldagi (matnli, vizual, simvolik va b.q.) axborotlarni reklama adresatlariga yo‘naltirish tushuniladi. Reklama murojaati reklamaning asosiy elementi va reklama kompaniyasining asosiy quroli hisoblanib, reklama yo‘naltirilgan maqsadli auditoriya hamda reklama kommunikatsiyasining asosini tashkil etadi. Reklama murojaatini shakllantirish va reklama murojaati bo‘yicha qaror qabul qilish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

Reklama kompaniyasi – bu qo‘yilgan maqsadlarga erishishga yo‘naltrilgan maxsus reklama chora va tadbirlarning majmuidir. Reklama kompaniyasini o‘tkazish jarayonida reklamani rivojlantiruvchi turli hil vositalar ishlatiladi.
Reklama kompaniyasi maqsadlariga qo‘yiladigan talablar qo‘yidagilardan iborat:

  • maqsadlar aniq bo‘lishi kerak, ya’ni ular sifat va qiymat bo‘yicha aniqlangan bo‘lishi kerak;

  • maqsadlar real bo‘lishi kerak, ya’ni mavjud sharoit va vaziyatlarda ularga erishish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak;

  • maqsadlar elastik bo‘lishi kerak, ya’ni o‘zgrayotgan sharoit va vaziyatlarga qarab ular ham o‘zgarishi kerak;

  • maqsadlar boshqariladigan va tekshiriladigan bo‘lishi kerak, ya’ni ularga erishishni nazorat qilish imkoniyati bo‘lishi kerak;

  • maqsadlar ma’lum bo‘lishi kerak, ya’ni ularning ershilishiga ishtirok etayotgan xodimlar hamda hamkorlarga ma’lum bo‘lishi kerak;

  • maqsadlar tan olingan bo‘lishi kerak, ya’ni ko‘pchilik xodimlar tomonidan tan oingan bo‘lishi kerak;

  • maqsadlar qiziqtiruvchan bo‘lishi kerak, ya’ni ularga erishish rag‘batlantirish bilan boliq bo‘lishi kerak.

Reklama kompaniyasining maqsadlarining asosiy shakllar quyidagilar:

  • bozorni yangi turdagi xizmatlar yoki mehmonxonalar bilan xabardor qilish; siyosiy reklama kompaniyasida esa – yangi xodim va partiya haqida xabardor qilish;

  • mahsulot hamda xizmat imijini yaratish, jamiyat fikrini isloh qilish, iste’molchilar xavotirini bartaraf etish;

  • iste’molchilik sifatlarini tushuntirish;

  • narxlarning o‘zgarishi;

  • sotishning yangi usullari;

  • bozorda ishtirok etayotgan va iste’molchilarga ma’lum bo‘lgan xizmatlar yoki mehmonxona haqida eslatish;

  • mavjud bo‘lgan xizmatlar modifikatsiyasi haqida xabardor qilish.

Lekin reklama kompaniyasini o‘tkazish jarayonida ishlatiladigan turli hil reklama vositalarida iste’molchini o‘ziga jalb qiluvchi faol elementlar ham ishtirok etishi kerak.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling