A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Download 0.81 Mb.
bet118/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Mevalar vitrinasini sun’iy uzum boshi, olmalar, barglar va h.k.dan qilingan natyurmort bilan bezatish mumkin. Oshqovoq, tarvuz, qovunlar vitrina polida maxsus tagliklarsiz joylashtiriladi. Uzum, qizil qalampir, piyoz va sarimsoq bog‘lamlarini ilib qo‘yish mumkin. Nok, olma, uzum, o‘rik, shaftoli va olxo‘ridan ayniqsa chiroyli natyurmortlar hosil bo‘ladi. Natyurmortni tropik ekinlar: banan, apelsin, ananas, mango va boshqalardan ham yasash mumkin. Vitrina kompozitsiyasini konservalangan meva va sabzavotlar bankalari va shisha idishlari bilan ham to‘ldirish mumkin. Vitrinani bezatishda «ikebana»lardan foydalaniladi, faqat dekorativ kompozitsiyaga gullar o‘rniga meva va sabzavotlardan foydalaniladi. Uyg‘unlik va kontrast tamoyili bo‘yicha bir-biriga mos keladigan meva va sabzavotlardan yasalgan kichik va nafis natyurmortlar vitrinada boshqa tovarlar o‘rtasida joylashtiriladi. Meva va sabzavotlardan yasalgan «ikebana» katta mahorat, tovarning barcha nozik jihatlari va xarakterini bilishni talab qiladi.
Bayramona tematik vitrinalarni bezatish. Reklama mazmuniga ega bo‘lgan vitrinalar bilan bir qatorda bayramlar va tantanali sanalar arafasida do‘konning bitta yoki bir nechta vitrinasini kirib kelayotgan bayramga moslash qabul qilingan. Bayramona tematik vitrinalar odatiy reklama vitrinalaridan sezilarli farq qiladi. Bayramona vitrina umumiy shahar bayram ansamblida uzviy bir bo‘g‘ini hisoblanadi. U xaridorni tabriklaydi, qutlaydi va unga bezor qilmaydigan darajada ushbu tantanaga mos keladigan tovarni sovg‘a va suvenir sifatida xarid qilishni taklif etadi.
Tematik vitrinalarning o‘zini oddiy bayramlar va siyosiy, diniy bayramlarga ajratish mumkin. Birinchi qatorga Yangi yil va 8 mart bayramlarini nishonlashga bag‘ishlangan vitrinalar mansub bo‘lsa, keyingilarga 9 may, Konstitutsiya kuni, Mustaqillik kuni, uchinchi turdagilarga esa – Hayit bayrami, Rojdestvo kunlariga bag‘ishlangan vitrinalar to‘g‘ri keladi. Bunday vitrinalarni bezatish usullari bir-biridan farq qiladi. YAngi yil va rojdestvo vitrinalari, umumshahar bayramona bezatishning bir qismi bo‘lishidan tashqari, yangi yil archa o‘yinchoqlari hamda sovg‘a va suvenir xarakterdagi tovarlar uchun amaliy natija beradigan reklama shakli ham hisoblanadi. Shu sababli ular o‘zining mazmunga boyligi va boy ranglar majmui bilan ajralib turadi. Yangi yil vitrinasining markaziy dekorativ elementi bo‘lib uning atrofida xilma-xil yangi yil bezaklari: tabrik matnlari, kirib kelayotgan yil raqamlari, qor parchalari, yulduzchalar, o‘yinchoqlar, Qorbobo, Qorqiz, turli hayvonlar va h.k. joylashtirilgan bezatilgan archa xizmat qiladi. Vitrina shu do‘kon savdo qiladigan eng yaxshi tovar namunalari bilan to‘ldiriladi. Tovarlarni joylashtirish usullari xuddi oddiy reklama vitrinasidagi kabi, faqat bu erda eng yuqori bayramona ruh samarasiga erishish uchun bezatishdagi kichik «ayyorliklar»dan foydalanish maqsadga muvofiq. Yangi yil vitrinasi, qoidaga ko‘ra, tovarlar ustida yotgan «qor»ga boy bo‘ladi. Bunday «qor»ni tayyorlash juda oson: oq penoplast bo‘lagi oddiy oshxona qirg‘ichidan o‘tkaziladi va sepib qo‘yiladi. Agar «qor» bilan vertikal yuzalarni qoplash kerak bo‘lsa, ularga oldin elim suriladi va shundan keyin «qor» sepiladi. Bezatish uchun qalin materialga o‘raladigan va bolg‘a bilan maydalanadigan shisha bezaklar keng foydalaniladi, maydalangan shisha parchalari yuzasiga elim surtilgan dekorativ elementlar ustidan sepiladi. Yangi yil vitrinalari kechki payt odatda yashirin yorug‘lik manbalari bilan yoritiladi. 8 mart bayramiga bag‘ishlangan vitrinalar butun kompozitsiyaning bahoriy motivlari va tovarlar tanlovi bilan ajralib turadi. Bunday vitrinalarda markaziy dekorativ element bo‘lib odatda «8 mart» so‘zlari bitilgan, dekorativ gullar – mimoza, marvaridgul, lola va h.k. bilan bezatilgan, ma’lum bir uslub berib ishlangan matn xizmat qiladi. Matn odatda odamlarning g‘ashiga tegmagan holda, yumshoqqina qilib kirib kelayotgan bayram haqida eslatadi, ayollar uchun yoqimli sovg‘a, syurpriz bo‘lishi mumkin bo‘lgan tovarlarni taklif qiladi. Bunday vitrinada ko‘o‘ovar qo‘yilmaydi, qoidaga ko‘ra, eng yaxshi tovar namunalari namoyish etiladi. Ularni joylashtirish usullari oddiy vitrinadagi kabi, faqat tovarni bayramona ruhda bezagan holda (rangli lenta va gullar bilan) namoyish etish tavsiya qilinadi.Siyosiy ahamiyatga molik bayramona vitrinalar shunisi bilan ajralib turadiki, ularda qoidaga ko‘ra tovarlar qo‘yilmaydi. Bunday vitrinalarda bayramona, tantanali kayfiyat baxsh etadigan Davlat bayrog‘i ranglari etakchilik qiladi. Kompozitsion markaz dekorativ element – ushbu bayramga mos keladigan foto, blikfang, matn va boshqa atributlar hisoblanadi. Bunday kompozitsiyalarni gullar bilan to‘ldirish o‘rinli bo‘ladi.



Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling