Psixologiya” fakulteti, Ijtimoiy va iqtisodiy fanlar kafedrasi


Download 173.76 Kb.
bet1/3
Sana15.07.2023
Hajmi173.76 Kb.
#1660480
  1   2   3
Bog'liq
Asadov Nurislom ITT


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA`LIM
FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON
MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI

Psixologiya” fakulteti,
Ijtimoiy va iqtisodiy fanlar kafedrasi
431-22 guruh talabasining
Iqtisodiy Ta`limotlar tarixi fanidan
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Fransiyaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari.

Topshirdi: Asadov Nurislom
Qabul qildi: Nizametdinov.A.
Fransiyaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari.

Reja:
1. Fransiyada feodalizm sarqitlari.


2. Buyuk Fransuz inqilobi.
3. Napoleonning iqtisodiy siyosati.
4. Xulosa.
5. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.


1.Fransiyada feodalizm sarqitlari.
XVIII asrning o'rtalariga qadar Fransiya Yevropada yetakchilik qilishga intildi. Bunga uning Angliya oldida bir muncha ustunlikka ega ekanligi imkon berdi. Fransiya aholisi Angliyanikidan ikki barobar ko'p edi. Fransiya hududi ham kattaroq edi. Fransuz sanoati va savdosi (ayniqsa, tashqi savdo) samarali rivojlandi. Yengil sanoat - ipakchilik, junga ishlov berish, to'qimachilik, qog'oz, shisha va farfor, sovungarlik, ko'nchilik (teriga ishlov berish) yuqori natjalarga erishdi. Butun dunyoda fransuz manufakturalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan kiyim-kechak va matolari, bezaklar va parfyumeriya, mebel va farforlar keng miqyosda tanildi. Manufakturalar asosan markazlashtirilgan va uncha katta bo'lmasdan, 10-50 ishchidan iborat bo'lgan.
XVIII asrning ikkinchi yarmida Fransiya taraqqiyotda orqada qola boshladi. Buning asosiy sababi feodalizm sarqitlarining og'ir yuki va mavjud hukumatning konservativ siyosatidir. Feodal tartiblar manufakturalar va savdoni rivojlanishiga to'siqlik qildi. Sanoatda o'rta asr sexlari katta ulushga ega edi. Non sotish va olib chiqib ketish ta'qiqlangan edi. Alohida monopol imtiyozlar ba'zi provinsiyalar, savdo kompaniyalari va manufakturalarga tegishli edi.
Savdoni rivojlanishiga ichki bojxonalar va o'lchov va me'yorlarning yagona tizimi mavjud emasligi to'siqlik qilar edi. Bu cheklovlar sexlarni rivojlanishiga to'siqlik qildi, ishlab chiqarishni inqiroziga va ichki bozorni torayib borishiga olib keldi.
Fransiya iqtisodiyotining asosiy tarmog'i hisoblangan agrar sektorda asosiy ziddiyatlar shakllandi. Ekin maydonlari, o'rmonlar va yaylovlarning katta qismiga egalik qilgan dvoryanlik va cherkov mamlakatda o'z imtiyozi va hukmroligiga ega edilar.
Mamlakatda merkantelizm siyosati quyi qatlam(dehqonlar)ni soliq yordamida talash amalga oshirilgan edi. Aholining aynan shu qatlami o'z daromadlarining 2/3 qismini g'aznaga to'lashlari kerak edi. XVIII asrning 80-yillarida soliq tushumlarining yarmidan ortig'i aksizlarga to'g'ri kelar edi.
Fransiyada aholining asosiy qismini dehqonlar tashkil etardi (26 mln.kishidan 22 mln kishi-dehqonlar). Bu qatlam obrok to'lar edi- pullik (senz) va natural (shampar) non bilan, uning hajmi bug'doy hosilining 20-26 %ni tashkil etardi. Yana boshqa soliq turlari ham amal qilar edi - jon boshiga, gabel (tuz solig'i) va cherkov ushri Juda ko'p to'lov va yig'imlar mavjud edi: parom va ko'prik yig'imi, tutun yig'imi va baliq tutish huquqini beruvchi to'lov va boshqalar. Huquqbuzarliklar uchun katta jarimalar solinar edi. Yer egalari hosilsizlikdan katta jabr ko'rar edilar. XVIII asrda ular o'ttizdan ortiq edi. Dehqonlarning shaxsiy qaramligi ularni yer egalari xo'jaligida yiliga 5-15 kun mehnat qilishga majbur qilar edi.
XVIII asrning 70-yillari, o'rtalariga kelib fransuz moliyasining nazoratchisi A.Tyurgo islohotlari natijasida non savdosidagi cheklovlar bekor qilindi, shaharga olib kirilayotgan oziq-ovqat mahsulotlaridan olinadigan bojlar kamaytirildi. Dehqonlarning davlatga bo'lgan majburiyatlari bekor qilindi. Savdo-sanoat faoliyatining deyarli barcha turlari barcha cheklovlardan ozod qilindi.
Ammo iqtisodiyotdagi qiyinchiliklar chuqurlashib bordi. Hosilsizlik, savdo-sanoat inqirozlari, davlat bankrotligi va hukumatning mamlakat xo'jalik faoliyatini yo'lga qo'ya olmasligi - bularning barchasi feodal tizimning tanazzuli chuqurligini va keskin yechim- larga kelish zaruratini keltirib chiqardi.

2.Buyuk Fransuz inqilobi.


Barcha boshqa burjua inqiloblari kabi ijtimoiy-iqtisodiy ziddiyatlarni keskinlashuvi natijasida kelib chiqqan Buyuk fransuz burjua inqilobi (1789-1794) butun Yevropa feodolizmiga tahdid soldi.
1789-yilning 14-iyulida Bastiliyani qo'lga olinishi keyinchalik burjua inqilobiga aylanib ketdi. Avvalombor, birinchi bosqichda konstitutsion-monarxiya hokimiyati saqlanib qoldi va bir necha muhim o`zgarishlar amalga oshirildi.
Dehqonlar harakati ta'sis kengashini 1789 yil avgustida "Feodal tuzumni to'liq yo'q qilinishi to'g'risida"gi deklaratsiyani qabul qilishga undadi. Lekin agrar qonunchilikni ishlab chiqishda dvoryanlarning faqatgina ba'zi huquqlarini cheklashga e'tibor qaratildi. Ular jumlasiga - sen'orlar sudini bekor qilish, dvoryanlarni cheksiz ov qilish huquini bekor qilinishi va boshqalar. Dehqonlar qaramligini boshqa jihatlari saqlanib qolgan bo'lib, ularni sotib olish kerak edi, uning narxi esa yigirma yillik renta hajmiga teng edi.
Shu davrning o'zida cherkov mulkini sekulyarizatsiya qilish jarayoni amalga oshirildi. Dvoryanlar va ruxoniylarga beriladigan soliq imtiyozlari bekor qilindi. Barcha fuqarolarga har qanday lavozimni egallash huquqi kafolatlandi.
Bir necha burjua islohotlari sanoat va savdoga keng tarqaldi. 1791 yil fevralida Ta'sis kengashi sanoat ishlab chiqarishini qat'iy reglamentga solishni bekor qildi. Sexlar tizimi qisqartirildi. Savdo erkinligi joriy etildi. Barcha imtiyozlar va monopoliyalar, ichki boj-xonalar, non sotishga ta'qiqlar bekor qilindi. 1791-yil martda joriy etilgan yangi bojxona boji proteksionistik xarakterga ega edi.
Ammo mehnatkashlar holati kam o'zgardi. Ish haqining kamayishi, narxlarning jadal o'sishi va chayqovchilik xalqda norozilikni kuchaytirdi. Ta'sis kengashi, xalqni inqilobiy chiqishlaridan cho'chigan holda, 1791-yil yozida Le Shapele qonunini qabul qildi (ushbu qonunda ishchilar birlashmasi va ish tashlashlari taqiqlanib ularga nisbatan pul jarimalari va qamoqxona muddatlari belgilandi).
Keyinchalik ishsizlar uchun ochilgan "hayriya ustaxonalari yopildi. Shu bilan birga hukumat tepasidagi yirik burjuaziya soliqqa tortishning yagona tizimini joriy etishda yuqoriroq soliqlarni mayda sanoatchilar zimmasiga yuklashdi. Agrar masala oxirigacha hal etilmagan edi. Feodalizm sarqitlari oxirigacha bartaraf etilmagan edi.

1972-yil avgustida xalq qo'zg'aloni natijasida monarxiya tuzumi ag'darildi. Hukumat tepasiga jirondistlar - respublikachi burjuaziya vakillar keldi. Bir yildan kam bo'lgan davr ichida oziq- ovqatga maksimum narx belgilandi. Emigrantlarning konfiskatsiya qilingan yerlarini mayda uchastkalar qilib sotish yoki ularni yillik renta evaziga muddatsiz egalik qilishga berish to'g'risida Qonun qabul qilindi. Sobiq feodal huquqlari bilan bog'liq barcha tergov ishlari bekor qilindi.


Agrar va boshqa muammolarni keskin hal etilishi inqilobning uchinchi bosqichi to'g'ri keldi. Parij qo'zg'oloni natijasida yakobinlar - inqilobiy demokratlar diktaturasi o'rnatildi. Hukumat tepasiga quyidagi siyosatchilar kelishidi - M. Robesper, L.Sen-Jyust J.P.Marat, J.J.Danton va boshqalar.Yakobinchilar diktaturasining qat'iyatligi ichki va tashqi dushmanlarga zarba berib, feodal tuzumni butunlay tugatdi.
Xususan, 1793-yil iyunida Konvent dekreti bilan emigrantlarning konfiskatsiya qilingan yerlarini imtiyozli sotish tartibi belgilandi. Kam ta'minlangan dehqonlar kichik yer maydonlarini sotib olishda boshlang'ich yerning 5% summasini kiritish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Qolgan summani to'lash uchun 10 yil muddat berilar edi. Dehqonlarning yerlari ularning xususiy mulkiga aylandi.
Oziq-ovqat muammosini hal etish maqsadida "tovarlarni chayqov maqsadida sotib olish jinoyat deb hisoblana boshlandi. Har bir rayonda oziq-ovqat omborlari tashkil etildi. Non zaxiralarini ro'yxatdan o'tkazish bilan maxsus komissarlar shug'ullanar edilar.Yer egasi va uning oilasining ehtiyojidan ortiq bo'lgan bug'doy konfiskatsiya qilinar edi. 1793 yilning kuzidan boshlab birinchi zaruratdagi mahsulotlardan (kiyim-kechak, yoqilg'i va boshqalar) tashqari, xom ashyo, temir, cho'yanga ham qat'iy cheklangan narxlar belgilandi.
Yakobinchilar o'zlarining qat'iy va ziddiyatli siyosatlari natijasida xalqni qo'llab-quvvatlashidan mahrum boʻldilar. Bu holatdan yirik burjuaziya foydalanishga harakat qildi. 1 mlrd livr hajmda majburiy qarz olingandan so'ng mamlakatning iqtisodiy holatini yomonlashtirdi. Daromadi 9 ming livrdan oshgan boylarning zeb- ziynat va mulk soliqlari deyarli konfiskatsiyaga tenglashdi. Ushbu soliqlar joylarda qat'iylik bilan undirilardi. Aholining kambag'al qismi uchun hayriya kassalari tuzildi.
1794-yilning 27 iyulida yirik moliyaviy burjuaziya, sanoat tadbirkorlari, savdogarlar manfaatlarini yoqlab chiqqan aksilinqilob yakobinchilar diktaturasini ag'darib hukumat tepasiga general Napoleon Bonapartni kelishiga sababchi bo'ldi.



Download 173.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling