Psixologiya” fakulteti, Ijtimoiy va iqtisodiy fanlar kafedrasi


Napoleonning iqtisodiy siyosati


Download 173.76 Kb.
bet2/3
Sana15.07.2023
Hajmi173.76 Kb.
#1660480
1   2   3
Bog'liq
Asadov Nurislom ITT

3. Napoleonning iqtisodiy siyosati.
Fransiyada XVIII asr oxiridagi inqilob mag'lubiyatga uchragandan so'ng 1799 yil 9-10 noyabrda davlat to'ntarishini amalga oshirib hukumatga general Napoleon Bonapart keldi. U yirik burjuaziyani holatini mustahkamladi va 1804 yilda o'zini imperator deb e'lon qildi.

Napoleon davrida
-xususiy mulk muqaddas deb e'lon qildindi;
-sanoat rivojlandi;
-1800 yilda uning qo'llab-quvvatlashi natijasida Fransuz banki tashkil etildi;
-ushbu bank 30 millionli kapitalga ega bo'lib burjuaziyaning bosh moliyaviy asosiga aylandi. U poytaxt va boshqa hududlarda boshqa banklarni tashkil etishga asos soldi;
-Napoleon tomonidan bosib olingan yerlarda hamda Yevropaga fransuz eksportini kengayib borishi evaziga katta mablag'lar oqib kela boshladi;
-Napoleonning mamlakatlarni bosib olish siyosati harbiy sohaga xarajatlarni keskin ravishda oshishiga olib keldi.
Sanoat to'ntarilishi. Fransiyada sanoat to'ntarilishi Angliyadan kechroq amalga oshdi. U past sur'atlar bilan amalga oshdi. Buni mamlakatning tarixiy rivojlanish xususiyatlari, mayda hunarmandchilikning ustuvorlikka egaligi, proletarlashtirish jarayonining sustligi, sanoat kapitalini emas bank-savdo kapitalini rivojlanganligi taqazo qilar edi.
Shunday bo'lsa ham:
manufaktura va fabrikalarni rivojlantirishga sharoit vujudga keldi:
-sex tizimi yo'q qilindi;
-fabrika sanoati uchun muhim hisoblangan ish kuchi bozori tashkil topdi;
-Fransiyada sanoat inqilobi XIX asrning birinchi yarmida yuz berdi;
-tekstil sanoati, ayniqsa paxtani qayta ishlash sanoatida kata ahamiyatga ega ixtirolar qilindi;
-metallurgiyani sust rivojlanishiga xom ashyo (temir rudasi va ko'mir)ni yetishmasligi sababchi edi.
XIX asrning 50-70-yy.da paxta iste'moli 2 barobar oshdi. Lion shoyi ishlab chiqarishning yirik markaziga aylandi. Lionda 2 mln. kg. ipak-xom ashyosi qayta ishlanardi va mamlakatda ishlab chiqariladigan shoyi matosining 2/3 qismi ishlab chiqilardi.
Sanoat inqilobi XIX asrning 60-yillarda yakunlandi. Sanoat mahsulotining umumiy hajmi 6 marotaba o'sdi.Fransiya sanoat ishlab chiqarishi va umumiy iqtisodiy salohiyat bo'yicha jahonda ikkinchi o'rinni egalladi.

Download 173.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling