Psixologiya” fakulteti, Ijtimoiy va iqtisodiy fanlar kafedrasi


Download 173.76 Kb.
bet3/3
Sana15.07.2023
Hajmi173.76 Kb.
#1660480
1   2   3
Bog'liq
Asadov Nurislom ITT

Qishloq xo jaligi. O'sha davrda Fransiya baribir agrar mam- lakat edi. Mamlakatning 8.7 mlrd.fr.li milliy daromadidan 5 mlrd.fr. agrar sektorga to'g'ri kelardi.
-qishloq xo'jaligida 40% aholi band edi, aholining 56% qishloq joylarida yashar edi;
-feodal-qaram dehqonlar erkin yer egalariga aylandi. Qish- loq xo'jaligi ishlab chiqarishi o'sdi. Ekin maydonlari kengaydi.Yirik qoramolning boshi 1.5 barobar ko'paydi.
-yirik yer egalari va dehqonlarning boy qatlamlarining holatlari yaxshilanib bordi.
-bug'doy, qandlavlagi, ipak qurti, uzum yetishtirish o'sdi.
-chorvachilik qishloq xo'jaligini yetakchi sohasiga aylandi.
Savdo va moliya. XIX asr o'rtalariga kelib Fransiyada savdo-moliya sohasida muhim voqealar sodir bo'ldi.
-bojxona siyosatidagi o'zgarishlar - ingliz uskunalari, metall va ko'miriga bojlar bekor qilindi.
-kapital ishlab chiqarish sohasidan kredit sohasiga oqib o'tdi.
-natijada ommaviy ravishda banklar tashkil bo'ldi: yer banki, savdo va sanoat banklari.
Kreditlashda yangi hodisa bo'lib "Kredi mobnle" bankini tuzilishini aytish mumkin. U XIX asrning 50-yillarida tashkil topib, o'z kapitalini mamlakatni iqtisodiy taraqqiyotiga, ta'sischilik faoliyatiga, aksioner jamiyatlarni shakllantirishga sarflar edi.
XIX asrning 60-yillar boshida yirik "Lion krediti" va "Bosh jamiyat banklari tashkil topdi.
Parij Kommunasi. XIX asrning 2-yarmida franko-pruss urushida (1870-1871 yillar) Fransiya boshiga og'ir kulfatlar tushdi. Nemis qo'shinlari fransuz armiyasini mag'lubiyatga uchratib Parijni bosib oldi. Yo'l-yo'lakay aholi, manufakturalar talon-taroj qilindi.
Fransuz burjuaziyasining sotqinlik siyosati va nemis bosqinchilarining vaxshiy xatti-harakatlaridan ta'sirlangan parij proletariati 1871-yil 18-martda qo'zg'olon uyushtirdi.
Keyinchalik qo'zg'olonga hunarmandlar, mayda burjuaziya va xizmatchilar ham qo'shilishdi. A.Ter hukumati Parijdan Versalga qochib ketdi. 26 martda Parij shahri kengashiga saylov o`tkazildi. Parij Kommunasi e'lon qilindi.
Bu proletar inqilobning va proletar diktaturasini o'rnatishning birinchi urinishi edi. Asosiy maqsad qilib burjuaziya sinfining hukmronligini yo'q qilish va nemis bosqinchilaridan ozod bo'lish edi. Kommuna 72 kun umr ko'rgan bo'lsa ham u o'z izini tarixda qoldirdi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:



  1. Iqtisodiy ta'limotlar tarixi. Ma'ruzalar matni. Prof. S.S.G’ulomov tahriri ostida. Toshkent, 1992.

  2. Islomov A., Egamov E. T. Iqtisodiy ta'limotlar tarixi. TMI,2001.

  3. . Iqtisodiyot universiteti olimlari.T., Sharq, 2001.

  4. Yo`ldoshev Q. va Muftaydinov q. Iqtisodiy ta'limotlar tarixidan

(Sharq iqtisodiy tafakkuri misolida). T., 2000.

  1. https://uz.wikipedia.org/wiki

  2. https://cyberleninka.ru

Download 173.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling