A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Vitrinada oziq-ovqat tovarlarini namoyish etish


Download 0.81 Mb.
bet115/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Vitrinada oziq-ovqat tovarlarini namoyish etish. Oziq-ovqat tovarlarini reklama qilish nooziq-ovqat tovarlari bilan taqqoslaganda namoyish etish uchun chegaralangan imkoniyatlarga ega. ularni namoyish etish uchun vitrinalar mos keluvchi tarzda jihozlangan, sovutish uskunalariga ega bo‘lishi kerak, chunki aksariyat hollarda oziq-ovqat mahsulotlari tez buziladigan bo‘ladi. Bu ayniqsa, kolbasa, pishloq, baliq va go‘sht mahsulotlariga taalluqli. Maxsus sovutish uskunalariga ega bo‘lmagan vitrinalarda uzoq muddat saqlanishi mo‘ljallangan tovarlar – aroq-vino mahsulotlari, konservalar, boqqollik mollarini joylashtirish mumkin.
Zamonaviy do‘konlarda vitrinalar odatda ochiq, ya’ni orqa devoriga ega bo‘lmaydi, bu esa ularni bezatishda dekoratoring vazifasini qiyinlashtiradi. Namoyish etilayotgan tovar vitrinada ishonchli mahkamlangan bo‘lishi kerak. Biroq, har bir tovarni ham mahkamlab bo‘lmasligi sababli dekoratorlar bilvosita moslamalarga murojaat qilib, ham fon, ham dekor bo‘lib xizmat qiladigan maxsus tagliklar yasaydilar. Oziq-ovqat tovarlari vitrinalari sotuvda bo‘lgan mahsulotlarni ko‘rsatishi, ularning sifatini ochib berishi, e’tiborni yangi oziq-ovqat mahsulotlariga qaratishi, ularni iste’mol qilish xususiyatlarini tushuntirib berishi lozim. Oziq-ovqat mahsulotlari reklamasi ishtaha uyotishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Mahsulotlarning xaridorlari ular haqida xayoliga ham keltirmagan xususiyatlarni, shuningdek, ulardan qanday taomlar tayyorlash mumkinligini ta’kidlash lozim. Oziq-ovqat tovarlarini namoyish etish uchun ko‘plab maxsus tagliklar mavjud, bu bir tomondan, ularni joylashtirish bo‘yicha ishlarni engillashtiradi, biroq boshqa tomondan, vitrinalarni o‘ziga xos xususiyatlardan mahrum qiladi, ya’ni ularni standartlashtiradi.
Vitrinada muvaffaqiyatli tagliklar yordamida nosimmetrik tarzda joylashtirilgan gastronomiya mahsulotlaridan jalb etuvchan kompozitsiya yaratish mumkin. Aniqlik, shuningdek, mahsulotlar to‘plamining yaxshi o‘ylab chiqilganligi tovarlar mo‘l ko‘lligi taassurotini uyg‘otadi. Lekin, shu bilan birga, vitrinani ortiqcha oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘dirib yubormaslik kerak, chunki bu tartibsizlik va chalkash-chulkashlik taassurotini uyg‘otadi. Shu sababli oziq-ovqat mahsulotlari vitrinasini bezatishda xaridor vitrina bo‘ylab oddiy tomosha qilib yurmasdan unga kerakli bo‘lgan tovarga e’tibor qaratishi uchun dekoratordan topqirlik, ixtirochilik talab qilinadi. Bu ko‘p jihatdan original dekor hisobiga erishiladi. Biroq bunda ham tovalarni joylashtirish katta ahamiyatga ega. Vitrinada tovar bilan ishlashda tovarlar qo‘shniligi qoidalari, tovarlarning birga bo‘la olishini doimo yodda tutish. Masalan, vino va makaronni yonma-yon qo‘yib bo‘lmaydi. Amaliyotning ko‘rsatishicha, statik (harakatsiz) vitrina tezda jonga tegadi, o‘zining reklama ahamiyatini yo‘qotadi. SHu sababli oziq-ovqat mahsulotlari vitrinasi kompozitsiyasiga «harakat» elementlarini kiritish tavsiya etiladi (bu maqsadda tovar turli balandlikda va turli yuzalarda ko‘rsatiladi). Bundan tashqari, turli dinamik moslamalar – tovarlar qo‘yilgan aylanadigan tagliklardan foydalaniladi.
Standart tagliklardan tashqari, dekorator qo‘l ostidagi materilallar va tovarning o‘zidan qiziqarli kompozitsiyalar yarata olishi lozim. Choy va qahva kabi ko‘plab «mayda» o‘rovli oziq-ovqat tovarlarini joylashtirish usullari shundan iboratki, ular odatda turli piramida va uychalar shaklida guruhlanadi. Biroq, bu ko‘p miqdorda tovar talab qiladi va buning ustiga, vitrinalarda shunchalik ko‘p kuzatiladiki, biron kishining e’tiborini to‘xtatib qolishi amrimahol. SHu bilan bir paytda xuddi o‘sha choy va qahva qutilaridan ma’lum bir assotsiaiyalar uyg‘otadigan va ko‘p miqdorda tovar talab qilmaydigan qiziqarli kompozitsiya yaratish mumkin. Masalan, 1,5-2 m uzunlikdagi bir nechta reyka olinib, har biriga to‘g‘nag‘ich bilan choy va qahva qutilari mahkamlanadi, shu tariqa barglari mos keluvchi materialdan qilingan palma daraxtining tanasi olinadi va reykalar uchiga mahkamlanadi. Ikki-uchta shunday guruh qiziqarli kompozitsiya hosil qiladi. Vitrina polida choy qutilari va qahva bankalaridan guruhlar joylashtirish mumkin. SHuningdek, qutilarni dasturxon yoki salfetkalarni ifodalaydigan planshetlarda joylashtirish va belgilangan ritmda vertikal ravishda ilib qo‘yish mumkin. qahva va choy yonida qand, quyultirilgan sut, kakao va h.k. joylashtirish ham o‘rinli bo‘ladi.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling