A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Marketing tizimining samaradorligi


Download 0.81 Mb.
bet161/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Marketing tizimining samaradorligi - 1) marketing tizimining marketing xarajatlari belgilab qo‘yilgan holda tovar va xizmatlarga talabni takror ishlab chiqarishni tuxtovsiz shakllantirish jarayonini ta’minlash qobiliyati ko‘rsatkichi; 2) marketing tizimi faoliyatining sifat ko‘rsatkichi; 3) marketing tizimi sub’ektlarining resurslar ayirboshlash jarayonida o‘zaro aloqalari natijaviyligining kompleks ko‘rsatkichi.
Marketing faoliyati - 1) tadbirkorlik sohasida bajariladigan ishlar va vazifalar turi; 2) talabni shakllantirish va takror ishlab chiqarish, firmaning foyda olishini ta’minlash maqsadida amalga oshiriluvchi marketing funksiyalari (marketing tadqiqotlari, savdo, narxning xosil bo‘lishi, tovarni etkazib berish, marketing razvedkasi, bengmarketing va h.k.) bilan bog‘liq faoliyat; 3) bozor iqtisodiyotida takror ishlab chiqarish zanjirining barcha bo‘g‘inlarida marketing vositalari va falsafasini qo‘llash jarayonini qamrab oluvchi hamda tovar yoki xizmat talabni qondirish va foyda keltirish uchun nimani, qaerda, qancha va qanday qilib ishlab chiqarish lozim degan savollarga javob berishga imkon beruvchi har kandan faoliyat.
Marketing faoliyatining iqtisodiy samaradorligi - 1) marketing faoliyatining oraliq va yakuniy maqsadlarini amalga oshirishga javob beruvchi nisbatan ko‘p turli (marketing jarayonining barcha bosqichlari bo‘yicha) natija; 2) marketing faoliyatini amalga oshirish samarasining (natijasi) bu jarayonda sarflanuvchi barcha xarajatlarga nisbati; 3) marketing faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar qaytimi, natural yoki qiymat (narx) shaklida aks ettirilgan natija va samaraning marketing faoliyatini tashkil tadbiq amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan barcha (moddiy-texnik mehnat va hokazo) resurslarga nisbati yordamida baholanadi.
Marketing xarajatlari - tovar va xizmatlarni shakllantirish va takror ishlab chiqarish bo‘yicha marketing chora-tadbirlari va marketing faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan sarf va chiqimlar yig‘indisi. Marketing xarajatlarining asosiy tarkibiy qismlari: boshqaruv xarajatlari, marketing bo‘limi xodimlari maoshi, amortizatsion ajratmalar, marketing bo‘limining normal faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lgan material va resurslar, tovar siyosati, narx siyosati, kommunikativ siyosat, savdo va distributiv siyosat uchun sarflanuvchi xarajatlar.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling