A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Multimedia-texnologiyalar


Download 0.81 Mb.
bet163/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Multimedia-texnologiyalar - 1) reklama faoliyatini rejalashtirish, tashkil tadbiq boshqarish jarayonida foydalaniluvchi zamonaviy audio-, tele-, vizual va virtual kommunikatsiya vositalari majmui; 2) marketingni boshqarish tizimini tashkil etish tizimiga kiritiluvchi tovar va xizmatlarni harakatlantirish usul va vositalari.
Narx - 1) qiymatning pul ko‘rinishida aks ettirilishi, iste’molchilar tovarga ega bo‘lish uchun to‘lashlari lozim bo‘lgan pul miqdori. Firma belgilagan narx qabul qilinuvchi taklifning qiymatiga mos kelishi lozim; 2) marketing-majmuasi, marketing-miksning samarali vositasi.
Narx xosil bo‘lishi usullari - mahsulot va xizmatlar narxini shakllantirishda qo‘llanuvchi usullar. Xarajatlarga asoslangan, xaridorlar liniyasiga asoslangan va raqobatchilar narxiga asoslangan turlari mavjud.
Narx siyosati - narxni va narx xosil bo‘lishini boshqarish tadbir va strategiyalari, tovar yoki xizmatlarga ishlab chiqarish xarajatlari va bozor kon’yunkturasiga mos keluvchi, xaridorni qondiruvchi va rejalashtirilgan foydani keltiruvchi narx belgilash san’ati.
Urov (upakovka) - 1) tovar solinuvchi, joylashtiriluvchi idish, material. Tovar ishlab chiqarilgandan so‘ng uning xususiyatlarini saqlash hamda yukni tashishda qulaylik yaratish uchun mo‘ljallanadi; 2) muhim reklama manbai.
Press-reliz - gazeta va jurnallar, tele va radio redaksiyalari ularni qiziqtirayotgan ma’lumotlarni olishi mumkin bo‘lgan byullenten, pablik rileyshnz vositasi.
Prognozlash (bashorat qilish) usuli - o‘rganilayotgan ob’ektning utmishdagi va hozirgi ma’lumotlarini tahlil qilishga asoslangan ilmiy asoslangan oldindan ko‘ra bilish. Turli xil tarkibiy qismlarni prognozlashga asoslangan qisqa muddatli (1,5) yilgacha, O‘rta muddatli (5 yil) va uzoq muddatli (10-15 yil) prognozlar mavjud. Taqdim etish shakliga ko‘ra, miqdoriy va sifat prognozlariga, tadqiqot ob’ektlarini qamrab olish bo‘yicha umumiy va qisman prognozlashga taqsimlanadi.
Reklama piramidasi - asosiy iste’molchilar doiralarining birikuvi, ularning reklama qilinayotgan tovarni xarid qilishga tayyorligi. Usib borish tartibiga ko‘ra quyidagi bosqichlarga taqsimlanadi: bexabarlik, xabardor bo‘lish, moyillik, afzal qurish, xarid qilish, qayta xarid qilish.
Raqobat - 1) alohida shaxslar O‘rtasida har biri o‘zi uchun shaxsan erishini maqsad qilgan bitta yo‘nalishdagi, xususan tadbirkorlar O‘rtasida kattaroq foyda olish, savdo bozori, xomashyo manbalari uchun ko‘rash; 2) moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish, sotish va iste’mol qilsh jarayonida bozor tizimi sub’ektlarining kommunikatsiyasi, ko‘rashi, o‘zaro aloqalari iqtisodiy jarayoni; 3) bozor munosabatlarining tartibga soluvchisi, FTT va jamoatchilik ishlab chiqarishining samaradorligini kuchaytirish stimulyatori.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling