A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Tovarning hayotiylik davri


Download 0.81 Mb.
bet167/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Tovarning hayotiylik davri - tovar rivojlanishining uni ishlab chiqishdan to bozorga olib kirishgacha bo‘lgan asosiy bosqichlarini aks ettiruvchi ma’lum bir vaqt davri (sikli); sotuvchining har bir bosqichda oluvchi foyda miqdori unga bog‘liq bo‘ladi. Tovarni sotish va foyda olish jarayonida besh bosqich ajratib ko‘rsatiladi: tovarni ishlab chiqish (bozorgacha) bosqichi, tovarni bozorga olib kirish (kiritish) bosqichi, tovarni sotish hajmining o‘sish bosqichi, etuklik (to‘yinganlik) bosqichi, tovarning susayish bosqichi yoki tovar eliminatsiyasi.
Tovarning raqobatbardoshligi - 1) aniq ehtiyojni qondirishda bozordagi raqobatchilar tovarlari oldida ustunlikni ta’minlovchi tovarning sifat va narx tavsifnomalari majmui; 2) tovarning raqobatchi tovarlar bozorida birinchi bo‘lib xarid qilish qobiliyati; 3) tovarni iste’mol qilish (foydalanish) samarasining uni sotib olish va ekspluatatsiya qilishga sarflanuvchi xarajatlarga (iste’mol narxi) nisbati; 4) korxonaning milliy va jahon tovar bozorlariga chiqishi maqsadga muvofiqligining muhim ko‘rsatkichi.
Firmaning marketing muhiti - firmadan tashqarida faoliyat ko‘rsatuvchi hamda marketing xizmati ragbariyatining maqsadli mijozlar (hamkorlar) bilan muvaffaqiyatli hamkorlik munosabatlari o‘rnatish imkoniyatlariga ta’sir ko‘rsatish mumkin bo‘lgan kuchlar va faol sub’ektlar majmui. Marketing tizimi makro va mikromuhitdan tarkib topadi.
Xizmat - 1) bozorga kirib keluvchi, narsa ko‘rinishiga ega bo‘lmaydigan iste’mol qiymatlari; 2) bir tomon ikkinchisiga ko‘rsatishi mumkin bo‘lganfaoliyat yoki ne’matlar turi.
Elektron tijorat - elektron aloqa vositalari yordamida tovar va xizmatlarni sotish, reklama va marketing tizimi.
Eliminatsiya - mavjud mahsulotlarni korxonaning ishlab chiqarish dasturidan chiqarib tashlash; tovar ishlab chiqarishni to‘xtatish; tovarni bozordan raqobatbardoshligi va talabni yo‘qotganligi sababli olib chiqish. Mahsulotni eliminatsiya qilish zarurligini tekshirish uchun savdo hajmi, bozordagi ulushi, hayotiylik davridagi o‘rni, firmaning jami aylanmasidagi ulushi, rentabelligi, kapital aylanishi va boshqa ko‘rsatkichlar qo‘llanadi.


Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling