A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Download 0.81 Mb.
bet24/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Televideniyadagi reklama. Bunday reklama qimmatli bo‘lsada, u ommaviy va nufuzli hisoblanadi. SHu bilan birgaalikda unda ovoz va tasvirli ta’sir ancha kuchlidir. Sifatli telereklamada eng avvalo tasvirga va undan keyin ovoz va tasvir bilan ishlanadi. Radioreklama kabi telereklamada ham o‘zining oltin 3 sekund boshlang‘ich vaqtiga bog‘liq. Agar shu vaqt tomoshabin uchun qiziqarli bo‘lsa, reklama samarali hisoblanadi. Lekin, shunday samarali reklama seriallar vaqtida berilsa, mazkur reklama qanchalik qiziqarli bo‘lmasin tomoshabinlarga salbiy ta’sir ko‘ratishi ham mumkin.
Telereklama qanday variantlarni taqdim eta oladi:

  1. Reklama roliklari. Ular o‘ynoqi, xujjatli, hajviyali, multiplikatsion bo‘lishi mumkin. Bunday reklamaning ustunlik tomoni shundaki, ular yuqori psixologik ta’sirga ega. kamchiligi esa yuqori baho (narx) ga ega, efir vaqti esa yanada yuqori narxli, shu bilan birga bunday reklama «majbur qilish» xususiyatiga ega;

  2. Zastavka, ob-havo va shu kabilarni namoyishi vaqti ekranda reklama beruvchining logotipi shiorini joylashtirish»

  3. Mashxur va yuqori reytinga ega bo‘lgan teleko‘rsatuvning xomiyi sifatida ko‘rsatish. Psixologik nuqtai nazardan xomiy bu ijobiy shaxs sifatida tasavvur uyg‘otadi, ya’ni shu shaxs sababi ko‘rsatuv mavjud, efirga chiqish sababchisidar;

  4. Maxsus djasturlarda qatnashish, ya’ni inter’er va maxsulotlar haqida ma’lumotberuvchi maxsus ko‘rsatuvlarda korxona, firma vakillari qatnashishi;

  5. Televideniedagi reklama emas, uning yordamida reklamaga aylanish. ma’lumki, televideniya ko‘pgina tadbirlar, yig‘inlar o‘tkazib turadi. Mazkur tadbirlar paytida maxsulot haqida ma’lumot, reklama roliklari efirga tushib qolishi mumkin, ya’ni televideniega aloqasi bo‘lmagan holatda ham;

  6. Filmlar namoyishi paytida diktor teksti yoki qatorining ekran ostida ko‘rsatilishi. Moliyaviy tomonidan bu eng arzon reklama hisoblanadi. Psixologik jihatdan esa u reklama eng samarasiz hisoblanadi, ya’ni bunday reklama asabga salbiy a’sir ko‘rsatadi.

Televideniedagi reklama roliklari qisqa (blits-roliklar, davomiyligi (15-20s) va yoyilgan (20s va undan ortiq) bo‘lishi mumkin. Blits roliklarda komp’yuter grafiklari yoki o‘ynoqi kinodan foydalanishadi. Blits rolikdan maqsad-firmani tez-tez eslatib turish. YOyilgan roliklar ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lib, undagi ma’lumotlar o‘ynoqi kino, multipoikatsiya, komp’yuter grafikasi va shu kabilardan foydalanishadi.
Psixologik nuqtai nazrdan telegrammadagi eng asosiy jihat bu uning tabiiyligi, dinamikligi, originalligidadir. Syujet tipiga qarab reklama roliklarini bir qator shart asosida quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin.

  • «shirin», nozik. Bunday reklama G‘arb reklamasida standart hisoblanadi.

  • paradoksal reklamalar. Bunda «yoqimsiz» metodidan foydalanib, antirma vaziyati hosil qilinadi. Bunda ko‘pincha hajviya, hazil va shu kabilardan foydalanishadi.

  • tasvirlab beruvchi, informatsion rklama. Bunda maxsulot haqida to‘liq ma’lumot beriladi;

  • o‘ta ta’sirli reklama. bunday reklamalarda qarama-qarshiliklarni uchratish mukin. Masalan: agar yaqinda saqichlardan foydalanishmasa, tishlar salomatligiga salbiy xavf xatarlar paydo bo‘lishi mumkin.

SHunday qilib, reklama e’tiborli bo‘lishi uchun u qanday holda taqdim etilishi maqsadga muvofiq? Birinchi o‘rinda, reklama ideal hisoblanishi uchun reklama engil, zamonaviy, mutanosib bo‘lishi kerak.YUqori professional telereklama obrazi aktiv, optimistik, martabali, original, talantli, sehrli bo‘lishi kerak.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling