A n t I b I o t I k L a r
MIKROBLARNING ANTIBIOTIKLAR TA`SIRIGA ChIDAMLILIGI
Download 61.44 Kb.
|
ANTIBIOTIKLAR
MIKROBLARNING ANTIBIOTIKLAR TA`SIRIGA ChIDAMLILIGI
Agar mikrobga uzoq vaqt antibiotik ta`sir etilsa, mikrob antibiotikka sekin-asta urganib, keyinchalik u antibiotikka chidamli bo`lib qolishi mumkin, kasalni davolaganda bunday holni nazarda to`tish lozim. Masalan, oziq muhitga 0,05—0,06 ml birlik penitsillin kushilsa, tilla rangli stafilokokk rivojlanishdan tuxtaydi. Lekin 20 marta ko`chirilib ekilgan muhitga kushilgan penitsillinning miqdori asta-sekin ko`paytirilib borilsa, unga stafilokokkning chidamliligi 700 marta ortadi, agarda 40 marta ko`chirib ekilsa, uning chidamliligi 5500 marta ortadi. Ayrim paytlarda bir antibiotikka mikrobning chidamliligi oshsa, boshqa antibiotiklarga ham chidamli bo`ladi. Masalan, xlortetratsiklinga chidamli bo`lgan mikrob bir vaqtda oksitetratsiklinga va tetratsiklinga ham chidamli bo`ladi. Ayrim mikroblar oziq muhitida antibiotiklarga o`rganib qolib, keyinchalik ularsiz muhitda rivojlana olmaydi. Antibiotiklarning mikroblarga bo`lgan ta`sirini oshirish uchun bir necha xil antibiotiklarni aralashtirib yoki ularni ximiyaviy moddalar bilan birga qo`shib qo`llanishi lozim. Masalan, xlortetratsiklinni albomitsin bilan yoki albomitsinni streptomitsin bilan qo`shib ichak tayoqchasi va paratif qo`zg`atuvchisiga probirkada ta`sir etkizilganda, ular bir-birining ta`sirini oshiradi. Lekin ayrim antibiotiklar bunday xususiyatga ega emas. Masalan, penitsillin bilan xlortetratsiklin bir-biriga qarama-qarshi ta`sir etadi. Mikroorganizmlarning antibiotiklarga chidamli bo`lishining sababi haligacha tula aniqlanmagan. Iel, Planeles va boshqalar bunday holni turli yo`llar bilan hosil bo`ladi deb tushuntiradi. Masalan, ularning aytishlariga ko`ra, penitsillinga chidamli mikroblar penitsillinaza fermenti hosil qilib, penitsillinni parchalaydi. Mikroblar qobigining yuzasida hosil bo`lgan fizikaviy-ximiyaviy o`zgarishlarga qarab moddalarni har xil uzlashtiradi. Masalan, penitsillinga chidamli mikroblar penitsillinni unga chidamsiz mikroblarga nisbatan ancha kam o`zlashtiradi. Download 61.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling