A n t I b I o t I k L a r
HAYVONLAR ORGANIZMIDAN OLINADIGAN ANTIBIOTIKLAR
Download 61.44 Kb.
|
ANTIBIOTIKLAR
HAYVONLAR ORGANIZMIDAN OLINADIGAN ANTIBIOTIKLAR
Bu gruppa antibiotiklarga lizotsim, eritrin va ekmolin kiradi. Lizotsim. P. N. Lashchenkov 1909 yili tuxumning oqsilida bakteriyalarni erituvchi xususiyat borligini aniqlab, uning ta`sirini bir qator mikroorganizmlarda tekshirib ko`rgan. Keyinroq Fleming (1922 yili) lizotsimning xususiyatlarini to`liq aniqlagan. Lizotsim ko`z yoshi, so`lak balg`am, qon zardobi, leykotsitlarda, burun shilimshig`i, odam va hayvonlarning turli to`qima va organlarida (jigarda, taloqda, tog`ayda, buyrakda), baliq ikrasida, ona sutida, turli o`simliklarda, ayniqsa, tovuq tuxumining oqsilida ko`p bo`ladi. Lizotsim, asosan, saprofit va ayrim patogen (vabo vibrioniga, kuydirgi tayoqchasi va boshqa) mikroblarga halokatli ta`sir etadi. 3.V.Yermoleva va N. Bo`yanovskaya lizotsimni tozalash va qontsentratsiya qilish usullarini kashf etib, lizotsimni meditsina va qishloq xo`jaligi sohasida ishlatish usullarini aniqladi. Keyingi yillarda lizotsimni kristall shaklida olish usuli ham aniqlangan. Lizotsim organizm uchun zaharsiz bo`lib, makroorganizmni tabiiy sharoitda qo`riqlovchi antibiotikdir. Eritrin. Bu antibiotikni Zilber va Yakobsonlar 1946 yili har xil hayvonlar va odam qonidan topib, bir litr eritrotsitdan 10—12 g eritrin olish mumkinligini aniqlagan. Eritrinning 0,25% li eritmasi difteriya kasalligini davolashda va bakteriya tashuvchilarni sog`aytirishda yaxshi natijalar bergan. Eritrin difteriya qo`zg`atuvchi bakteriyaga, stafilokokk va streptokokklarga ham birmuicha ta`sir etadi. Ekmolin. Bu antibiotik 3.V. Yermoleva boshchiligida baliqdan olingan. Ekmolin kam zaharli antibiotik bo`lib, organizmda qon tomirlarini kengaytirish va antigistominlik xususiyatiga ega. Ekmolin ichburug` (ko`pincha yosh mollarda), paratif tayoqchalariga va vabo vibrioniga, stafilokokk, streptokokklarga hamda gripp kasalligini qo`zg`atuvchi viruslarga aktiv ta`sir etadi. Ekmolinni kasal molga ichirish, ingalyatsiya yoki muskullariga ukol qilish mumkin. Uni penitsillin yoki streptomitsin bilan birga qo`shib kasal molga berilsa, penitsillin va streptomitsinning kuchi yanada oshadi va penitsillinning qondagi miqdori ikki barobar ortib, uzoqroq vaqt ta`sir etadi. Ekmolinning penitsillinga aralashtirib tabletka shaklida yoki eritma holida ampulalarda tayyorlangan turi ekmonovotsillin deyiladi. Download 61.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling