A n t I b I o t I k L a r
O`SIMLIKLARDAN OLINADIGAN ANTIBIOTIKLAR
Download 61.44 Kb.
|
ANTIBIOTIKLAR
O`SIMLIKLARDAN OLINADIGAN ANTIBIOTIKLAR
O`simliklarning ham bakteriyalarni, sodda hayvonlarni va zamburug`larni halok etadigan moddalar ajratish xususiyati aniqlangan. O`simliklarda antibiotiklarga o`xshash moddalar borligini birinchi bo`lib sovet olimi B. P. Toqin 1928—1930 yillarda isbotlagan va ularga fitontsidlar deb nom bergan. Toqin dastlabki tajribalarini tubandagicha ifodalaydi: qayin daraxtining bargini tezlik bilan maydalab, uning yoniga 2—3 mm masofa buyum shishasida sodda hayvonlar kulturasidan olingan tomchi qo`yilsa, 20—25 mino`tdan so`ng kesilgan bargdan gaz shaklida uchib chiqqan allaqanday narsalar ta`sirida tomchi suvdagi protozoalar uladi. Fitontsidlar o`simlikning bargi, guli, ildizi va mevasida bo`ladi. Apelsin, limon, mandarin, oq terak, qora buldirgunlarning bargi va boshqa ko`p o`simliklarning tanasi yoki ildizi maydalanganda ham shunday natija olish mumkin. Piyoz yoki sarimsoqni tug`ralganda ham atrofga uchib tarqaluvchi moddalari stafilokokk, streptokokk, sil tayoqchasi, Vast. perfringens va boshqa bakteriyalarni halok qiladi. Yangi tug`ralgan piyoz qarshisiga agarli oziq muhitga eqilgan achitkilar (Saccharoncerevisaeyo) qo`yilsa, ular darhol halok bo`ladilar. Archa, karag`ay va qayin daraxtlarining nina barglari ezib ivitilganidan keyin uning bir tomchisini olib sodda hayvonlar joylashtirilgan boshqa bir tomchi suvga ko`chirilsa, ular darhol uladi. Ko`p o`simliklarning to`qima suyuqliklari ham shunday xususiyatga ega. Masalan, shumurt daraxtining qish vaqtidagi qo`rtaklari hovonchada yanchilib, undan 0,1 g olib probirkaga solinsa va uning ustiga uy pashsha (Musca domestica) laridan bir nechtasi qo`yib yuborilsa ular darhol halok bo`ladilar. Keyinchalik Toqin piyoz, sarimsoq, xren, gorchitsa, aloy (sabur), kichitki o`t, qora archa (mojjevelnik), pomidor bargi, ayiqtovon o`simliklarining bargida fitontsidlar borligini aniqlagan. O`simlikning yoshi, vegetatsiya davri, iqlim va yashash sharoitiga qarab, fitontsidlarning aktivligi ham turlicha bo`ladi. Fitontsid yangi urilgan o`simlikda ko`p, quritilgan o`simlikda kam bo`ladi. Fitontsidlarning antibakterial va boshqa xususiyatlarini tekshirishda Toqin, Foy, Toroptsev, Yanovich va yana bir qancha sovet olimlarining ilmiy ishlari diqqatga sazovordir. Foy Trichomonas vaginalis nomli sodda hayvon quzg`agan kasallikni piyoz fitontsidi bilan davolagan. Toqin rahbarligidagi bir gruppa olimlar fitontsidlarni ichak tayoqchasi, proteus, oq stafilokokk, sartsina va lambliyalarda sinab, ularning bakteritsid ta`sirini isbotlagan. Agar piyoz yoki sarimsoq 1—3 mino`t chaynalgandan so`ng og`iz mikroflorasi tekshirilsa, undagi mikroblar juda kamayadi (Toqin, 1951). Filatova va Toroptsevlar yiringli yaralarni ham fitontsidlar bilan davolab yaxshi natijalarga erishdilar. Yanovich sarimsoqdan sativin deb ataluvchi dori tayyorlagan. U bakteritsid xususiyatiga ega bo`lib, vabo vibrioni, difteriya bakteriyalari, stafilokokk, paratif tayoqchasi, ichburug` bakteriyasi, protey va boshqalarni halok etadi. Amerikalik olimlar Kavellito, Beyli, Brukt va So`terlar (1944—45 yillarda) sarimsoqdan bakteritsid moddalar topib, unga «allitsin» deb nom berishgan. Allitsin stafilokokkga, paratif, dizentereya tayoqchalari, vabo vibrioni va boshqalarga bakteritsid ta`sir etadi. 1948 yili Shtol va Zibik sarimsoqning fitontsidini sun`iy yo`l bilan olgan va uning formulasini aniqlagan. Fitontsidning ximiyaviy to`zilishi hali to`liq aniqlanmagan. Ba`zi o`simliklarning fitontsidi gaz holida atrof muhitga tarqalib, mikroblarni uldirishi mumkin. Masalan, Toqin, Kovalenko, Yanovichlar yosh karag`ayzor urmondagi xavo mikroflorasini tekshirib, u yer mikroblardan mutlaqo holi ekanligini aniqlashgan. O`rta Osiyo o`simliklarining bir qismigina tekshirilib, ularning fitontsidlik xususiyatlari aniqlangan, lekin ko`pchilik o`simliklarning fitontsidlari hali to`liq tekshirilmagan, ularni tekshirib meditsina va veterinariya sohasida ulardan foydalanish usullarini aniqlash kelajakdagi muhim vazifa hisoblanadi. Fitontsidlar asosan yiringli protsesslarni mahalliy davolashda qo`llaniladi. Keyingi yillarda sovet olimlari bir necha yuz o`simlik turlarini urganib, ularning 60 tasidan allitsin, sativin, tomatin, protoanillin va boshqalar kabi kristall holidagi juda aktiv fitontsidlarni topgan. Bular qo`shimcha sarimsoq, pomidor va ayiqtovon barglarida ko`p bo`ladi. Antibiotiklar mikroorganizmlarga tanlab, ya`ni har bir antibiotik muayyan bir turdagi mikrobga ta`sir etadi. Masalan, bir xil antibiotiklar gramm-musbatlarga, ikkinchisi gramm-manfiylarga va uchinchi turi esa ham gramm-musbat, ham gramm-manfiy mikroblarga ta`sir qiladi. Zamburug`larga ta`sir etib, bakteriyalarga ta`sir etmaydigan antibiotiklar ham bor. Keyingi yillarda polimiksin, kolimitsin, bitsillin, bivetin, vitaminli propomitsilin va boshqalar kabi bir qator antibiotiklar tayyorlandi, ular buzoq va cho`chqa bolalarining oshqozon-ichak kasalliklarini davolashda va kasallikning oldini olishda yaxshi natija berdi. Ayrim aktinomitsetlar (Actinom. luridus) lyurizin deb ataladigan antibiotik hosil qiladi. Bu antibiotik gripp virusiga va ayrim faglarga ta`sir etadi (N. Krasilnikov ma`lumoti). Imanin nomli antibiotik tamaki bargining mozayka kasalini qo`zg`atuvchi virusga ta`sir etadi va ayrim o`simliklarning rivojlanishiga yordam beradi (AN USSR). Bundan tashqari, gripp, qizamiq, chechak, poliomielit, entsefalitga o`xshash viruslarga ta`sir etuvchi interferon olingan. Download 61.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling