A. Oripov kasblarning ichida eng sharaflisi


Download 240.57 Kb.
bet5/7
Sana14.02.2023
Hajmi240.57 Kb.
#1198130
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
16-мавзу

6-topshiriq. Kasbiy faoliyatda ustoz va shogird an’analari to’g’risida matn tuzing.


7-topshiriq. Buyuk ajdodlarimizdan Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek, Abu Ali ibn Sino, Ahmad al Farg‘oniy, Zebunnisobegim haqida qisqa hikoya tuzing.
8-topshiriq. Ustoz haqidagi rivoyatlardan namunalar yozing,Ilm haqida 5 ta maqol keltiring.
9-topshiriq. Monologik matnni o`qing va savollar tuzing.
Abdulla Avloniy
Abdulla Avloniy 1878-yilning 12-iyulida Toshkentda Mergancha mahallasida dunyoga keldi. Otasi Miravlon aka mayda hunarmandchilik - to‘quvchilik bilan shug‘ullangan. Piyon bozorda (hozirgi Navoiy teatri maydoni), Yarmarka bozorida (hozirgi san’at muzeyi atrofida) bo‘z va chit bilan savdo qilardi.
Abdulla 7 yoshidan O‘qchidagi eski maktabda Akramxon domlada savod chiqardi. 1890-yilda shu mahalladagi madrasaga o‘tdi. So‘ng Shayxontohurdagi Abdumalikboy madrasasida Mulla Umar Oxunda tahsil ko‘rdi. Ammo tirikchilikning og‘irlashuvi o‘qishga imkon bermadi. “1891-yildan boshlab, faqat qish kunlarida o‘qib, boshqa fasllarda mardikor ishladim” – deb yozadi Avloniy. Ko‘p o‘tmay bu ham barham topti. U butunlay ishga sho‘ng‘ib ketdi. O‘zi aytganidek, “binokor”likni o‘rgandi, “g‘isht quyish, suvoqchilik, pechkachilik, duradgorlik ishlari” bilan mashg‘ul bo‘ldi.Adabiyotga havas unda shu yillari uyg‘ondi. Navoiy she’riyatiga, Fuzuliy g‘azallariga mehr qo‘ydi. So‘ngsiz bir ishtiyoq bilan fors tilini o‘rgandi. Sa’diy va Hofizning sehrli olamidan zavq-shavq oldi. Nihoyat bular o‘z samarasini berdi. O‘zi kamtarona qayd qilganidek, “She’r yozishga tutindi” Avloniy bu vaqtni 1894-yil deb ko‘rsatadi. Afsuski, yoshlik davrida yaratgan she’rlarning hech biri bizgacha saqlanmagan. Shoirning bizga ma’lum she’rlari 1905-yildan keyin yozilgan.
Mashhur pedagog, olim va shoir, aktyor va dramaturg, tarjimon va jurnalist Abdulla Avloniy 1934-yilda Toshkentda vafot etdi.
10-topshiriq Abu Rayhon Beruniy hikmatlarini o`qing va mazmunini tushuntiring.



Download 240.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling