A. Ouken qonuni Ishsizlikning ko'payishi natijasida mumkin bo'lgan yammni iqtisodiyot ololmaydi. Shu sababli mamlakat miqyosida ishsizlikning tabiiy darajasida saqlash va uni tartibga solish iqtisodiy jihatdan katta ahamiyatga EGA


Download 15.01 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi15.01 Kb.
#246479
Bog'liq
A.Ouken


A.Ouken qonuni

Ishsizlikning ko'payishi natijasida mumkin bo'lgan YAMMni iqtisodiyot ololmaydi. Shu sababli mamlakat miqyosida ishsizlikning tabiiy darajasida saqlash va uni tartibga solish iqtisodiy jihatdan katta ahamiyatga ega. Ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan qancha yuqori bo'lsa, YAMM uzilishi shuncha ko'p bo'ladi. Shuning uchun ham potensial hajmdagi YAMM haqiqiy YAMMdan katta bo'ladi.

Ya'ni YAMM*>YAMM yoki U*>U. Potensial YAMM* ni hisoblashda mamlakatda ishsizlik mutlaqo yo'q deb emas, balki mavjud, biroq u tabiiy darajada deb hisoblanadi.

Ishsizlik darajasi va YAMM uzilishi o’rtasidagi miqdoriy nisbatni ingliz iqtisodchisi Artur Ouken matematik holda isbotlab bergan. Shuning uchun bu qonun Ouken qonuni deyiladi.



Ouken qonuni — qisqa muddatli ishsizlik darajasining oʻsishi bilan ishlab chiqarish hajmidagi yoʻqotishlar oʻrtasidagi bogʻliqlikni ifodalaydigan qonun. Qonunning mohiyati shundan iboratki, agar ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan 1% (bir foiz)ga oshib ketsa, ya’ni davriy ishsizlik 1% (bir foiz)ni  tashkil etsa, milliy iqtisodiyot YaIMni 2.5% (ikki yarim foiz)ga kam yaratadi. YaIMning pastroq darajasi o'z navbatida ishlab chiqarishda qatnashuvchilar daromadlarining nisbatan kamroq bo‘lishini va iqtisodiyotning kelgusi taraqqiyotini investitsiyalash imkoniyatlari qisqarishini bildiradi. Ouken qonuni ishsizlikning turli darajalaridagi mahsulot yo'qotishlari hajminia niqlash imkonini  beradi. Hozirgi kunda β koeffitsienti deb atalgan bu koeffitsient miqdori 2% dan 3% oralig‘ida deb hisoblanadi. A.Ouken formulasi:

Z= -2.5[U-U*]

U*- ishsizlikning tabiiy darajasi

U- ishsizlikning tabiiy darajasi

Shu sababli mamlakatda ishsizlikni tabiiy darajasida saqlash va tartibga solib turish muhim ahamiyatga ega. Muayyan milliy iqtisodiyot barcha ishlashni xohlovchilarga va mehnatga layoqatli fuqarolarga yangi ish joylarini yaratib bera olmas ekan, bu iqtisodiyot tovar va xizmatlar ishlab chiqarish potensialini toʻliq ishga sola olmaydi. Ouken qonuni dunyodagi deyarli barcha mamlakatlar iqtisodiyotidagi ishsizlik muammolarini tartibga solishda katta ahamiyatga ega.



Adham Xalilov tayyorladi
Download 15.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling