A. Qodiriy nomidagi jdpi ning Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya o’qitish metodikasi yo’nalishi 231/15-guruh talabasi ermonov abrorning Jahon mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasi fanidan tayyorlagan taqd
Download 7.4 Mb.
|
Abror Презентация1
- Bu sahifa navigatsiya:
- SINGAPUR BAYROQ VA GERBI
- VETNAM
A.Qodiriy nomidagi JDPI ning Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya o’qitish metodikasi yo’nalishi 231/15-guruh talabasi ERMONOV ABRORning Jahon mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasi fanidan tayyorlagan TAQDIMOTIMAVZU: Janubi sharqiy Osiyo mamlakatlari subregioniJanubiy-Sharqiy Osiyo mintaqasiga Hindi-Xitoy va Malakka yarimorollari hamda Malaya arxipelagida joylashgan 10ta mamlakat kiradi. Ular II jahon urushiga qadar Buyuk Britaniya, Fransiya va Gollandiyaning mustamlakalari bo‘lib kelishgan. Mazkur davlatlar 1989- yilgacha o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan. Eng oxirida esa 2002-yil 20-may kuni Sharqiy Timor mustaqil deb e’lon qilindi. Mintaqa hududi 4,4 mln km2 bo‘lib, yer shari quruqlik maydoninig 3,1 % ini egallagan. Maydoniga ko‘ra eng yirik davlatlari: Indoneziya (1,9 mln km2 ), boshqa davlatlarning birortasining maydoni 677 ming km2 dan (Myanma) katta emas. Maydoning kattaligiga ko‘ra eng kichkinasi Singapur (0,6 ming yoki 620 km2 ) bo‘lib, uning maydoni Moskva shahari maydonining 2/3 qismiga teng. Singapur maydonining uzunligi 42 km, eni 22 kmni tashkil etadi. Singapurdan tashqari Bruney (6000 km2 ), Sharqiy Timor (15 ming km2) kabi kichik davlatlar ham joylashgan. Hozirda mintaqa mamlakatlari sanoatining rivojlanishiga ko‘ra 4 guruhga bo‘linadi: 1. Yangi sanoatlashgan “Osiyo yo‘lbarslari” davlatlari: Janubiy Koreya, Singapur, Tailand va Malayziya. Bu mamlakatlarda yapon kapitali ta’sirida va mahalliy ishbilarmonlar faoliyati tufayli “iqtisodiy mo‘jiza”lar ro’y bermoqda. Masalan: Singapur dunyodagi eng yirik savdo markazi, moliyaviy markaz, turizm markazi, industrial markaz (neftni qayta ishlash, kemasozlik, elektrotexnika) larga aylanib bormoqda. Malayziyada kondensionerlar, elektro va radio texnikalar, avtomashinalar va boshqa rezina buyumlar, maishiy texnika buyumlari, rangli metallurgiya sanoati; Tailandda tabiiy kauchuk buyumlari, rangli metallurgiya sanoati, mashinasozlik, yengil sanoat rivojlanib bormoqda. SINGAPUR BAYROQ VA GERBI2. Neft-gaz sanoati rivojlangan davlatlar: Indoneziya va Bruney sultonligi. Indoneziya yiliga 65 mln. tonnadan ortiq neft qazib oladi, 30 mlrd m3 dan ortiq tabiiy gaz qazib oladi. Asosiy sanoat tarmoqlari: neftni qayta ishlash, neft - kimyo, tikuvchilik va to‘qimachilik, qorametallurgiya sanoati, kauchuk va o‘rmon sanoatlari. Eng yirik sanoat markazlari: Jakarta, Surabaya, Medon, Padang, Bandun shaharlarida joylashgan. Bruney sultonligida sanoat tarmoqlari rivojlanmagan bo‘lib, u yerda qazib olinayotgan neft (yiliga 8-10 mln. tonna) va tabiiy gaz (10-13 mlrd m3 ) xom holatida eksportga chiqariladi. 3. Industrlashtirish yo‘lidan borayotgan davlatlar. Bu guruhda Vetnam alohida ajralib turadi. Mamlakatda qorametallurgiya, mashinasozlik, to‘qimachilik, oziq-ovqat sanoatlari rivojlanib borayotgan bo‘lsada, xo‘jalikda oziq-ovqat va yengil sanoat yetakchidir. Yirik sanoat markazlari Xanoy va Xoshiminda joylashgan. Myanmada asosan sellyuloza – qog’oz sanoati, to‘qimachilik, oziq-ovqat va rangli metallurgiya sanoatlari rivojlanmoqda. Yirik sanoat markazi Yangon shahrida joylashgan. Filippinda asosan tog’-kon sanoati (mis, xrom, temir, alyuminiy), yengil va oziq-ovqat sanoati rivojlanib bormoqda. Eng yirik sanoat markazlari: Manila va Sebu shaharlari. VETNAM4. Sanoati juda sust rivojlangan davlatlar: Laos va Kambodja. Ularda asosan hunarmandchilik, zargarlik va qo‘lda buyumlar yasash (savat, bosh kiyimlari). Bruney va Sharqiy Timorda zamonaviy sanoat yo‘q. Janubi-Sharqiy Osiyoda oziq-ovqat sanoati muhim o‘rin tutadi. Dunyo boyicha kokos yog’i ishlab chiqarish va uni eksport qilishda mazkur mintaqa yetakchi bo‘lib, bu sohada Indoneziya, Malayziya, Tailand davlatlari yetakchi. Choy sanoati Indoneziya, Malayziya, Vetnamda; qand-shakar sanoati Indoneziya, Malayziya, Tailand; kofe sanoati Indoneziyada; brouler xo‘jaligi (akarashka) Tailand, Malayziya, Myanmada yaxshi rivojlangan. Download 7.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling