A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti
Biologiya o’qitish texnologiyasi vazifasi
Download 296.65 Kb.
|
Umid (Автосохраненный)
1.2. Biologiya o’qitish texnologiyasi vazifasi.
O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturining amaldagi bosqichi ta’lim muassasalarini maxsus tayyorlangan pedagogik kadrlar bilan ta’minlash, ularning faoliyatida raqobatga asoslangan muhitni vujudga keltirish, o‘quv tarbiya jarayonini sifatli o‘quv adabiyotlari va ilg'or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash kabi qator vazifalarni amalga oshirishni ko'zda tutadi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish har bir ta’lim muassasasining, shu jumladan, pedagogika oliy o‘quv yurtlarining bevosita vazifasi sanaladi. Ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarni muvaffaqiyatli qo‘llash uchun biologiya o'qituvchilari maxsus metodik bilim va ko'nikmalarni egallashlari, pedagogik amaliyotda zarur bo'ladigan metodik tayyorgarlikka ega bo'lishlari lozim. Biologiya o’qitish texnologiyasining fanining asosiy vazifalaridan biri talaba va o’qituvchilarni o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirish bo’yich nazariy hamda amaliy bilimlarni berib borish va ularda bilim va ko’nikmalarni shakllantirishdan iborat bo’ladi. Bundan tashqari metodika oldida fan sifatida biologiyani o’qitish jarayonining qonuniyatlarini aniqlash, uni yanada takomillashtirish, o’quvchi va talabalarni jamiyatning yuksak ongli, har tomonlama rivojlangan, biologik savodxon a’zosi etib tayyorlash samaradorligini oshirish vazifasi turibdi. Texnologiyalar didaktik asoslariga asoslanib rivojlantiruvchi ta’limning eng muhim vazifalarini hal qiladi. Biologiya o’qitish texnologiyasi didaktikadan farqli o’laroq biologiya fanining mazmuni va tuzilishi hamda o’quv predmeti bilan belgilanadigan o’ziga xos xususiyatlarga ega. Biologiya o’qitish texnologiyasi talabalarning biologiyaga oid bilimlarini egallash va ularning amaliyotda qo’llay olish, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, hayotning qadr-qimmatini anglash uchun ta’limning oqilona usullari, vositalari, metodlari va shakllarini ishlab chiqadi. Biologiya o’qitish texnologiyasida ham biologik ta’limning eng muhim vazifalaridan biri maktab o’quvchilarida tabiatning yaxlitligi va birligi uning tizimli va bosqichli qurilishi, xilma-xilligi inson va tabiat birligiga asoslangan ilmiy dunyoqarashni shakllantirish ekanligi qayd etilgan. Maktab biologiyasi, shuningdek biologik tizimlarning tuzilishi va faoliyati, ularning o’zaro ta’sirida tabiat va jamiyatning barqaror rivojlanish haqidagi bilimlarni shakllantirishga qaratilgan. Biologiyani fan sifatida o’qitish texnologiyaning asosiy vazifalari qatorida quyidagilarni afratib ko’rsatish muhim: maktab o’quvchilariga ta’lim va tarbiyaning umumiy tizimida biologiya fanining o’rnini aniqlash; maktab hamda oliy ta’limdagi darslik va dasturlarini tayyorlash va takomillashtirsh bo’yicha takliflar ishlab chiqish, bu takliflarni maktabda va oily ta’lim amaliyotida tekshirish; o’quv fanining mazmunini, uni o’quvchilarning yoshiga va turli sinflar dasturlariga o’rganish ketma-ketligini aniqlash; biologiya fanining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda maktab o’quvchilarining yangicha o’qitishning metod va usullarini, shuningdek tashkiliy shakllarini ishlab chiqish; o’quv jarayonini jihozlashni ishlab chiqish va amaliyotda sinab ko’rish: ishxona, hayvonot dunyosi burchagi, maktab o’quv-tajriba uchastkasini tashkil etish, hayvonot dunyosi ob’ektlari, o’quv ko’rgazmali qurollar, ishchi jihozlar va boshqalarning mavjudligini ta’minlash kabi bir qancha vazifalarga qaratilgan. Biologiya o’qitishning yetakchi usullari quyidagilardan iborat. 1) Emperik-kuztish, pedagogik exprement, modellashtirish, prognozlash sivobidan o’tkazish, metodik yutuqlar sifat va miqdoriy tahlil qilish; 2) Nazariy bilimlar – tizimlashtirish, integarsiyalash, diferensiyalashtirish, idiallashtirish, tizimli tahlil qilish va taqqoslash, umumlashtirish. Maktabda biologiyani o’qitish nazariyasini qurish, emperik va nazariy bilimlarni uyg’unlashtirishni talab qiladi. Biologiya o’qitishning umumiy metodikasi maktabdagi barcha biologiya kurslarining asosiy masalarini ko’rib chiqadi: biologiya ta’lim tushunchalari, maqsadlari, vazifalari, tamoyillari, usullari, vositalari, shakllari, amalga ishirish modellari, mazmunni va tuzilmalari, bosqichlari, uzluksizligi va boshqalar. Mamlakat va jahonda biologic ta’limni shakllantirish hamda rivojlantirish Biz pedagogik texnologiyalarning o‘ziga xos xususiyatlari, mohiyati va mazmuniga ko‘ra ikki guruhga ajratdik: 1.Pedagogik jarayonning xarakteri, borishi va mazmunini o'zgartirishda qo'llaniladigan pedagogik texnologiyalar. 2. Biologiya darslarida foydalaniladigan texnologiyalar. Fanning vazifasi-talabalarga uzluksiz ta’lim tizimi oldidagi maqsad va vazifalar, o`qitish metodikasining ilmiy – nazariy masalalari, rivojlanishi tarixi va asosiy muammolari, ta’lim – tarbiya jarayonini zamon talablariga mos holda tashkil etish jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish yo`llari, o`quvchilarda asosiy biologik g’oyalar, tushuncha, ko`nikma va malakalarni shakllantirish, ijodiy va mustaqil fikr yuritishni tarkib toptirish, ular ongi va qalbiga milliy istiqlol g’oyasini singdirish usullari haqida bilimlar berish, talabalarni pedagogik faoliyat uchun zarur bo`lgan metodik bilim, ko`nikma va malakalar bilan qurollantirishdan iborat. Pedagogik jarayonning xarakteri, borishi va mazmunini o'zgartirishda qo'llaniladigan pedagogik texnologiyalar guruhiga: — ta’lim jarayonini insonparvarlashtirish va demokratlashtirish texnologiyasi; — shaxsga yo'naltirilgan texnologiyalar; — rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari; — ta’limni differensiallashtirish va individuallashtirish kiradi. Biologiya darslarida foydalaniladigan texnologiyalar guruhiga: didaktik o'yin texnologiyasi, muammoli ta’lim texnologiyasi, modulli ta’lim texnologiyasi, hamkorlikda o'qitish texnologiyasi, loyihalash texnologiyasi va an’anaviy ta’lim texnologiyalari kiradi. O'zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi, jahon hamjamiyatiga yuz tutishi, rivojlangan mamlakatlar bilan iqtisodiy, madaniy ma'rifiy, diplomatik aloqalarning yo'lga qo'yilishi barcha jabhalar kabi ta'lim tizimini isloh qilishni talab etdi. Shu sababli O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonunida ta'lim mamlakatimizning ijtimoiy taraqqiyot sohasida ustuvor yo'nalish deb e'lon qilingan. Mazkur hujjatda mamlakatimizning ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari etib, jumladan, quyidagilar qayd etilgan: ta'lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi; ta'lim uzluksizligi va izchilligi; ta'lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; davlat ta'lim standartlari doirasida ta'lim olishning hamma uchun ochiqligi; ta'lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondoshuv; bilimli bo'lish va iste'dodni rag'batlantirish; ta'lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg'unlashtirish; Ma'lumki, mamlakatimizning ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari uzviy ravishda uzluksiz ta'lim tizimining faoliyat ko'rsatish prinsiplariga bevosita taʼsir ko'rsatadi va ularni taqozo etadi. O'zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da ta'lim tizimini tubdan isloh qilish, zamon talablari asosida qayta qurish, uzluksiz ta'lim tizimining turlari, ta'lim muassasalari oldidagi vazifalar, kadrlar tayyorlash milliy modelini amaliyotga tatbiq etish masalalari bilan bir qatorda uzluksiz ta'lim tizimining quyidagi faoliyat ko'rsatish prinsiplari qayd etilgan. 1. Ta'limning ustuvorligi ta'lim-tarbiya jarayonining samarali tashkil etilishi va rivojlantirilishi jamiyatimizdagi ustuvor yo'nalish sanaladi. Ta'limning ustuvorligi yuksak ma'naviyatli, bilimli va salohiyatli barkamol shaxsning shakllanishiga zamin yaratadi. 2. Ta'limning demokratlashuvi ta'lim va tarbiya uslublarini tanlashda, ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarishda ustoz va tahsil oluvchining hamkorligiga asoslanadi. 3. Ta'limning insonparvarlashuvi - inson qobiliyatlarini to'liq ochilishi va bilim olishga bo'lgan ehtiyojlarning qondirilishi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligining ta'minlanishi, inson, jamiyat va atrof-muhitning o'zaro munosabatlarini uyg'unlashtirishga asoslanadi. 4. Ta'limning ijtimoiylashuvi - ta'lim oluvchilarda ongli intizom, insoniy qadr-qiymat tuyg'usi, yuksak ma'naviyat, ijtimoiy normalarga asoslangan xulq-atvor, estetik boy dunyoqarash, mantiqiy va ijodiy fikrlashni tarkib toptirish nazarda tutiladi. 5. Ta'limning milliy yo'naltirilganligi - ta'limning milliy tariximiz, xalq an'analari va urf-odatlari bilan uzviy uyg'unligi, O'zbekiston xalqlarining madaniyatini saqlab qolish va boyitish, ta'limni milliy taraqqiyotning o'ta muhim omili sifatida e'tirof etish, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyatini hurmatlashni ta'minlaydi. 6. Ta'lim va tarbiyaning uzviy bog'liqligi har tomonlama kamol topgan insonni shakllantirishni nazarda tutadi. 7. Iqtidorli yoshlarni aniqlash ta'lim jarayonini differensiallashtirish va individuallashtirish, iqtidorli yoshlarga ta'limning eng yuqori darajasida, izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratishni ko'zda tutadi. Respublikamizda olib borilayotgan ta'lim sohasidagi islohotlarning muvaffaqiyati uzluksiz ta'lim tizimining barcha turlarida ta'lim-tarbiya jarayoni tashkil etiladigan o'qitish prinsiplari ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari va uzluksiz ta'lim tizimining faoliyat ko'rsatish prinsiplariga qanchalik mos kelishi va ularni amaliyotga joriy etishga safarbar etilganligiga bog'liq. Download 296.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling