A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti
Download 296.65 Kb.
|
Umid (Автосохраненный)
3-modul.
Ta’lim - tarbiya jarayonida modulli ta’lim texnologiyasidan foydalanish uchun o'qituvchi quyidagi ishlarni amalga oshirishi lozim: o'quv materiallarini modulli rejalashtirish. O'quv yili boshida qaysi mavzularni modulli ta’lim texnologiyasidan foydalanib o'rganilishini belgilashi. mazkur mavzular bo'yicha modulli dars ishlanmalarini loyihalashi. mavzuning ta’limiy,tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlariga muvofiq holda modul dasturlarini tuzish. Modul dasturlari mazmuni va mohiyatiga ko'ra: o'quvchilarning individual tarzda ishlashiga mo'ljallangan modul dasturlari har bir o'quvchining iqtidori, qiziqishi, bilim saviyasi, o'zlashtirish darajasini aniqlash va orttirish, darslik ustida mustaqil va ijodiy ishlash, o'z-o'zini baholash ko'nikmalarini rivojlantirishni; ikkita o‘quvchi hamkorlikda ishlashiga mo'ljallangan modul dasturlari yuqorida qayd etilganlardan tashqari, o'quvchilarning bir-birini o'qitish, o'zaro hamkorlikda o'quv topshiriqlarini bajarishi va muammolarni hal etishi, o'zaro nazoratni amalga oshirishni; o'quvchilarning kichik guruhlarda hamkorlikda ishlashiga mo'ljallangan modul dasturlari yuqoridagilar bilan bir qatorda o'quvchilar o'rtasida muloqot, o'quv bahsi va munozara, o'zaro hamkorlik va yordamni amalga oshirishni nazarda tutadi. Kichik guruhlar uchun tuzilgan modul dasturlaridan foydalanishda ikki xil yondashuv mavjud: 1. Musobaqa usuli. O'qituvchi o'quvchilami teng sonli kichik guruhlarga ajratib, modul dasturi vositasida mustaqil ishlami tashkil etadi. Har bir modul yakunida savol-javob, o'quv bahsi musobaqa tarzida o'tkaziladi. Guruhlar o’rtasida g'oliblar aniqlanadi. Guruh a’zolari o'z faoliyatini hamkorlarining fikrini hisobga olgan holda baholaydi. 2. Kichik konsultantlar usuli. O'qituvchi o'quvchilami teng sonli kichik guruhlarga ajratib, modul dasturi vositasida mustaqil ishlami tashkil etadi. Har bir guruhga kichik konsultantlar tayinlanadi. Kichik konsultantlar guruh ishini boshqaradi, o'quvchilarning faoliyatini nazorat qiladi, tegishli hollarda yordam uyushtiradi. Har bir modul yakunida savol-javob, o'quv bahsi o'tkaziladi. O'zaro nazorat orqali o'quvchilar baholanadi. Modul dasturining turlari va ulaming mohiyati didaktik maqsadlari amalga oshirish imkoniyatlarini taqqoslaganda yaqqol ko'rinadi: Quyida modulli ta’lim texnologiyalari asosida tashkil etilgan darsda o'qituvchi va o'quvchilarning o'quv bilish faoliyatidagi o'ziga xos xususiyatlari bilan tanishamiz. Modulli ta’lim texnologiyasidan foydalanishning afzallik tomonlari, uni an’anaviy ta’lim texnologiyasi bilan taqqoslaganda aniq ko'rinadi.(1-jadval).
Download 296.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling