A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti


Download 463.61 Kb.
bet10/13
Sana13.02.2023
Hajmi463.61 Kb.
#1192547
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
A.Gulnigor Loyihalash kurs ishix

Dars ishlanma
Fanning nomi: 6-Botanika.
Mavzu nomi: Qoqio’tdoshlar oilasi
Darsning ta’limiy maqsadi : O’quvchilarni qoqio’tdoshar oilasining o’ziga xos xususiyatlari, yovvoyi va madaniy vakillari va ularning ahamiyati bilan tanishtirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi:O’simliklarni xilma –xilligini tushuntirish orqali o’quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, ekologik, iqtisodiy, axloqiy tarbiya berish, ilmiy dunyoqarashni kengaytirishdan iborat.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarni gulli o’simliklarning tuzilishi, xilma-xilligi haqidagi bilimlari, kuzatish, obektlarni tanish, darslik ustida mustaqil ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish.
Dars jihozlari: Burchoq, sebarga, qashqarabeda, ildiz mevalarning muliajlari, kampyuter, kadaskop.
Darsning turi: Noan’anaviy
I Tashkiliy qism: salomlashish, davomat olish, o’quvchilar va sinf xonasining darsga tayyorgarligini ko’rish.
II O’tilgan mavzuni so’rash va xulosalash
1-metod “Izohlang”.
Bu metod orqali o’quvchilarning rasmlarda izohini yozishdan iborat bo’ladi. Bu metodda o’quvchilarning ko’z xotirasi sinaladi. Rasmlarga qarab ularning nomlarini yozish kerak bo’ladi.

1-rasm 2-rasm 3-rasm 4-rasm


2-metodning javoblari.
.. … …
1-rasm. Oshqovoq 2-rasm. Itqovun 3-Idish-qovoq 4-qozonyuvg’ich
III Yangi mavzuning bayoni.
Yer yuzida mazkur oilaga mansub 800ga yaqin tur o’simlik o’sadi.
Qovoqdoshlar oilasiga asosan bir yillik va ko’p yillik o’tlar kiradi. Ularning poyasi(palagi) yoyilib yoki jinglaklar bilan ilashib o’sadi. Barglari oddiy, gullari to’g’ri, ayrim jinsli, hashoratlar yordamida changlanadi. Gulkosachasi 5ta, gultoji 5ta gultojbarglarning qo’shilishishidan hosil qo’shilgan, 1tasi erkin. Urug’chisi bitta, 3ta urug’chibargning qo’shilishidan hosil bo’lgan.
Oshqovoq qovoq turkumiga mansub bir yillik poliz o’simligi. Poyasi silindrsimon , mayin tuklar bilan qoplangan, o’rmalab yoki jingflaklar bilan ilashib oladi. Barglari yirik, buyraksimon, yaprog’I 5-7ga bo’lingan. Uning changchisi va urug’chisi gullari bitta tupda yetiladi. Gullari sariq. Changchili gullariga nisbatan yirik bo’lib, urug’chili gullaridan oldinroq ochiladi, changchilari 5ta. Urug’chili gullari 3ta tumshuqchali 1ta urug’chisi bor.

Download 463.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling