E-Qanday hollarda qo’llash mumkin
|
Sachratqi-dorivor o’simlik. Uning ildizi, barglari va gullagan paytda poyasidan tayyorlangan dorilar oshqozon-ichak kasal-liklarini davolashda ishlatiladi.,
Gulzorlarda to qish kelguncha chaman bo’lib ochilib turadigan qashqargul, xrizantema, qo’qongul, kartoshkagul va dastargullar ham qoqio’tdoshlarga mansub madaniy-manzarali o’simliklar-dan hisoblanadi
|
R-Nimani qayta tiklash mumkin
|
Bu oilaga kiruvchi yo’qolib ketayotgan turlar yoki turlar soni kam bo’lgan o’simliklarning turlarini maxsus muhofazaga olinib turlarning sonini qayta tiklash mumkin. Mazkur oilaning 13turkumga mansub 50 turi O’zbekiston Respublikasining “Qizil kitob”iga kiritilgan. Ularning 30tasi karrak turkumiga mansub.
|
IV Yangi mavzuni mustahkamlash.
3-F.S.M.U. –metodi
3-metodning javoblari.
F-Fikr
|
Murakkabguldoshlar oilasining gul formulasi-
GK(0) GT(5) Ch(5) U(2)
|
S-sabab
|
Gulkosachabargi, tojbargi va changchilari 5tadan. Gulkosachasi juda qisqarib ketgan, 5 tishli o’simta yoki tukchalar shaklida. Gultoji tutash gultojbargli, to’g’ri (naysimon) yoki qiyshiq (tilsimon gul, voronkasimon gul).
|
M-Misol
|
Qoqio’t, karrak, sachratqi, maxsar, kakra, shuvoq, tirnoqgul, kungaboqar, topinampur, andiz va bo’yimadoron kabi turkum vakillari kiradi.
|
U-Umumiy
|
Bu oila gulli o’simliklar ichida eng kattasi hisoblanadi. U deyarli hamma qit’alarda va turli-tuman ekologik sharoitlarda o’sadigan 920turkumga mansub 19000turni o’z ichiga oladi.Qoqio’tdoshlar ko’p turlari bir yillik va ko’p yillik o’tlat bo’lib, ularning juda kam qismini yarim butalar tashkil etadi. Faqat tropik mintaqalarda unga oid buta, liana va daraxtlar o’sadi. Bu oila vakillarining barglari oddiy, poyada asosan ketma-ket, ba’zan qarana-qarshi joylashgan. Barg yaprog’I butun(kungaboqar), ba’zan patsimon bo’lingan(shuvoq).Mevasi-pista meva.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |