A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti 5A110701-Ta’limda axborot texnologiyalari magistratura mutaxasisiligi


Download 68.5 Kb.
bet4/5
Sana14.10.2023
Hajmi68.5 Kb.
#1702464
1   2   3   4   5
Bog'liq
Magistr bayonnoma-33333

Dissertatsiya ishi mavzusi Informatika va axborot texnologiyalari umuta’lim fani bo’yicha mashg’ulotlarni IoT – buyumlar internet texnologiyasi asosida tashkil qilish metodikasi
Ilmiy rahbar: (PhD) Bekbo’tayev A. E.
Axatova Dilfuza magistrlik dissertatsiya ishining tuzilishi, mavzuning dolzarbligi, maqsad va vazifalari, ilmiy yangiligi, mavzuning o‘rganilish darajasi, ilmiy-amaliy ahamiyati kabi xususiyatlarini tadqiq markaziga qo‘ydi va unga quyidagi savollar berildi:
1 – savol: Magistrlik dissertatsiyasi ishingiz yuzasidan ilgari surilgan o’quvchilarning qoldiq bilimlari qanday nazorat qilinadi va qanday mezon yordamida baholanadi?
2 – savol: Magistrlik dissertatsiya ishida foydalangan keys hamda boshqa interaktiv metodlarning bir-biridan qanday farqlari bor?
Axatova Dilfuza berilgan qo‘shimcha savollarga yaxshi javob berdi. Magistrlik dissertatsiyasi bо‘yicha magistrning ma’ruzasi tinglanib va muhokama qilinib hamda berilgan savollarga javoblarini e’tiborga olgan holda yakuniy davlat attestatsiya hay’ati Axatova Dilfuzaning magistrlik disserstatsiyasi ishini 87(sakson yetti) ballga baholandi.
Shundan keyin, magistr Jo’rayev Islombek Anorboy o’g’liga so‘z navbati berildi.
Dissertatsiya ishi mavzusi: Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitish jarayonida o’quvchilarda umummadaniy tayanch kompetensiyani shakllantirish metodikasi
Ilmiy rahbar: (PhD) Bozorov G’.S.
Jo’rayev Islombek magistrlik dissertatsiya ishining tuzilishi, mavzuning dolzarbligi, maqsad va vazifalari, ilmiy yangiligi, mavzuning o‘rganilish darajasi, ilmiy-amaliy ahamiyati kabi xususiyatlarini tadqiq markaziga qo‘ydi va unga quyidagi savollar berildi:
1 – savol: Magistrlik dissertatsiya ishi bo’yicha qanday web-ilovalardan foydalanidingiz?
2 – savol: Mobil ilovalardan foydalanishda internetning o’rni?
Jo’rayev Islombek berilgan qo‘shimcha savollarga yaxshi javob berdi. Magistrlik dissertatsiyasi bо‘yicha magistrning ma’ruzasi tinglanib va muhokama qilinib hamda berilgan savollarga javoblarini e’tiborga olgan holda yakuniy davlat attestatsiya hay’ati Jo’rayev Islombekning magistrlik disserstatsiyasi ishini 66 (oltmish olti) ballga baholandi.
Himoya so‘ngida YaDA a`zolari bugungi magistrlarga omad tilab, tegishli baholarni kelishgan holda rasmiylashtirishdi.

Download 68.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling