A. Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti Matematika va informatika fakulteti matematika va informatika ta’limi yo‘nalishi 110-22-guruh talabalariga "Mutaxassislikka kirish" fanidan tashkil etilg


Download 38 Kb.
Sana14.05.2023
Hajmi38 Kb.
#1459224
Bog'liq
5.04.2023 Ochiq dars


A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti Matematika va informatika fakulteti matematika va informatika ta’limi yo‘nalishi 110-22-guruh talabalariga “Mutaxassislikka kirish” fanidan tashkil etilgan «SMM platformalari bilan tanishish. Fasebook, YouTube, Telegram, Instagram tarmoqlari» mavzusidagi o‘tkazilgan ochiq dars

B A YO N N O M A S I


05.04.2023 y.



Qatnashdilar Qatnashdilar:R.Yusupov-informatika va raqamli ta’lim texnologiyalari kafedrasi mudiri, informatika va raqamli ta’lim texnologiyalari kafedrasi professor-o‘qituvchilari
O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali Axborot tizimlari va texnologiyalari kafedrasi mudiri, (PhD) A.A.Qarshiyev


K U N T A R T I B I:
1. Har xil masalalar
a) kafedra katta o‘qituvchisi Xonimqulov U.S.ning ochiq amaliy darsi muhokamasi.
ESHITILDI:

Kun tartibidagi masala bo‘yicha kafedra mudiri dots. Yusupov R.M. so‘zga chiqdi va kafedraning 2022-2023 o‘quv yili ish rejasiga asosan o‘qituvchi Xonimqulov U.S. ning 2023 yil 5 aprel kuni 1-juftlikda Matematika va informatika fakulteti Matematika va informatika yo’nalishi 1-kurs 110-22-guruh talabalariga Mutaxassislikka kirish fanidan “SMM platformalari bilan tanishish. Fasebook, YouTube, Telegram, Instagram tarmoqlari” mavzusida ochiq amaliy dars o‘tganini va bu darsda o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadga imkon qadar erishganligini ta’kidlab o‘tdi. Bundan tashqari o‘qituvchining nutq malakasi, yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalana olish qobiliyati to‘g‘risida ham to‘xtalib o‘tdi. Kafedra yillik o‘quv rejasiga asosan nafaqat har bir ochiq dars balki har bir amaliy, laborotoriya, ma’ruza darslari zamonoviy axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash orqali zamon talabi darajasida o‘tilishiga yanada e’tibor kuchaytirilishini ta’kidlab o‘tdi.


Shundan so‘ng, ushbu muhokama yuzasidan O‘zbekiston Milliy universiteti
Jizzax filiali Axborot tizimlari va texnologiyalari kafedrasi mudiri, PhD A.A.Qarshiyevga so‘z berildi. O‘zbekiston Milliy universiteti
Jizzax filiali Axborot tizimlari va texnologiyalari kafedrasi mudiri, PhD A.A.Qarshiyev so‘zga chiqib, o‘qituvchi U.Xonimqulov darsga yaxshi tayyorgarlik ko‘rganligini, dars ko‘rgazmali slaydlar asosida tarqatma materiallardan foydalanilgan holda o‘tilganligi talabga javob berishini, axborot ko‘lami ko‘p qirraliligini, darsga ijodiy yondosha olganligini, darsda tarqatma materiallardan foydalanganligi, mavzuning maqsadi va vazifalarini talabalar ongiga izchillik bilan uzviy bog‘liqlikda nazariy etkaza olganligini ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek, kafedra katta o‘qituvchisi U.Mamatqulova so‘zga chiqib, o‘qituvchi U.Xonimqulov darsni uslubiy-texnik jihatdan yaxshi tashkillashtirganligini, darsda deyarli barcha talabalarning diqqatini jalb qila olganligini, barcha talabalar tarqatilgan tarqatma topshiriqlarni bajarganligi takidlab bu esa o‘qituvchi mahoratidan dalolat berishini ta’kidladi.
Shundan so‘ng, kafedra a’zolaridan katta o‘qituvchilari A.Begbo‘taev, SH.Alishev, F.Raxmonqulov,B.Ergashev, B.Abdug’aniyev, so‘zga chiqib, mavzuning dolzarbligini, talabalarda bilim, ko‘nikma va malakalar hosil qilinganligini, o‘qituvchining mahorati talabga to‘liq javob berishini, nutqining ravonligini, milliy adabiy tilda va ilmiy, zamonaviy axborot texnologiyalari terminlarini tushunarli tarzda bayon etilganligini ta’kidlab o‘tdilar.
Qisqacha muhokamadan so‘ng kafedra yig‘ilishi qaror qiladi:


QAROR:
1. Informatika va raqamli ta’lim texnologiyalario‘qitish metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi U.S. Matematika va informatika fakulteti Matematika va informatika yo’nalishi 1-kurs 110-22-guruh talabalariga Mutaxassislikka kirish fanidan “SMM platformalari bilan tanishish. Fasebook, YouTube, Telegram, Instagram tarmoqlari” mavzusida o‘tkazilgan ochiq amaliy darsi yaxshi o‘tdi deb topilsin.
2. Yuqorida keltirilgan fikrlar inobatga olingan holda, barcha o‘qituvchilarga darslarni shu tarzda tashkillashtirish tavsiya etilsin hamda darslarni yanada samarali tashkillashtirish va olib borish chora tadbirlari ko‘rilsin.
3. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish kafedra mudiri zimmasiga yuklatilsin.


Yig‘ilish raisi: dots. Yusupov R.M.
Kotibi: U. Mamatqulova
Download 38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling