A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti
Download 158.01 Kb.
|
Kurs ishi.S.U
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB 4-sinfda she’riy asarlarni o’rganish yo’llari………………………...15
- Хulоsa …………………………………………………………………………..31 Fоydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………….32 REJA: Kirish Asosiy qism
- IBOB 4-sinfda she’riy asarlarni o’qish darslarining maqsad-vazifalari va unda o’qiladigan she’riy asarlar mazmuni
- II BOB 4-sinfda she’riy asarlarni o’rganish yo’llari
- Хulоsa Fоydalanilgan adabiyotlar KIRISH
Taqrizchi:
MUNDARIJA Kirish …………………………………………………………………………....5 IBOB 4-sinfda she’riy asarlarni o’qish darslarining maqsad-vazifalari va unda o’qiladigan she’riy asarlar mazmuni………………………........…..7 1.1. 4-sinfda she’riy asarlarni o’qish darslarining maqsad va vazifalari………..7 1.2. 4-sinf ,,O’qish kitobi’’darsligida berilgan she’riy asarlar mazmuni………..9 1.3. O’qish fanidan umumlashtiruvchi darslarni tashkil etish………………..…..11 II BOB 4-sinfda she’riy asarlarni o’rganish yo’llari………………………...15 2.1. 4-sinfda she’rlarni o’rganish metodikasi…………………………………..15 2.2. 4-sinfda she’riy hikoya (epik she’r)larni o’qish yo’llari………...…………19 2.3. O’qish darslarida she’r o’qitish uslubiyаti mavzusida bir soatlik dars ishlanma……………………………………………………………..….…24 Хulоsa …………………………………………………………………………..31 Fоydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………….32 REJA: Kirish Asosiy qism IBOB 4-sinfda she’riy asarlarni o’qish darslarining maqsad-vazifalari va unda o’qiladigan she’riy asarlar mazmuni 1.1. 4-sinfda she’riy asarlarni o’qish darslarining maqsad va vazifalari 1.2. 4-sinf ,,O’qish kitobi’’darsligida berilgan she’riy asarlar mazmuni 1.3. O’qish fanidan umumlashtiruvchi darslarni tashkil etish II BOB 4-sinfda she’riy asarlarni o’rganish yo’llari 2.1. 4-sinfda she’rlarni o’rganish metodikasi 2.2. 4-sinfda she’riy hikoya (epik she’r)larni o’qishyo’llari 2.3. O’qish darslarida she’r o’qitish uslubiyаti mavzusida bir soatlik dars ishlanma Хulоsa Fоydalanilgan adabiyotlar KIRISH Boshlang’ich sinflarning o’qish darslarida garchi ilmiy jihatdan bo’lmasa-da, amaliy jihatdan turli janrga mansub asarlar o’qib o’rganiladi. O’qish darsliklariga, asosan, hikoya, she’r, ertak, masal, maqol, doston, rivoyat va topishmoq kabi janrdagi asarlar kiritilgan. Bulardan tashqari, ilmiy-ommabop asarlar ham o’qitiladi. Turli janrdagi badiiy asarlar qurilishi, uslubi jihatidan o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, ularning o’quvchilarga ta’siri ham har xil bo’ladi. Tabiiyki, har bir janrga oid asar matni lingvistik jihatdan ham o’ziga xos xususiyatlarga ega. Masalan, she’riy asarlar matni hikoya matnidan, ertak matni she’r matnidan, ilmiy-ommabop maqola matni masal janriga taaluqli asarlar matnidan tubdan farq qiladi. Topishmoqlar predmet, voqea-hodisalar o’rtasidagi o’xshashlikni taqqoslash orqali o’zlashtirilsa, maqollar mazmuni hayotiy misollar vositasida sharhlashni taqozo etadi. Shunga ko’ra, turli janrdagi badiiy asarlarni o’qishda o’qituvchidan unga mos usullar tanlash talab etiladi. Boshlang’ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi fani o'z vazifalarini belgilab olishda ta’lim sohasidagi davlat hujjatlariga tayanadi. Keyingi yillarda mustaqillik sharofati bilan ta’limni tubdan isloh qilish davlat siyosatining asosiy yo'nalishiga aylandi. „Ta’lim to’g’risida»gi qonun va shu asosda yaratilgan „Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” buning yorqin dalilidir. „Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“ da ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratish asosiy maqsad qilib olingan.1 Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog’liq bo'lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishni nazarda tutadi. Ona tili o’qitish metodikasi fani ham ta’lim jarayonini tashkil etish shakllarini va usullarini ishlab chiqishda yuqoridagi maqsadlar asosida ish yuritadi. Umumiy o’rta ta’limning bir bosqichi bo'lgan boshlang’ich ta’lim 1-4-sinflarni o’z ichiga oladi. Milliy dasturda ta’kidlanganidek, bu bosqichda ta’limning yangicha tizimini va mazmunini shakllantirish uchun quyidagilar zarur: — o’quvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga muvofiq ravishda ta’- limga tabaqalashtirilgan yondashuvni joriy etish; — ta’lim berishning ilg'or pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy o’quv-uslubiy majmualarini yaratish va o’quv-tarbiya jarayonini didaktik jihatdan ta’minlash va hokazo. Milliy dasturda ta’lim tizimining yaxlit axborot makonini vujudga keltirish bo’yicha ta’kidlangan ko’rsatmalar, uzluksiz ta’limni ta’minlash borasidagi islohotlarni amaliyotga tatbiq etish boshlang’ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi oldida turgan dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Ona tili o’qitish metodikasi o’zbek tilining ma’lum qismini nazariy egallashni nazarda tutadi, shuning uchun ham fonetika va fonologiya, leksikologiya va frazeologiya, so‘z yasalishi va etimologiya, grammatika — morfologiya va sintaksis, stilistika, shuningdek, orfoepiya, grafika, orfografiya kabi fanlar ona tili metodikasining muhim asosi hisoblanadi. Download 158.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling