A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


O’qish darslarida she’r o’qitish uslubiyаti mavzusida bir soatlik dars ishlanma


Download 158.01 Kb.
bet8/12
Sana07.02.2023
Hajmi158.01 Kb.
#1172655
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Kurs ishi.S.U

2.3. O’qish darslarida she’r o’qitish uslubiyаti mavzusida bir soatlik dars ishlanma
1-dars namunasi:
Mavzu. Qor — hayot suvi.
O'quv materiali. Qish to‘zg‘itar momiq par (Qudrat Hikmat).
Darsning maqsadi:
1. O’quvchilarni she’rni ifodali o’qishga, she’r matni ustida ishlashga o’rgatish; shoirning qish fasli xususiyatlarini she’r orqali tasvirlashdagi mahoratini ochib berish; o’quvchilarning qishning xususiyatlari, qorning hayot uchun foydasi haqidagi tushunchalarini boyitish.
2. O’quvchilarning lug'atiga bulut to’shagi, momiq par, oq namat (qor), izg’irin, hovuz, mo’rkom, surunkasi, fayz bermoq, oq choyshab kabi so’z va ibora, tasviriy ifodalami kiritish.
3. O’quvchilarning mustaqil ishlash, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini oshirish.
4. Tabiatni sevish, uning ehsonlarini qadrlashga o’rgatish.
Dars turi: yangi bilim beruvchi, lirik she’r o'rganiladigan dars.
Darsda qo'llaniladigan metodlar: izohli o’qish, mustaqil ish metodi, tarmoqlash metodi.
Darsning jihozi: qish fasli tasvirlangan rasmlar, Q. Hikmat portreti, shoir haqidagi ma’lumotlar yozilgan ko'rgazma.
Darsning borishi
1. O’quvchilarda yangi mavzuni o'rganishga qiziqish uyg‘otish, topishmoq aytish yo‘li bilan bugungi darsning mavzusini aniqlashtirish:
Oppoqqina dasturxon
Yer yuzini qoplagan. (Qor)
Bostirdim ikki tovuq,
Biri issiq, biri sovuq. (Yoz, qish)
Savol: Bugungi o’qishdarsimiz qaysi mavzu haqida ekan?
2. Qish fasli haqida kirish suhbati. Xontaxtaga qish fasli tasvirlangan rasmlar ilinadi va savollar beriladi:
-Yil qaysi fasl bilan boshlanadi?
-Qish fasli haqida nimalarni bilasiz? Rasmlardan foydalanib so'zlang.
-Qish bekorchilik faslimi?
Qor haqidagi afsona qisqa so‘zlab beriladi: Qadimda osmondan un yog’ilar ekan. Odamlar o’z ehtiyojlariga yarashasini olib, uylariga olib kirar ekan. Qishloqda bir ochko’z boy unlarning o'ziga keragidan ham ortig’ini qoplab o’z uyiga tashiy boshlabdi. Hatto yer yuzini chegaralab olibdi. O’z yerim degan joylardagi unlarni boshqalarga bermabdi. Shunda osm on-u qish va bulutlaming jahli chiqib, unlarni muzdek qorga aylantirib qo’yishibdi.

Download 158.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling