A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Download 0.87 Mb.
bet21/55
Sana20.01.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1104382
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   55
Bog'liq
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти 1

Asosiy xulosalar

  1. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining kelajagini o‘rganishning majmuaviy usullari bir vaqtning o‘zida uning tashqi va ichki muhiti omillarini o‘rganish va ularning uning faoliyatiga ta’sirini hisobga olishga imkon beradi. Ushbu yondashuvga asoslanib, umumiy o‘rta ta’lim maktabining ta’lim segmentidagi mavqeini uning ichki imkoniyatlari bilan yanada sifatli bog‘lash va keyingi rivojlanish istiqbollarini aniqlash mumkin.

  2. Eng mashhur usullar orasida eng katta e’tibor strategik tahlilning qiyofasi SWOT tahlili texnikasi va portfel tahlili texnikasidir. Boston maslahat guruhi matritsasi va General Electric matritsasi, ba’zan McKinsey matritsasi deb yuritiladi.

  3. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining kelajagini o‘rganishning SWOT vositasidagi faoliyatini batafsil o‘rganib chiiqshi (tahlili) keng qamrovli tadqiqotni nazarda tutadi. Umumiy o‘rta ta’lim maktabining qudratli (kuchli) va zaif (kuchsiz) jihatlari va uning ta’lim segmentidagi mavqeini yaxshilash uchun yuzaga keladigan o‘zi kutmagan holatidagi imkoniyatlari, shuningdek, to‘satdan paydo bo‘ladigan xavf-xatar negizidagi tahdidlardir. Bir strategik yo‘nalishda rivojlanayotgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyatini batafsil o‘rganishda ushbu tahlildan foydalanish tavsiya etiladi.

  4. Portfel (sumka ichidagi majmuaviy o‘rganish usullari majmuasi) tahlili bir vaqtning o‘zida ko‘plab kelajak loyihalarni amalga oshirishga qodir bo‘lgan yirik umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun rivojlanish strategiyasini yaratishda birmuncha samaraliroq hisoblanadi. Zero, bu ularning samaradorligini ko‘rsatib beruvchi va rivojlanishining ertasi, kelajagi mavjud diversifikatsion yo‘nalishlarini namoyish qilish uchun berilgan yagona imkoniyatdir.

Nazorat savollari
1. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari kelajagini o‘rganishning (strategik tahlil) integratsiyalashgan usullarining ustruvorliklari nimalardan tashkil topgan?
2. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari kelajagini o‘rganishning (strategik tahlil) qanday murakkab usullaridan foydalanishni bilasiz?
3. SWOT tahlilining mohiyatini tushuntirib bering. Nima uchun ingliz alifbosining bu harflari uning nomi bilan bog‘langan?
4. Bosqichlarning mazmunini sanab bering va qisqacha tavsiflang va SWOT tahlilini amalga oshiring.
5. Portfelli tahlil qilish usullaridan foydalangan holda qaysi umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyatini ko‘rib chiqish mumkin?
6. Boston matritsasidagi mahsulot toifalari sanalgan “yulduzlar”, “sog‘in sigirlar”, “yovvoyi mushuklar” va “itlar” nimani anglatadi?
7. General Electric matritsasi qanday metodologiya asosida vujudga kelgan? Yoki McKinsey matritsasichi?
8. Vertikal ta’lim segmentining o‘sish sur’atlari yoki boshqa segmentlardan iborat bo‘lishi qanday jarayonlarga bog’liq bo‘ladi?
9. Ko‘plab kelajak (strategik) loyihalarini amalga oshirishga qodir bo‘lgan yirik umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun rivojlanish strategiyasini yaratishda uning faoliyatini o‘rganishning qanday tahlildan foydalanishni tavsiya etgan bo‘lar edingiz? Nima uchun? Izohlang.



Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling