A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Download 0.87 Mb.
bet19/55
Sana20.01.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1104382
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   55
Bog'liq
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти 1

Tashqi xususiyatlar

1.Intensiv (jadalli )


o‘sish 2 Integratsiya
(yirik xo‘jalik subyektlari bilan)

3 Diversifikatsiya 4. Xo‘jalikni tugatish



Ichki kuch / ichki zaiflik
3.2-rasm. Korrelyatsiya SWOT tahlil matritsasi
Ikkinchi to‘rtburchak umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘zi tasavvur etolmaydigan rivojlanish imkoniyatlari haqida ma’lumot beradi, lekin bu yo‘nalishda umumiy o‘rta ta’lim maktabi unchalik kuch-qudratga ega emas va shuning uchun ularning sa’y-harakatlarini (integratsiya,hamkorlik, qo‘shma korxonalar yaratish) ushbu faoliyatda tegishli salohiyatga ega bo‘lgan va shu bilan birga ularning manfaatlarini bajaradigan umumiy o‘rta ta’lim maktablari bilan o‘zaro faoliyat asosida birlashish imkoniyatini, shuningdek, o‘rganilayotgan faoliyat yurituvchi subyektning manfaatlariga zid bo‘lmasligini ko‘rib chiqishi lozim.
Uchinchi to‘rtburchak umumiy o‘rta ta’lim maktabiga xavf-xatar negizidagitahdidlar haqidagi ma’lumotlarni berib turadi, u ancha qudratli (kuchli) bo‘lgan faoliyat sohalarida o‘zini ko‘rsatadi. Asosiy yo‘nalishdagi faoliyatni davom ettirish yo‘qolgan taqdirda chekinish yo‘llariga ega bo‘lish uchun bir vaqtning o‘zida yangi yo‘nalishlarni izlash va asosiy faoliyatga mutlaqo begona bo‘lgan strategik tusdagi ishlab chiqishni yoki xizmat ko‘rsatishni nazarda tutadigan diversifikatsiyadan foydalanish maqbul deb tan olinishi kerak.
To‘rtinchi to‘rtburchak eng muammoli hisoblanadi, ya’ni umumiy o‘rta ta’lim maktabi salohiyat jihatidan kuchsiz (zaif) bo‘lgan sohalarda yuzaga keladigan xavf-xatar negizidagi tahdidlar haqida ma’lumotlar o‘z aksini topgan. Ushbu sohalardagi faoliyatni tugatish va bo‘shatilgan resurslardan umumiy o‘rta ta’lim maktabi uchun, uning kelajak strategiyasi uchun yanada istiqbolli sohalarda foydalanish eng oqilona hisoblanadi.
3.2. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyatini o‘rganishning portfel tahliliva uni amalga oshirish yo‘llari
Portfel yordamida umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyatini (bir sumka ichidagi voqea va hodisalar) batafsil o‘rganib chiqish (tahlil qilish) yo‘llari (usullari) odatda, bir vaqtning o‘zida bir qancha kelajak qurilishi (strategik) yo‘nalishlarida (kelgusidagi mo‘ljallangan (strategik) tadbirkorlik hududlarida) faoliyat yurituvchi va mustaqil (alohida) tarkibiy bo‘linmalarga ega bo‘lgan yirik umumiy o‘rta ta’lim maktablarini batafsil o‘rganib chiqish (tahlil qilish) da tadbiq etiladi. Portfel tahlili o‘z navbatida, umumiy o‘rta ta’lim maktabining hayotiy holatini obyektiv baholash va rivojlanishning eng istiqbolli va unchalik samarali bo‘lmagan yo‘nalishlarini aniqlash imkonini beradi.
Masalan, portfelli tahlil qilish usullariga asoslangan Boston maslahat guruhi matritsasi umumiy o‘rta ta’lim maktabi tomonidan shakllantirilgan muayyan iqtidorli o‘quvchilarni tayyorlashning va ularni OTM larga yo‘naltirishning samaradorligi va maqsadga muvofiqligini aniqlash imkonini beradi8. Umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyatini batafsil o‘rganib chiqish (tahlil) natijalariga ko‘ra, ular o‘z faoliyatida, masalan, ta’lim muassasasi faoliyatida (jumladan ishlab chiqarishda qaysi mahsulotlardan) qaysidir poydevor bo‘lib xizmat qilmaydigan fanlardan voz kechish yoki aksincha qaysi fan tukumlariga tayanish bo‘yicha strategik dasturlarni ishlab chiqadilar va o‘z navbatida, mazkur dastur asosida OTM ga qamrovni oshiradilar.
Mazkur batafsil o‘rganib chiqish (tahlil qilish) ni qurilmaviy matritsa vositasida amalga oshirish mumkin. Ya’ni, o‘sib boruvchi (tik holatdagi) hamkorlikning muvaffaqiyatlari (ishlab chiqarishda yoki xizmat ko‘rsatishda o‘sish sur’atlari) (“past” va “yuqori”) yoki mazkur ko‘rsatkichlar qaysi faoliyat yo‘nalishi evaziga ekanligini va asosiy qurilmasi nimalardan iborat bo‘lishi bo‘yicha monitoring o‘tkazishni o‘z ichiga oladi. Yotiq holat (gorizontal) - ushbu umumiy o‘rta ta’lim maktabining, masalan, ta’lim muassasasi o‘quvchilarining, ya’ni bitiruvchilarining umumiy OTM ga qamrovdagi foiz bo‘yicha egallagan ulushidan iborat bo‘ladi (ishlab chiqarish subyektida mahsuloti egallagan bozor ulushi) (odatda, mazkur jarayon sarhisobi ortga hisoblash o‘ngdan chapga o‘tadi). Ushbu koordinatalar tizimida to‘rtta to‘rtburchak o‘z aksini topadi (3-rasm).
Umumiy o‘rta ta’lim maktabi tomonidan OTM ga yo‘inaltirilgan barcha o‘quvchilar (ishlab chiqarish subyekti uchun ishlab chiqarilgan va sotiladigan barcha tovarlar) ushbu matritsadan o‘rin olgan. Tegishli ko‘rsatkichlar o‘z xususiyati bo‘yicha tasniflangan, ularning segmentlari umumiy o‘rta ta’lim maktabi tomonidan OTM ga yo‘naltirilgan barcha o‘quvchilarning (ishlab chiqarish subyektida uchun ishlab chiqarilgan ushbu mahsulotning umumiy bozordagi ulushini) umumiy qabul kvotasidagi ulushini aks ettiradi. Natijada, har bir bitiruvchi (mahsulot) to‘rtta to‘rtburchakning biridan o‘rin oladi va tegishli tegishli maqomni qo‘lga kiritadi: ular,
- “yulduzlar” - yetakchi o‘rinni egallagan o‘quvchilar tez rivojlanayotgan ta’lim segmentida, “yulduzlar” qo‘lga kiritgan nufuz, asosan, ushbu o‘quvchilar tayyorlanib, ular OTM ga talaba sifatida qabul qilingandan keyin ham ta’lim muassasasiga qo‘shimcha ravishda mavqe,obro‘ keltiradi, chunki ta’limga bo‘lgan ehtiyoj o‘sib bormoqda va shuning uchun undan ko‘proq ulushga ega bo‘lish uchun vaqtdan foydalanish kerak. Bu, o‘z navbatida, ta’limga oid foydali sa’y-harakatlarni kengaytirish va marketing harakatlarini faollashtirish uchun alohida o‘zgacha yonashuvlarni talab qiladi;
- “Sog‘in sigirlar” - hali ham nisbatan barqaror yoki allaqachon pasayib borayotgan umumiy o‘rta ta’lim maktabida yetakchi o‘rinni egallagan iqtidorli deb topilgan o‘quvchilar.O‘quvchilar yutug‘idan qo‘lga kiritilgan olqish, ya’ni moddiy tarzdagi mukofot (ishlab chiqarish subyektida daromad) qisman “yulduzlarni” tarannum etishga va “yovvoyi mushuklar”ni kelajakda OTM ga tayyorlash yoki kasb-hunarga yo‘naltirish (ishlab chiqarish subyekti uchun mahsulotini bozorga chiqarish) bo‘yicha chora-tadbirlarni yaratish (moliyalashtirish) ga mo‘ljallanadi;
- “yovvoyi mushuklar” (“yechimi murakkab bo‘lgan voqea va hodisalar”, “mavhumlik (savol) belgisi”) - tez rivojlanayotgan umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi o‘quvchilar, lekin bu ta’lim segmentida umumiy o‘rta ta’lim maktabining ulushi ahamiyatsiz va istiqbollari vaqtincha noaniqlikdan iborat bo‘ladi. Ushbu bosqichda ular umumiy o‘rta ta’lim maktabiga deyarli hech qanday naf keltirmaydi va shuning bilan birgalikda ko‘proq hurmat, e’tibor talab qiladi. Biroq, tez rivojlanayotgan umumiy o‘rta ta’lim maktabi bo‘lgani bois, bunga bog‘liq bo‘lgan vaziyatlarning muvaffaqiyatli uyg‘unlashuvi va umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyatining muvaffaqiyati bilan “yovvoyi mushuklar” “yulduzlar” toifasiga, ya’ni ular tarafiga o‘tishi mumkin;

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling