A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Download 0.87 Mb.
bet16/55
Sana20.01.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1104382
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   55
Bog'liq
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти 1

Asosiy xulosalar:
1. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyatining tashqi muhiti subyektning o‘zidan tashqarida faoliyat yurituvchi, lekin uning faoliyati va rivojlanishining samaradorligiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillar majmui sifatida belgilanadi. Atrof-muhit omillari shartli ravishda umumiy yoki uzoq atrof-muhit omillari va yaqin atrof-muhit omillariga bo‘linadi.
2. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining majmuaviy bevosita omillari yoki tashqi muhit omillari, odatda, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy va ilg‘or fan-texnika omillarining ta’sir doirasini batafsil o‘rganib chiqishni o‘z ichiga olgan PEST tahlili tarkibida amalga oshiriladi. Atrofdagi muhit omillarini ko‘rib chiqishda tashkilotning raqobat muhiti omillarini tahlil qilishni taklif qiladigan M. Porter usulidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
3. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining bevosita sanalgan ichki muhit yoki moddiy, mehnat resurslari salohiyatini batafsil o‘rganib chiqish umumiy o‘rta ta’lim maktabi qay darajada kuch qudratga (imkoniyatlar) ga ega ekanligini, ulardan qanchalik to‘g‘ri foydalanishini, uning faoliyati samaradorligini qanday oshirish mumkinligini aniqlashni nazarda tutadi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining bevosita sanalgan ichki muhit omillari, odatda, uning boshqaruvining tashkiliy strukturasi, uning inson resurslari, shuningdek mehnat resurslari salohiyati, umumiy o‘rta ta’lim maktabida fan-texnikaning so‘nggi yutuqlaridan foydalanish darajasi va ish yurituv faoliyatini o‘z imkoniyatidan kelib chiqqan holda moddiy jihatdan amalga oshirish (ta’minlash) ni tashkil etish kabilarni o‘z ichiga oladi.
Nazorat savollari

1. Umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyatining tashqi muhiti deganda nima tushuniladi va qanday ekologik omillar uning faoliyatiga ta’sir qiladi?


2. Tahlil qilishda qanday usuldan foydalanish kerak umumiy omillarmi yoki uzoq muddatli omillarmi?
3. M.Porter qanday omillarni raqobat muhiti omillari deb ataydi?
4. Qanday omillar umumiy o‘rta ta’lim maktabining ichki muhiti omillari yoki resurs salohiyati omillari sifatida tasniflanadi?
5.Tahlil usullarini sanab bering va qisqacha ularga tavsif bering. Umumiy o‘rta ta’lim maktabining ichki muhiti nima?
6. Umumiy o‘rta ta’lim maktabining byudjetdan tashqari qo‘shimcha topiladigan daromadlarini ta’minlaydigan tadbirkorlik faoliyatining eng samarali yo‘nalishi qanday yo‘l bilan aniqlanadi?
7. Umumiy o‘rta ta’lim maktabining diversifikatsion faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik faoliyatini va moddiy, mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini batafsil o‘rganib chiqish deganda nimani tushunasiz?
8. Asosiy umumiy o‘rta ta’lim maktabining tashqi muhitdan ta’limga oid vahar xil resurslar yetkazib beruvchilarning (masalan kompyuterlarni) narxlarni sun’iy ko‘tarishga talpinishi qaysi vaziyatlarda zarur deb topiladi?
9. Umumiy o‘rta ta’lim maktabining bilvosita, ya’ni ichki muhitini tahlil qilish yoki moddiy va mehnat resurslari salohiyatini batafsil o‘rganib chiqish qaysi jihatlarga uyg‘unlashgan bo‘ladi?

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling