A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Siyosiy muhitning ta’sir etuvchi omillari


Download 0.87 Mb.
bet12/55
Sana20.01.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1104382
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   55
Bog'liq
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти 1

Siyosiy muhitning ta’sir etuvchi omillari tabiiy ravishda ta’sir etuvchi omillar orasida birinchi o‘rinni egallaydi, chunki aynan siyosat jamiyat hayoti va faoliyatining barcha jabhalariga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, siyosatchilar tashabbusi bilan boshlangan keng koʻlamli urush yoki mahalliy harbiy mojaro umumiy o‘rta ta’lim maktabining urushdan oldingi davrdagi barcha yutuqlarini bir zumda yoʻq qilishi va uni halokat yoqasiga qoʻyishi mumkin.
Bundan tashqari mazkur jarayonga, ya’ni siyosiy muhitning ta’sir etuvchi omillariga xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ba’zi ishtirokchilariga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar, ya’ni taqiqlar, shuningdek, mamlakatlar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning ma’lum vaqtga to‘xtab qolishi va siyosat olamining qabul qilayotgan qonun va farmonlari ham birmuncha pand berishi mumkin. Tabiiyki, bu daqiqalar birinchi navbatda xalqaro iqtisodiy munosabatlar darajasiga ta’sir qiladi. Biroq, ichki siyosiy hayotda zamonaviy bozor munosabatlarining har bir ishtirokchisi tomonidan bashorat qilinishi va doimiy ravishda nazorat qilinishi kerak bo‘lgan harakatlar mavjudki, bular masalan, hukumatning iqtisodiy va ekologik siyosatidagi o‘zgarishlar, soliq qonunchiligi va boshqa ko‘plab hukumat tashabbuslari shular jumlasidandir. Ushbu omillarning xo‘jalik faoliyatiga ta’siri nisbiydir, chunki ularni tahlil qilish jarayonida tahlilchining tajribasi va sezgisi birlamchi rol o‘ynaydi.
Umumiy iqtisodiy ta’sir omillari siyosiy muhitning ta’sir etuvchi omillari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ularga nisbatan bo‘ysunuvchi holatni egallaydi, lekin ular ba’zi daqiqalarda siyosiy muhitga sezilarli darajada hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Bu antita’sirning asl mohiyatini izohlaydigan bo‘lsak, mintaqadagi iqtisodiy jarayonning taqdiri boshqaruv bo‘g‘inlarining sa’y-harakatlari bilan bevosita uyg‘unlashgan bo‘ladi. Darhaqiqat, ular tomonidan qonunga oid ish yurituvlar, byudjet, soliqqa oid hujjatlar va monetat fiskal siyosat tartibga solinadiki, ular vositasida boshqaruv subyekti iqtisodiyotni tartibga soladi, unga ta’sir qiladi va uning samaradorlik garovini, yo‘l-yo‘rig‘ini belgilab beradi. Biroq, iqtisodiyotdagi noqulay tendentsiyalar, inqiroz hodisalarining kuchayishi va boshqa salbiy jarayonlar hukumatni iqtisodiy siyosatini tubdan qayta ko‘rib chiqishga majbur qilishi va ba’zi hollarda hokimiyat subyektining o‘zini o‘zgartirishga olib kelishi mumkin. E’tibor bering, umumiy iqtisodiy ta’sir omillari iqtisodiy tashkilotlar faoliyatiga o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatadi va ba’zi hollarda bu ta’sir raqamli ko‘rsatkichlarda ifodalanadi. Masalan, mamlakatdagi biznes sikli va uning o‘sishi yoki pasayishi istiqbollari kabi ko‘rsatkichlarda ifodalangan iqtisodiy rivojlanish tendentsiyalarini bashorat qilish tahlilchilarga tashkilotning potentsial mijozlari sonining ko‘payishi yoki kamayishini baholashga imkon beradi va shunga mos ravishda foydaning o‘sishi yoki kamayishi, inflyatsiya darajasini tahlil qilish va uni yanada rivojlantirish bashoratlari importer va eksportchilarni kelajakda nimalar kutayotganini baholash uchun manba hozirlaydi, shuningdek, aholi bandligi va mehnat bozorining holati ish beruvchilarga yollangan xodimlar bilan munosabatlarni to‘g‘ri qurish imkonini beradi va hokazo.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling