Reja: Moliya mexanizmining bo‘g‘inlari Pul-kredit siyosati O’zbekiston Respublikasi bank tizimi va pul-kredit siyosatining ustuvorliklari
Moliya siyosati, mexanizmi va tizimi Siyosatning asl ma’nosi grekcha "Politika" so‘zidan olingan bo‘lib, davlatni boshqarish san’ati degan ma’noni beradi. Siyosat - bu ustqurmaga taalluqli tushuncha bo‘lib, ma’lum maqsadlarga erishishga qaratilgan yo‘nalishlar, chora va tadbirlar yig‘indisidir. Har qanday jamiyatda ham davlat moliyadan o‘zining funksiya va vazifalarini bajarishda hamda ma’lum maqsadlarga erishishda foydalanadi. Oldinga qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirilishida moliya siyosati muhim o‘rinni egallaydi. Uni ishlab chiqish va hayotga tadbiq etish jarayonida jamiyat oldida turgan masalalarni xal etilish sharoitlari ta’minlanadi. U iqtisodiy manfaatlarga ta’sir etuvchi faol qurol sifatida namoyon bo‘ladi. Iqtisodiy siyosat - xo‘jalik yuritishning tamoyillari va shakllari, iqtisodiyotni rivojlantirish vazifalarini yechishdagi usullar, chora-tadbirlar va faoliyatlar yig‘indisidir. Iqtisodiy siyosat jamiyat rivojlanishining turli bosqichlarida turlicha bo‘lishi, iqtisodiy rivojlanish darajasiga qarab o‘zgarib turishi mumkin. Iqtisodiy siyosat o‘z ichiga: - baho siyosati; - kredit siyosati; - amortizatsiya siyosati; - moliya siyosati kabilarni oladi. Moliya siyosati - bu davlatning iqtisodiy siyosatini tarkibiy qismi bo‘lib, moliyaviy resurslarni (manbalarni) jalb etish, ularni taqsimlash, ishga solish va foydalanishga davlat orqali yo‘naltirilgan barcha chora-tadbirlar yig‘indisi. Ma’lum mamlakatning moliya siyosatii qator omillarga: tarixiy shart-sharoitlar, iqtisodiyotning rivojlanish darajasi, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy maqsadlar, ularga erishish muddatlari va hattoki milliy qadriyatlarga ham bog‘liq bo‘ladi. Ijtimoiy hayotning evolyutsion rivojlanishi va davlat tuzumining barqarorlik davrida davlatning ichki va tashqi moliya siyosatii mavjud ijtimoiy munosabatlarni saqlab qolish va o‘zgartirishga yo‘naltiriladi. Inqilobiy o‘zgarishlar davrida mavjud tuzumni tezroq o‘zgartirishdan manfaatdor siyosiy kuchlar uni buzish va yangi ijtimoiy munosabatlar tizimini shakllantirishga yo‘naltirilgan siyosat olib boradilar. Moliya siyosatining muhim vazifasi - u yoki bu iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning davlat rejasini yoki chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun tegishli moliyaviy resurslar bilan ta’minlashdir. Lekin moliya siyosatini faqat iqtisodiy siyosatga bog‘lash mumkin emas. Moliya siyosati - bu moliyaviy munosabatlar sohasida davlatning mustaqil faoliyat ko‘rsatadigan sohasi. Moliya siyosati mustaqil xususiyatga ega bo‘lish bilan bir vaqtda davlatning har qanday istalgan ijtimoiy faoliyatni amalga oshirishi uchun xoh ijtimoiy, xoh iqtisodiy yoki xalqaro munosabatlar olib borishida muhim vositadir. Moliya siyosati quyidagi vazifalarni bajaradi: birinchidan, moliyaviy resurslarning hajmini va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish. Moliya siyosati ko‘zda tutayotgan tadbirlarni, ular bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni real mavjud bo‘lgan moliyaviy resurslar bilan ta’minlanishiga erishishi kerak. Shuningdek ajratilayotgan har bir so‘mlik resursdan maksimal darajada samaraga erishishni ta’minlash lozim;
Do'stlaringiz bilan baham: |