A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Download 0.87 Mb.
bet26/55
Sana20.01.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1104382
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   55
Bog'liq
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти 1

Asosiy xulosalar
1. Umumta’lim maktabining strategik rivojlanish yo‘nalishini oldindan aniqlab olish va ikkita bir-biriga bog‘liq bo‘lgan majburiyatni, ya’ni kompetentsiyaviy burchni shakllantirishni va uni ado etishga qaratilgan vazifalarni o‘z ichiga qamrab oladi.
2. Umumta’lim maktabining kompetentsiyaviy burchi kengroq qilib ta’riflanganda o‘ziga xos hayot falsafasi bo‘lib,ta’lim muassasasi esa o‘z faoliyatini amalga oshirishni maqsad qilgan muassasa sifatida qadriyatlar, e’tiqodlar va tamoyillarga tayanadgan faoliyat yurituvchi subyektdir. Oddiyroq qilib ta’riflanganda ta’lim muassasasining kompetentsiyaviy burchi deganda ta’lim muassasasi nima uchun faoliyat yuritishini va boshqa shunga o‘xshash ta’lim muassasalaridan qanday farq qilishini aniqlaydigan ta’limot tushuniladi.
3. Ta’lim muassasasining kompetentsiyaviy burchini majburiyat sifatida belgilash va keyinchalik xodimlar o‘rtasida taqsimlash uning o‘quvchilar, ota-onalar va o‘z xodimlari o‘rtasidagi yaxshi tasvirlangan qiyofasi keltirib chiqarishi lozim.
4. Ta’lim muassasasining kompetentsiyaviy burchi uni strategik jihatdan rivojlantirish maqsadida belgilanadi, faoliyat yurituvchi subyektning kelajak holati o‘z aksini topadi, unga ma’lum bir ulug‘ maqsadning amalga oshishi yashiringan bo‘lib, xo‘jalik subyektining barcha sa’y-harakatlari shunga yo‘naltiriladi.
5. Ta’lim muassasasining strategik jihatdan rivojlanish maqsadlarini belgilashning taniqli usuli “maqsadlar daraxti” ni parvarishlashdir, bu esa o‘z navbatida kelajakga yo‘naltirilgan strategik, tezkor va qisqa muddatli taktik maqsadlarni ro‘yobga chiqarish va ularni tik (vertical) va yotiq holatda (gorizontal) tartibga solishni o‘z ichiga oladi.
Nazorat savollari
1.Umumiy o‘rta ta’lim maktabining umumiy harakat yo‘nalishi qanday aniqlanadi?

  1. Keng va tor ma’noda ta’lim muassasasining kompetentsiyaviy burchining mohiyati va mazmuni nimadan iborat?

  2. Umumiy o‘rta ta’lim maktabining strategik jihatdan rivojlanish maqsadlarini belgilash va keyin uni keng jamoatchilikka yetkazish uchun qanday usul va vositalar qo‘llaniladi?

  3. Kompetentsiyaviy burch mohiyatan qanday qanday tarkibda bo‘lishi va u qanday talablarga mos kelishi lozim?

  4. Umumiy o‘rta ta’lim maktabini strategik jihatdan rivojlantirish maqsadini qanday anglash mumkin va ularni ro‘yobga chiqarish davrida qanday manbalardan foydalanish tavsiya etiladi?

  5. Umumiy o‘rta ta’lim maktabining strategik jihatdan rivojlanish maqsadlariga qo‘yiladigan talablar nuqtai nazaridan maqsadlar qanday holatda kelajakni qurish vositasiga aylanadi?

  6. Umumiy o‘rta ta’lim maktabining strategik jihatdan tashkiliy rivojlanish maqsadlari qanday tasniflanadi?

  7. Maqsadlar daraxti nima va u qanday shakllanadi?

  8. Umumiy o‘rta ta’lim maktabining strategik jihatdan tashkiliy rivojlanish maqsadlari tarkibiy jihatidan nimalardan iborat bo‘ladi?


Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling