A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti
Umumta’lim maktabini rivojlantirishning asosiy strategik maqsadi
Download 0.87 Mb.
|
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yetuk pedagoglarta’minoti Marketing Inson resurslari
- Diversifikatsiya Transformatsiya Marketing
- Fanlar Pedagoglar Raxbariyat Bo‘limlar
Umumta’lim maktabini rivojlantirishning asosiy strategik maqsadi
Funksional birikmalar faoliyatining strategik maqsadlari
Boshlang‘ich test Yetuk pedagoglarta’minoti Marketing Inson resurslari Moliyalashtirish manbalari Funksional birikmalar faoliyatining tezkor maqsadlari
Diversifikatsiya Transformatsiya Marketing Moliya Umumta’lim maktabinining barcha tarkibiy qismlari va alohida xodimlar faoliyatining taktik maqsadlari Fanlar Pedagoglar Raxbariyat Bo‘limlar Xizmatlar Alohida xodimlar 4.1-rasm. Maqsadlar daraxti Mazkur jarayonda asosiy o‘rganish obyekti sifatida yaratish tartibi birlamchi va ikkilamchi talqinida ketma-ketlik tartibida o‘z aksini topadigan eng muhim yondashuvlarga asosiy e’tibor qaratiladi. Ulardan biri maqsadlar iyerarxiyasining tartibini va ularni bir-biri bilan muvofiqlashtirishni ta’minlaydigan maqsadlar daraxtini qurishdir. Mazkur jarayon bir qancha ketma-ketliklardan iborat bo‘ladi. Umumiy o‘rta ta’lim maktabini maqsadiga eltishning asosiy poydevori birinchi navbatda amalga oshiriladi. Modomiki, o‘rganish obyekti umumiy o‘rta ta’lim maktablarining strategik maqsadlari bo‘lar ekan, unda kelajak dasturni ro‘yobga chiqarish jarayonini oxiriga yetkazish vaqtigacha butun faoliyat yurituvchi subyektning holati o‘z tavsifiga ega bo‘lishi shart. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ikkilamchi maqsadlar birlamchi darajadagi asosiy maqsadga yo‘naluvchi sifatida bunyod etiladi. Odatda, bular funktsional birikmalar sifatida har biri o‘z vazifaviy talqiniga ega bo‘lgan – boshlang‘ich test o‘tkazuvchi va uni tashkil qiluvchi yetuk mutaxassislardan iborat bo‘lgan tuzilmalar, umumiy pedagoglar jamoasi, marketing, inson resurslari, moliyaviy ta’minot manbalarini, tuzilmalar maqsadlarini o‘z ichiga qamrab oladi. Bu ko‘rinishdagi maqsadlar kelajakga yo‘naltirilgan, ya’ni strategik tavsifga ega bo‘lishi, umumta’lim maktabining faoliyatini kelajakga chorlashi va ta’lim muassasasining umumiy majmuaviy maqsadlariga mos kelishi va o‘z navbatida, umumiy maqsadning ro‘yobga chiqishiga xizmat qilishi lozim. Qo‘shimcha tarzdagi maqsadlar ikkilamchi maqsadlardan shajara ko‘rinishida taraladi. Umumta’lim maktabining rivojlanish strategiyasini ro‘yobga chiqarish bir nechta bir-birini to‘ldiruvchi vaqt bo‘yicha ketma-ket dasturlarni ro‘yobga chiqarishni taqozo etadi. Shundan kelib chiqqan holda, umumta’lim maktabining har bir strategik dasturini ro‘yobga chiqarishda kelajak maqsadining holatiga aniqlik belgisini qo‘yish va mutanosib tarzda o‘z vazifasiga ega bo‘lgan tarkibiy bo‘linmalarning har birining ham alohida maqsadlarini shakllantirish va shu asosida umumta’lim maktabining majmuaviy, umumiy maqsadlar portfelini yaratish maqsadga muvofiqdir. Pirovard maqsadlar taktik, ya’ni qisqa vaqtda amalga oshirilishiga mo‘ljallangan tavsifga ega va qo‘shimcha maqsadlarini ro‘yobga chiqarishga yo‘naltirilgan, ya’ni strategik dasturlarning ro‘yobga chiqarishini ta’minlashi shart. Ular umumta’lim maktabining barcha tarkibiy jihatlari sanalgan fanlarga, pedagoglar, raxbariyat, bo‘limlar, xizmatlar va alohida xodimlar oldiga maqsad sifatida qo‘yiladi va odatda, ular bir yilgacha bo‘lgan muddatga amalga oshirishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Maqsadlar daraxti sxematik tarzda 4.1- rasmda ko‘rsatilgan. Umumta’lim maktabining rivojlanish maqsadlari tik va yotiq holatda bir-biriga uyg‘unlashgan bo‘lishi lozim, ya’ni pastki sathdagi har qanday maqsad yuqori sathdagi maqsadni ro‘yobga chiqarishga o‘zining xizmatini ko‘rsatishi va shuning bilan birgalikda, alohida har birining ro‘yobga chiqishi uchun esa bir biriga to‘siq bo‘lmasligi lozim. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling