A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti
Download 0.87 Mb.
|
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти 1
3.Strategik rejalashtirish. O‘tgan asrning 60-yillarning oxirlariga kelib ko‘pgina xom ashyoni qayta ishlab sanoatlashtirish avj olgan davlatlarda iqtisodiy vaziyat va muhit jiddiy darajada birmuncha oldinga siljidi. Ishlab chiqarish va tovar bozorlarida kurash, tortishish, talashish (raqobat asosida) ham avj olib borar ekan, ekstrapolyatsiyaga asoslangan bashoratlar real raqamlardan tobora ko‘proq farqlana boshladi, eng oddiy hodisa esa maqbul maqsadlarni belgilash bo‘lib, ular bilan real natijalar mos kelmaydi. Faoliyat yurituvchi subyektning yuqori rahbariyati odatda, kelajakda ishlash natijalari yaxshilanadi degan taxmindan kelib chiqdi, lekin ko‘pincha faoliyat yurituvchi subyekt rejalashtirilgan ishlash natijalariga erisha olmadi. Shunday qilib, uzoq muddatli rejalashtirish dinamik o‘zgaruvchan tashqi muhit va qattiq raqobat sharoitida ishlamasligi ma’lum bo‘ldi.
Strategik rejalashtirish tizimida kelajak albatta o‘tmishdan yaxshiroq bo‘lishi kerak degan taxmin mavjud emas va kelajakni ekstrapolyatsiya qilish orqali o‘rganish imkoniyatining asosi rad etiladi. Aslida, menejerlarning tashqi omillarning rolini turlicha tushunishlari uzoq muddatli ekstrapolativ rejalashtirish va strategik rejalashtirish o‘rtasidagi asosiy farqdir. Kelajak (strategik) rejalashtirishda avvalombor, faoliyat yurituvchi subyektning ichki imkoniyatlarini ham, keng qamrovli atrof muhit (tashqi) tajovuzkor (raqobat) kuchlarini ham sinchiklab o‘rganish (tahlil qilish) va faoliyat yurituvchi subyektning o‘ziga tegishli bo‘lgan jihatlarini inobatga olgan holda atrof muhit (tashqi) imkoniyatlaridan foydalanish mexanizmlarini, ya’ni rezerv imkoniyatlarni qidirib topish vazifasi turadi. Shunday qilib, aytish mumkinki, strategik rejalashtirishning maqsadi faoliyat yurituvchi subyektning bozor dinamikasiga va raqobatchilarning xatti-harakatlariga munosabatini yaxshilashdir. 4. Strategik menejment. O‘tgan asrning 90-yillariga kelib, dunyodagi aksariyat faoliyat yurituvchi subyektlar strategik rejalashtirishdan strategik menejmentga o‘tishni boshladilar. Kelajak boshqaruvi nafaqat faoliyat yurituvchi subyektning uzoq muddatli oldinga intilishini belgilovchi strategik boshqaruvning g‘oyaviy tafakkur mahsullari (qarorlari), balki faoliyat yurituvchi subyekning atrof muhit (tashqi) dagi og‘ishlarga tezkor javob berishini ta’minlaydigan aniq harakatlar to‘plami sifatida ta’riflanadi, bu esa manevr, maqsadlarni yana bir sidra qayta ko‘rib chiqish va taraqqiyotning umumiy yo‘nalishini tartibga solish kabi kelajak (strategik) ehtiyojni keltirib chiqaradi. Strategik menejment odatda, faoliyatni strategik boshqarish deb ataladi. Ta’rifga “faoliyat” so‘zining kiritilishi strategik qarorlar ichki omillarga qaraganda tashkilot faoliyati va tashqi muhitning rivojlanishini ko‘proq hisobga olish kerakligini anglatadi. Strategik menejment, shuningdek, boshqaruv jarayonining sifati uning tezligida emas, balki faolligida bo‘lishi kerakligini anglatadi. Faol strategiya yordamida menejerlar tashqi muhitdagi voqealarga shunchaki munosabat bildirmaydilar, balki ularga ta’sir o‘tkazishga harakat qiladilar. Navbatdagi boshqaruv tizimlari o‘sib borayotgan beqarorlik darajasiga va kelajakni kamroq bashorat qilishga qaratilgan edi. Shu nuqtai nazardan, boshqaruv tizimlarining quyidagi tasnifi berilgan. 1. Ijro nazoratiga asoslangan boshqaruv (haqiqatdan keyin). 2. Ekstrapolyatsiya bo‘yicha boshqarish, o‘zgarish tezligi tezlashganda, lekin o‘tmishdagi tendentsiyalarni ekstrapolyatsiya qilish orqali kelajakni hali ham bashorat qilish mumkin. 3. Og‘ishlarni kutishga asoslangan boshqaruv. Og‘ishlar tezligi birmuncha jadallashdi, biroq shunga qaramay strategik rejaviy dasturni shakllantirishda atrof (tashqi) muhitning imkoniyat va tahdidlarini oldindan bilish va ularni o‘z navbatida, kerak joyda, o‘z o‘rnida inobatga olish mumkin. 4. Ko‘pgina muhim vazifalar shu qadar tez yuzaga kelganda, ularni o‘z vaqtida oldindan aytib bo‘lmaydigan darajada moslashuvchan favqulodda qarorlarga asoslangan boshqaruv. Byudjetlashtirish, uzoq muddatli rejalashtirish, strategik rejalashtirish va strategik menejment bir-biriga qarama-qarshi emas. Uzoq muddatli rejalashtirish o‘rnini egallagan strategik rejalashtirish uning barcha yutuqlarini to‘liq o‘zida mujassamlashtirgan, keyin esa o‘zi strategik menejmentning ajralmas qismiga aylangan. Ta’kidlash joizki, strategik menejmentni amalga oshirish jarayonida yuqori barqaror bo‘lgan mahsulot bozorlarida uzoq muddatli rejalashtirishni amalga oshirish juda maqbuldir. Ko‘proq dinamik sohalarda voqealar rivojlanishining bir nechta variantlarini bashorat qilish va shunga mos ravishda strategiyani amalga oshirishning asosiy rejasini ham, zaxirasini ham ishlab chiqish tavsiya etiladi. Ammo, bularning barchasi oldin sodir bo‘lgan bo‘lib chiqadi. Strategik rejalashtirishdan strategik menejmentga o‘tish bilan nima o‘zgardi degan savol tug‘iladi. Asosiy narsa o‘zgardi – bu menejerlarning ongi. “Kosmetik choralar” endi o‘z samarasini bermasligi va tadbirkorlik faoliyatining mentalitetini tubdan o‘zgartirish va yangi iqtisodiy sharoitlarda ishlashni o‘rganish kerak degan tushuncha paydo bo‘ldi. Voqealarning rivojlanishini har doim ham oldindan aytish mumkin emasligi aniq bo‘ldi, ammo noaniqlik sharoitida ishlashga qodir bo‘lgan, atrof-muhitdagi o‘zgarishlarga tezda javob beradigan bunday faoliyat yurituvchi subyektlarni yaratish muhimroqdir. Shu maqsadda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirildi. Birinchidan, faoliyat kon’yunkturasini doimiy ravishda o‘rganadigan, o‘zgarishlarni tezda aniqlaydigan va yangi aniqlangan tendentsiyalar to‘g‘risida rahbariyatga ma’lumot beradigan faoliyat yurituvchi subyektlarda yangi tuzilmalar shakllantirildi. Ikkinchidan, boshqaruv tuzilmalarida aniqlangan o‘zgarishlarga o‘z vaqtida javob berish va tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilish mexanizmlari yaratildi. Bu yerda ta’sir nafaqat mavjud rejalarni o‘z vaqtida tuzatish yoki zaxira ishlab chiqish variantlariga o‘tish, balki yanada tub harakatlarga doimiy tayyorlik, masalan, ba’zi faoliyat turlarini tark etish va boshqalarida faoliyatni boshlash tushuniladi. Strategik menejmentni shakllantirishning boshlang‘ich nuqtasi 1973 yilda AQSh da ushbu muammo bo‘yicha xalqaro konferentsiyaning o‘tkazilishi hisoblanadi. Uning keyingi rivojlanishida I.Ansoff, P.Druker, G.Mintzberg, M.Porter va boshqalar faol ishtirok etdilar.General Electric, Coca Cola, IBM. Mashhur konsalting firmalari Boston Consulting Group va McKinsey ilm-fan rivojiga, uning xulosalarini amaliyotga tatbiq etishga katta hissa qo‘shdi4. Natijada, XX asr oxiriga kelib xo‘jalik faoliyatining turli subyektlarini strategik boshqarishda katta tajriba to‘plandi, ularni tushunish natijasida ko‘plab ilmiy maktablar va yo‘nalishlar shakllandi. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling